Л Mavzu Xalq tabobati” fani haqida tushuncha.«Xalq tabobati»


Download 114.5 Kb.
bet4/4
Sana13.02.2023
Hajmi114.5 Kb.
#1192720
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu-1

Л'ЛМ_
ilmiy izlanishlarni ommalashtirishga hizmat qiladi. Loyihani amalga oshirish doirasida an’anaviy sharqona tibbiyot yo‘na!ishi bo‘yicha qo’shma ta’lim dasturini yaratish, qo‘shma ta’lim tadbirlarini ishlab chiqish, Koreya Respublikasidan yetakchi mutaxassislami ta’lim jarayoniga jalb etish va xalq tabobatini zamonaviy tibbiyotga tadbiq etish bo'yicha Birinchi ilmiy-amaliy simpozium o’tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shu kabi loyihalar inson salomatligini saqlash va mustahkamlash bo’yicha keng qamrovli ishlami amalga oshirishga, shuningdek xorijning sog‘liqni saqlashni rivojlantirishdagi malakasini chuqur o‘rganishgava TTAning amaliy va ta’lim jarayoniga yangi texnologiyalami tatbiq etishga hizmat qiladi.
Sharqda ming yillardan buyon odamlarni tabiblar davolab kelishadi. Olimlaming ta’kidlashlaricha, sun’iy yo‘l bilan dori tayyorlashni o’ylab ham ko’rmagan o’tmishdagi barcha nomdor tabib- hakimlar amaliyotida dorivor o’simliklar 70-80 foizni tashkil etgan, qolgani hayvonlar va ulaming mahsulotlari, ozgina qismi esa tabiiy ma’danlardan iborat bo‘lgan.
Hozirgi paytda Xitoy, Yaponiya, Vetnam, Koreya, Laos, Malayziya kabi mamlakatiarda xalq tabobatiga davlat maqomi berilgan. Birgina Xitoyda tibbiy xizmatning 40 foizi xalq tabiblari tomonidan ko‘rsati!adi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Sog’liqni saqlash Tashkiloti (VOZ) o‘tgan asming oxirgi yillarida xalq tabobatini chuqur o’rganish va bu sohadagi tadqiqotlami yanada kengaytirish bo’yicha bir necha qarorlar qabul qildi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ham 2020 yil 10 aprelda “O’zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora- tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4668-sonli Qarori qabul qilindi.
Vazirlik va O’zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasining 2020 yil 1 maydan tuman, shahar, viloyat va respublika darajasidagi davlat ko’p tarmoqli tibbiyot muassasalarida xalq tabobati xonalarini ajratish va ushbu muassasalar tibbiyot xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida 1 nafardan shtat birliklarini ajratish, kasalliklami profilaktika qilish, tashhis qo’yish va davolash masalalarida xalq tabobatining zamonaviy tibbiyot bilan hamkorligi va integratsiyasi ko’rsatib o’tildi. Aholi salomatligini ta’minlash, tibbiy-sanitar yordamko’rsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ulami davolashda sifat,
xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim o‘rin tutadi.
0‘tgan davr ichida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida xalq
tabiblari tomonidan xizmatlar ko'rsatish sohasida huquqiy baza shakllantirildi, 0‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi tashkil etildi, xalq tabibining usullari va yutuqlarini samarali va xavfsiz tarzda qoMlash uchun birinchi navbatdagi shart-sharoitlar yaratildi, uni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va yo‘naIishlari belgilab berildi.
Respublikada so’nggi yillarda dorivor o‘simliklami muhofaza
qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ulami qayta ishlash borasida izchil islohatlar amalga oshirilmoqda. Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o‘simliklaming 750 turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro‘yxatga olingan, shundan 70 turi farmatsevtika sanoatida faol qoMlanib kelinmoqda. Salomatlik, osoyishtalik, insonlarga qaratilgan tibbiy-sanitar yordam ko‘rsatishni ta’minlash, tibbiy-sanitariya xizmatlari sifatini oshirish, sogMiqni
saqlash xizmatlari bilan yalpi qamrab olishni kengaytirish hamda iste’molchilarga o‘z sog‘lig‘l haqida g4amxo‘rlik qilish borasida xalq tabobati salohiyatidan ongli taniov uchun imkoniyat yaratildi.
Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalarida xalq tabobati ishi bakalavriyat ta’lim yo'nalishi tashkil etilib, ushbu yo‘nalish aholi salomatligini ta’minlash, tibbiy sanitar yordam ko‘rsatish, turli xil, ayniqsa surunkali kasalliklar profilaktikasida va ulami davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati usullarini o‘rganish va amaliyotda qoMlashni o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.
