L. N. Isayev va P. F. Barovskiy qaysi kasalliklarni tugatishiga asos bo’ldi?
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Zoologiya mavzulashtirilgan
Baliqlarning xilma-xilligi.
1.Qayerlarda yashaydigan baliqlarning yog’du taratadigan a’zolari bo’ladi?------Dengiz va okeanning juda chuqur joylarida. 2.Suv yuzasida yashaydigan baliqlarning qaysi muskullari kuchli rivojlangan?------Dum muskullari. 3.Skeletining tuzilishiga ko’ra baliqlar qanday sinfga ajratiladi?-----Suyakli va tog’ayli. 4.Tog’ayli baliqlar qanday tuzilgan?-------Skeleti tog’aydan,jabra qopqog’i va suzgich pufaklari bo’lmaydi. 5.Tog’ayli baliqlarning jabra yoriqlari necha juft bo’ladi?------5-7 juft. 6.Tog’ayli baliqlarga qaysi turkumlar kiradi?-------Akulalar va skatlar. 7.Akulalarning tanasi qanday tuzilgan?-------Torpedasimon,dum suzgichlari kuchli rivojlangan. 8.Akulalarning tangachalari tashqi tomondan nima b-n qoplangan.?-----Emal b-n qoplangan tishsimon o’simta. 9.Akulalarning jag’idagi tishsimon o’simtalarga aylangan?-----Tishlarga 10.Akulalar qanday yo’l b-n ko’payadi?-----Tirik tug’ib,ba’zan tuxum qo’yadi. 11.Akulalarning qancha turi bor?------250 12.Eng kichik akula va uning uzunligi?----Tikanli,40-45 sm. 13.Uzunligi 18 mga yetadigan akula?-------Kit akulasi. 14.Akulalar nimalar b-n oziqlanadi?------Mayda qisqichbaqasimonlar va baliqlar. 15.Skatlarning tanasi qanday shaklda bo’ladi?------Yassi,rombsimon yoki disksimon. 16.Skatlarning dum suzgichi nimaga aylangan?------Xivchinga. 17.Skatlar suvda qanday harakatlanadi?-----Suzgich qanotlarini to’lqinsimon tebratib. 18.Bitta urg’ochi skat nechtagacha avlod beradi?-----1-3 dan ,20-30 tagacha. 19.Skatlar nimalar b-n oziqlanadi?------Molluskalar. 20.Eng yirik skat?-----Manta. 21.Skatlarning nechta turi bor?------350 ta 22.Manta nimalar b-n oziqlanadi?-----Qisqichbaqasimonlar va baliqlar. 23.Skatlar nima maqsadlarda ovlanadi?------Vitaminli yog’i. 24.Baqra balig’ining suyak plastinkalari tanasining qayerida joylashgan?------Orqa,qorin,yon tomonida. 25.O’rta Osiyo suv havzalarida suyakli-tog’ayli baliqlardan qaysi vakillari uchraydi?-----Soxta kurakburun,baqra baliq. 26.Baqra balig’ining uzunligi va o’girligi?------2m,30kg. 27.Soxta kurakburun qayerlarda uchraydi?-----Amudaryo etaklarida. 28.Uzunligi 75 sm,og’irligi 2 kg keladigan baliq?--------Soxta kurakburun. 29.Qaysi baliq turi noyob tur sifatida muhofaza qilinadi?-------Qilquyruq. 30.Dengizlarda losossimonlarning qaysi vakillari uchraydi?------Losos,keta,gorbusha. 31.Bukri baliqning ikkinchi nomi?-----Gorbusha. 32.Gulmoy balig’i qayerlarda keng tarqalgan?----Sirdaryo va Amudaryo. 33.Forel balig’ining ikkinchi nomi?------Gulmoy. 34.Zog’ora baliq qaysi turkumga mansub?-----Karpsimonlar. 35.Mo’ylov baliq qayerlarda uchraydi?-------Orol dengizi,Zarafshon,Amudaryo va Sirdaryoda . 36.Tog’ daryolari va soylarida qaysi baliq tarqalgan?------Qora baliq. 37.Uzoq sharq daryolaridan qaysi baliq kelib iqlimlashtirilgan?-----Oq amur va xumbosh. 38.Panjaqanotli baliqlar turkumiga mansub baliq?----Latimeriya. 39.Latimeriya qayerlardan topilgan?----Hind okeanining Afrika qirg’oqlaridan. 40.Qaysi baliq turkumlarining go’shti va ikrasi yuqori baholanadi?------Ostyorsimonlar va losossimonlar. 41.Jahon bo’yicha har yili qancha baliq ovlanadi?-----50 mln tonna. 42.Baliqlarning asosiy qismi qaysi suv havzalaridan ovlanadi?------Dengiz. 43.Baliqlarning ovlash kemalari nima deb ataladi?------Trauler. 44.O’zbekistonda baliqlar qaysi suv havzalaridan ovlanadi?----Ichki suv havzalaridan. 45.O’zbekistonda ovlanadigan baliqlar?----Zog’ora,oq amur,oqcha,xumbosh,ilonbosh,oqsla. 46.Respublikamiz suv havzalariga qaysi baliqlar iqlimlashtirilgan?--------Oq amur,xumbosh,ilnbosh. 47.Baliqlarning qadimgi ajdodi?------Lansetnik. 48.Baliqlarning moyi qanday ahamiyatga ega?-----Farmasevtikada va vitaminli yog’. 49.Ovlanadigan baliqlarning asosiy qismi nima maqsadda ishlatiladi?------Oziq-ovqat. 50.Qaysi baliq turkumlari barcha suv havzalarida keng tarqalgan?-----Karpsimonlar. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling