Pauli prinsipi – atomda to’rtala kvant soni bir xil bo’lgan ikkita elektron bo’lishi mumkin emas ( 1925 – yil ). Har bir orbitalda 3 ta kvant son – n,l,m (bosh, orbital, magnit kvant soni) qiymati bir xil bo`lishi mumkin, ammo spin kvant soni farq qiladi. Ya’ni bitta yacheykada bir hil spinli ikkita elekton bo’lmaydi.
Gund qoidasi – pog’onachalardagi elektron spinlar yig’indisi maksimal qiymatga ega bo’lganda atom energetik jihatdan afzallikka ega bo’ladi. Ya’ni elektronlar yacheykalarga avval bittadan keyin ikkitadan joylashadi.
ELEKTRON KO’CHISH KUZATILADIGAM ELEMENTLAR
1 ta elektron ko’chishi 9 ta elementda 2 ta elektron ko’chishi bitta elementda
Cr, Cu, Nb, Mo, Ru, Rh, Ag, Pt, Au Pd
|
10 tasidan 2 tasida 1 elektron ko’chganda yarim to’ladi Cr va Mo
|
4 tasida to’la to’lgan bo’ladi Cu, Pd, Ag, Au qolganida chala to’lish kuzatiladi.
|
KVANT SONLAR
ATOM ELEKTRON QAVATLARIDAGI ELEKTRONLARINING HOLATINI TO’LIQ TAVSIFLASH UCHUN KVANT SONLAR TUSHUNCHASI KIRITILGAN.
1
|
Bosh kvant son –
|
n – harfi bilan belgilanib, har bir qavatdagi elektronning energiyasi belgilaydi va uning yadrodan qancha masofada uzoqlikda ekanligini ko’satadi.
|
2
|
Bosh kvant son –
|
Davriy sistemada bosh kvant son element joylashgan davr raqamiga mos keladi va atomdagi elektron qavatlar sonini bildiradi.
Masalan: 3 – davr elementlari uchun n=3 bo’lib, ularning atomlarida 3 ta elektron qavat bor.
|
3
|
| Do'stlaringiz bilan baham: |