L. N. Isayev va P. F. Barovskiy qaysi kasalliklarni tugatishiga asos bo’ldi?


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/63
Sana20.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1636743
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Bog'liq
7-sinf Zoologiya mavzulashtirilgan

Qushlar sinfi. 
 
1.Qushlarning gavdasi qanday qismlardan tuzilgan?-------Bosh,bo’yin,tana va oyoq. 
2.Qushlarning oyoq qismining qaysi qismi muguz tangachalar b-n qoplangan?------Iligi va barmoqlari. 
3.Qushlarning patlari tuzulishiga ko’ra necha xil bo’ladi?------Kontur patlar va parlar. 
4.Kontur patlarga qaysi patlar kiradi?------Qoplag’ich,qoqish,boshqarish va momiq patlar. 
5.Qushlarning pati qanday qismlardan tashkil topgan?-----Ingichka va qattiq o’zak,keng va yumshoq 
yelpig’ichdan. 
6.Pat o’zagidagi birinchi tartibli o’siqchalar qanday joylashgan?-------O’zaro parallel. 
7.Qoplag’ich patlat ostida qanday patlar joylashgan?----Momiq parlar. 
8.Parlar qanday vazifani bajaradi?-----Issiqlikni saqlash. 
9.Qushlarning qaysi patlarida ikkinchi tartibli o’siqchalar bo’lmaydi?-----Momiq parlarda. 
10.Qushlarning skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?-----Bosh,umurtqa pog’onasi,qanot,oyoq hamda 
yelka va chanoq. 
11.Nima u-n qushlarning skeleti pishiq va mustahkam bo’ladi?------Bir qancha suyaklar qo’shilib o‘sganligi. 
12.Bosh skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?-----Bosh qutisi,ko’z soqqasi,yuqori va pastki jag’. 
13.Qushlarning bosh skeletidagi qaysi suyaklar harakatchan bo’ladi?--------Pastki jag’. 
14.Qushlarning qanot kamarini qaysi suyaklar hosil qiladi?----Ko’krak tirgak,kurak va o’mrov. 
15.Qushlar uchganda eng ko’p og’irlik qaysi suyakka tushadi?------Panja. 
16.Qushlar orqa oyoq kamarini qaysi suyaklar hosil qiladi?----Uch juft chanoq. 
17.Ilik suyagi qaysi suyaklarning birikishidan hosil bo’lgan?-----Bir qancha mayda suyaklar birikishidan. 
18.Ko’krak muskullarining uchlari qaysi suyaklarga kelib birlashgan?------Bir uchi yelka,ikkinchi uchi 
ko’krak toj . 
19.Qaysi muskullar qisqarganda qanotlar tushiriladi?-----Ko’krak muskullar. 
20.Qanotlarini ko’tarishda qaysi muskullar ishtirok etadi?-----Kuchsiz o’mrov. 
21.Qushlarning naysimon suyaklari ichi nima b-n to’lgan?-------Havo. 
22.Qushlarning ovqat hazm qilish sistemasining ketma-ketligi?-----Og’iz –halqum-qizilo’ngach-oshqozon-
ichak-kloaka. 
23.Qushlar yutadigan mayda toshchalar qanday ahamiyatga ega?---Oziqni maydalash. 


24.Qushlarning kloakasiga qaysi a’zolarning yo’li ochhiladi?------Jinsiy organlarning chiqarish va siydik 
yo’li. 
25.Qushlar nafas olish sistemasini nima hosil qiladi?-----O’pka va havo pufakchalari. 
26.Qushlar bir minutda tinch holatda va uchganda necha marta nafas oladi?-----26; 400 
27.Qushlarda qaysi sezgi a’zo kuchli rivojlangan?-----Ko’rish. 
28.Qushlarning bosh miyasining qaysi qismida burmalar ko’p bo’ladi?-----Miyachada. 
29.Qushlardagi tug’ma instinkt nima hisoblanadi?------Urchish,uya qurish,tuxum bosish,bola boqish. 
30.Qushlarning uchib ketish va uchib kelishida qaysi xususiyati katta axamiyatga ega?----Havoda chamalab 
yo’l topish. 
31.Qaysi qushlar ayrim so’zlar va iboralarni eslab qolishi mumkin?-----Qorayaloq,to’ti,mayna,qarg’a. 
32.Qaysi qushlarning jufti bir mavsumda saqlanadi?----Musicha va chumchuqlar. 
33.Qaysi qushlarning jufti uzoq yillar saqlanadi?------Laylak va qarqaralar. 
34.Qaysi qushlarning jufti vaqtincha saqlanadi?-----Qurlar va karqur. 
35.Qaysi 
qushlar 
novda 
va 
butoqlarda 
oddiy 
kosasimon 
uya 
quradi?-----Yirtqich 
qushlar,laylaklar,kaptarlar,go’ngqarg’alar. 
36.Qaysi qushlar daraxtlarning kovagiga uya quradi?------Chittak va qizilishton. 
37.Qaysi qush so’lagi b-n loyni yopishtirib uya quradi?-----Qaldirg’och. 
38.Qaysi qushlar uya qurmaydi?-----Kakku va kayra. 
39.Qaysi qush yalong’och qoyaga tuxum qo’yadi?-----Kayra. 
40.Qush tuxumining tuzilishi?----Po’choq, po’choqosti pardasi, havo kamerasi, suyuq oqsil, oqsil kanopcha, 
sariqlik parda, sariqlik, murtak diski. 
41.Qaysi qushlar jo’ja ochadi?-----Qirg’ovul,bedana,o’rdak,g’oz,tovuqlar. 
42.Qaysi qushlar jish jo’ja ochadi?-------Kaptar,qaldirg’och,chumchuq,qarg’a,musicha,laylak. 
43.Arxeopteriksni sudralib yuruvchilarga xos belgisi?-----Jag’lari,tishlari va 20 ta dum umurtqasining 
bo’lishi. 
44.Qaysi 
qushlar 
o’troq 
qushlar 
hisoblanadi?-------Chittak,musicha,ko’k 
kaptar,kaklik,so’fito’rg’ay,qirg’ovul. 
45.Qaysi qush yozda bir oz oziq g’amlaydi?------Chittak. 
46.Qaysi qushlar ko’chmanchi qushlar hisoblanadi?----Go’ngqarg’alar,olaqarg’a,zog’cha,qorayaloq. 
47.Qaysi qushlar yoz oyi oxiri yoki erta kuzda uchib ketadi?-----Qaldirg’och,bulbul,zarg’aldoq,laylaklar. 
48.Qaysi qushlar oziq topolmay qolgandan keyin uchib ketadi?------O’rdak,g’oz, oqqush. 
49.Qushlarning uchib ketishi va uchib kelishi nima hisoblanadi?------Tug’ma instinkt. 
50.Qushlar nima maqsadlarda halqalanadi?-----Qishlov joyi,uchib ketish yo’li,tarqalishi va qancha umr 
ko’rishini. 
51.O’rta Osiyo laylaklari qayerlarda qishlaydi?------Shimoliy Hindistonda. 
52.Bulbullar qayerda qishlaydi?----Tropik Afrikada. 
53.Qaldirg’ochlar qayerlarda qishlaydi?-----Afrika va Hindistonda. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling