12. Xonlikda keng tarqalgani vaqf yerlari edi. Uning hajmi sug'oriladigan va aholi yashaydigan yerlarning necha foizga yaqinini tashkil etgan?
A) 20 B) 30 C) 40 D) 50
13. Xiva xonlari harbiy yurish chog‘larida, asosan, turkman qabilalarining otliqlariga tayanganlar. Harbiy harakatning qanday natija bilan tugasbi ko‘p jihatdan ularga bog‘liq edi. Shuning uchun ham bar bir otliq hisobiga foydalanish uchun necha tanob yer mulki berilgan va u “Otliq” deb atalgan?
A) 20-30 B) 30-40 C) 30-50 D) 40-50
14. Mehnatkash xalq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini juda og‘ir tabiiy sharoitda yetishtirganlari uchun adolat yuzasidan ijaradorlaming ulushi yetishtirilgan hosilning necha foizini tashkil etgan?
A) 50 % B) 60 % C) 75 % D) 30 %
15. Xiva xonligida yer solig`i nima dеb atalgan?
A) chibik puli B) alg`ut
C) solg`ut D) mushrifona
16. Xiva xonligida asosiy soliq to`g`ri berilan javobni aniqlang.
A) chibik puli B) alg`ut
C) solg`ut D) mushrifona
17. Xiva xonligida kimlar zakot solig`ini to`lashgan?
1. hunarmandlar
2. tashqi savdo bilan shug`ulanuvchi savdogarlar
3. chorvadorlar
4. dehqonlar
A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4
18. Xiva xonligida rasman 12 kunlik davlat majburiyati nima deb atalgan?
A) hachi B) ichki va obxo`ra qazu
C) qazu D) begar
19. Zakot miqdori mulk qiymatining qancha foizini tashkil etgan?
A) 3 % B) 2,5 % C) 5 % D) 7 %
20. Ba’zi hollarda barcha soliq yilning boshidayoq yoki bir necha yillik soliq avvaldan undirilishi mumkin edi. Soliqqa tortishning bu shakli qanday atalgan?
A) Bo’nak B) Barot
C) Xosa D) Hachi
21. Xorazm davlati (keyinchalik Xiva xonligi)
tarixida poytaxt maqomiga ega bo‘lgan shaharlarni aniqlang.
1. Ko‘hna Urganch 2. Vazir 3. Hazorasp
4. Yangi Urganch 5. Xiva
A) 1,2,4,5 B) 1,2,3,4,5 C) 1,3,4,5 D) 1,4,5
Do'stlaringiz bilan baham: |