KO’HNA HINDISTON TIBBIYOTl
Hindiston tibbiyot sohasida ham o’z tarixiga ega. Ko’hna Hindiston tibbiyotini o’rganishda Ayur Veda asosiy manba hisoblanadi. "Ayur Veda" so’zi "hayotni bilish" degan ma’noni biddiradi. Tarixdan uchta Ayur Veda ma’lum. Bular - Atreyn Ayur Vedasi, Charaki Ayur Vedasi va Sushruta Ayur Vedasi. Sushruta Ayur Vedasi alohida e’tiborga moiik. Bu kitob eramizdan oddingi VI asrda yozilgan, deb taxmin qilinadi. Kitobda odam organizmining tuzilishi, uning tabiati, sog’iiqni saqlash niasalaiari, kasalliklami aniqlash va kelib chiqish sababiarinj bilish, shu bilan birga kasalliklami davolashga alohida e’tibor berilgan.
Hindiston tabiblari Xitoy olrmlari kabi samoviy eiementlar tushunchasiga asoslanganlar, Hindlar ma’lum to’rt unsurga (suv, yer, havo, olov) beshinchi - ilohiy unsurni ham qo’shdiiar. Bu unsurlar vujudga ovqat sifatida kiradi va me’dada kaymusga aylanib, ichaklar orqali tanaga singadi hamda barcha a’zolar tarkibiy qismiga kiradi. Hind tabiblarining fikricha, odamning tabiati shu unsurlar bilan belgilanadi.
Qadimgi hindlar sog’iiqni saqlashda gigiena qoidalariga rioya qilishni birinchi o’ringa qo’yganlar. Xususan, tanani, kiyim-kechakni, ko’rpa-to’shakni, uy-joyni toza va ozoda saqlashga, jismoniy tarbiyaga alohida ahamiyat berishgan.
Ovqatlanish tartibining buzilishidan ko’p kasailiklar kelib chiqishini aniqlab, parheztaomlarni tavsiyaetganlar.
Ko'hna hind tabiblari kasalliklarni aniqlash va davolashda yuksak mahoratga errshganlar, Birinchi galda bemorni sinchiklab ko’zdan kechirish, undan so’rab-surishtirish, terisi va shilliq pardalarining holaiini (quruq yoki namligj) tekshirish va tusini aniqiash, tilni ko’rish, tomiming urisbini aniqlash usullarini ishlab chiqqanlar.
Sushruta Ayur Vedasida 1500 dan ortiq kasallik belgilari va aniqlash usullari bayon etilgan.
Sushrntada tibbiyot tarixida birinchi bo’lib, yallig’lanish jarayonining belgilari bekamu ko’st ko’rsatib berilgan. Bular - ishish paydo bo’lishi, qizarishi, shu joyning harorati oshishi, og’riq paydo bo’lishi va yallig’langan a’zo funksiyasining pasayishidan iborat.
Ko’hna hind tabiblari kasalliklarning kelib chiqishida xumoral (rutubatlar) nazariyasi nuqtai nazarida turganlar, Bu nazariyaga binoan har qanday kasallikka a’zodagi to’rt suyuqlik (qon, balg’am, safro, savdo)ning miqdori yoki sifat jihatidan o’zgarishi sabab bo’ladi. Ulardan birortasi ustun bo’Isa, muvozanat yo’qolib, kasallik kelib chiqadi. Muvozanat buzilishiga iqlim va ob-havoning o’zgarishi, og’ir jismoniy mehnat, noto’rri ovqatlanish sabab bo’ladi.
Sushrntada dori-darmonlaming 800 ga yaqini bo’lib, bular asosan o’simliklar, mineral moddalar va hayvonlar a’zolaridan tayyorlangan. Tabiblar bemorga dori berishdan oldin suyuqliklarni muvozanat holiga keltirish maqsadida jismni ortiqcha rutubatlardan tozalash tadbirini ko’rganlar (ichini surish, qustirish, xuqna qilish), ko’pincha bemor tomiridan qon olinib, dori-darmon berilgan,
Bemorlarni davolashda yana dori-darmon lard an tashqari, uqalash, vanna qabnl qilish va boshqa usullar qo’llanilgan,
Jarroxlik usuli, ayniqsa, rivoj topgan. Jarrohlar qovuqdagi toshni chiqarib olganlar, churrada jarrohdik muolajasi qilingan, qattiq jarohatlanib, ishga yaroqsiz bo’lib qolgan qo’l yoki oyoqni kesib tashlaganlar, ko’z kataraktasini operatsiya qilishgan. Ayollarning ba’zi kasalliklarini ham jarrohlik yo’li bilan davolashni bilganlar yoki dori- darmonlar bilan davolaganlar va hokazo.
Ko’hna hind tabiblari plastik jarrohlik usulini juda yaxshi bilganlar. Biror yetishmagan a’zo yoki uning qismi tiklangan. Bu sohada Sushrutaning o’zi mashhur bo’lgan. U burun, quloq, labni plastik yo’l bilan qayta tiklasb usulini moxirlik bilan amalga oshirgan. Bu "Hind usuli" nomi bilan mashhur edi. Hind jarrohiari 200 xildan ortiq asboblarni ishlatganlar.
Mashhur tabib Dvanxatara tibbiyotga oid maxsus kitob yozib qoldirgan


4



Download 114.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling