Kvant biofizikasi elementlari
Nurlanishsiz amalga oshuvchi o’tishlar
Download 45.05 Kb.
|
Kvant biofizikasi elementlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muhоkаmа uchun sаvоllаr
- 2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi
- Ikkinchi sаvоlning bаyоni.
Nurlanishsiz amalga oshuvchi o’tishlar
Bu xil o’tishlarni ikki turga ajratish mumkin: bir xil multipletlikka ega, har xil elektronli qo’zg’alish holatlari aro molekulyarich nurlanishsiz o’tishlar, ya’ni singlet- singlet (S1 So) va triplet- triplet (T2 T1) o’tishlar imkoni ham mavjud bo’lib, bunday o’tishlar ichki konversiya . deb ataladi. har xil multipletlikka ega holatlararo molekulyarich o’tishlar (ya’ni S1 T1, T1 So), bunday o’tishlar interkombinasion konversiya deb ataladi. Energiyaning qo’zg’algan molekuladan atrofdagi boshqa molekulalarga uzatilishi ham nurlanishsiz o’tishga tegishlidir. Bunda elektron energiyasi tebranma, aylanma va ilgarilama harakat energiyalari sifatida uzatilishi mumkin. Molekula tuzilishi nazariyasidan ma’lumki, molekulyar orbitallar , n va .-tiplariga bo’linadi. Qo’zg’alish paytida elektron -orbitaldan, qo’zg’algan *-orbitalga o’tadi va bunday o’tish * o’tish deb ataladi. Organik molekulalarda ko’pincha *, n * va n * -o’tishlar qayd etilib, ular zaryad tashilish bilan bog’liq. Muhоkаmа uchun sаvоllаr: Molekulyar orbitallar nima? Yorug’likning yutilish qonunini izohlab bering. Molekulaning qo’zg’algan holatlari va energiyaning migrasiyalanishi nima? 2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: Elektron qo’zg’alish energiyasining migrasiyalanish turlari haqida ma’lumot berish. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri: 2.1. Elektron qo’zg’alishni izohlab bera oladi. 2.2. Elektron qo’zg’alish energiyasining migrasiyalanish turlarini farqlay oladi. Ikkinchi sаvоlning bаyоni. Energiya migrasiyasi qo’zg’algan molekulalarning S1 va T1- sathlaridan amalga oshadi. Energiya migrasiyalanishi - energiyaning nurlanishsiz, donor (D) bilan akseptorning (A) kinetik to’qnashuvilarisiz isiqlikka aylanmasdan, atomlar oralig’idan ancha katta masofaga uzatilishidir. D Q h D*; D* Q A A* Q D. Energiyaning migrasiyalanishi bir molekula ichida yoki molekulalar o’rasida amalga oshishi mumkin. Birinchi holda, energiyaning uzatilishi bitta molekula doirasida, uning xromofor guruhi ichida yoki ikkita bog’langan yoki bog’lanmagan guruhlar aro amalga oshadi. Molekulalar aro energiya migrasiyalanishining oddiy holi reabsorbsiya qo’zg’algan molekulalar nurlanishining takroran yutilishidir. Bunday jarayon konsentrlangan eritmalar fluoressensiyasining susayishida namoyon bo’ladi. Fotobiologik jarayonlarda elektronli qo’zg’alish energiyasining nurlanishsiz o’tish mexanizmiga binoan migrasiyalanishi muhim ahamiyatga ega. Download 45.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling