Kvant biofizikasi elementlari


Qozg’algan holatning xossalari va asosiy fotokimyoviy jarayonlar


Download 45.05 Kb.
bet7/10
Sana11.01.2023
Hajmi45.05 Kb.
#1088975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kvant biofizikasi elementlari

Qozg’algan holatning xossalari va asosiy fotokimyoviy jarayonlar.
Elektronli qo’zg’algan holatidagi molekula, asosiy holatdagi molekuladan kuchli darajada farqlanadi. Qo’zg’algan molekulalar kislota- asos tip kimyoviy reaksiyalarga osonlik bilan kirishadi. Qozg’algan holatning kislota- asos xossalarini turli rN sharoitida qo’zg’algan protonli molekulalar konsentrasiyasini spektral o’lchab aniqlash mumkin. Ko’p atomli katta molekulaning elektronli qo’zg’alish konfigurasiyasi shundayki, elektronlarning asosiy qismi bog’lovchi orbitallarda qolib, molekulaning geometriyasi kuchli darajada o’z­garmaydi. Atomlararo bog’ holati tubdan o’zgaradigan hollar bundan mustasno.
Asosiy fotokimyoviy reaksiyalar - bu fotoqaytarilish, fotooksidlanish, qayta guruhlanish va izomerlanish, fotokimyoviy parchalanish va shu singari reaksiyalardir.
Dien va trienlarning eng umumiy foto qayta qurilish reaksiyalaridan biri- strukturaviy izomerlanish, ya’ni izomerlanish bo’lib, unda - va  - bog’lar uziladi yoki ular yangidan hosil bo’ladi. Kalsiferollar (D vitaminlar)ning yorug’likdan o’zgarishi shu xil reaksiyalar jumlasiga kiradi. Olefinli bog’larga ega moddalarning sis-trans izomerlani­shi fotoizomerlanishning boshqa bir turidir. Trans-izomerlar, sis­-izomerlarga qaraganda uzun to’lqin sohasini kuchliroq yutadi. Shuning uchun ham uzun to’lqin sohasiga oid nur ta’sir etganda, sis-izo­merlar ustunlik oladigan, fotostatsionar holat qaror topadi. Foto­resensiya asosida retinalning sis-trans-izomerlanish reaksiyasi yotadi. Ochiq holatdagi tetrapirrolning izomerlanishi, o’simliklar fotomorfogenezining regulyatori - fotoxromning fototrigger ta’sirga sabab bo’ladi.


Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. Elektron qo’zg’alish va uning turlari?

  2. Qozg’algan holatning xossalari va asosiy fotokimyoviy jarayonlar.

  3. Asosiy fotokimyoviy reaksiyalarga nimalar kiradi?



3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar haqida ma’lumot berish.

Download 45.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling