L. N. Isayev va P. F. Barovskiy qaysi kasalliklarni tugatishiga asos bo’ldi?
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Zoologiya mavzulashtirilgan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baliqlar sinfi.
Xordalilar tipi. Lansetnik.
1.Xordalilar tipiga qaysi sinflar kiradi?----Lansetnik,tog’ayli,suyakli baliqlar,suvda hamda quruqlikda yashovchilar,sudralib yuruvchilar,qushlar va sutemizuvchilar. 2.Xordalilarning o’q skeleti nimadan iborat?-----Xordadan. 3.Xordalilar nima orqali nafas oladi?-------Jabra yoki o’pka. 4.Lansetnik qayerlarda uchraydi?------Tropik va mo’tadil dengiz va Qora dengiz. 5.Lansetnik tanasining uzunligi qancha?-----4-8 sm. 6.Lansetnik hayotining ko’p qismini qayerda o’tkazadi?-----Dengiz tupida qumga ko’milgan holda. 7.Lansetnikni og’iz teshigini necha juft paypaslagichlar o’rab turadi?------10-20 8.Nima u-n lansetnik bosh skeletsizlarning kenja tipiga kiritiladi?------Bosh miyasi va bosh skeletini bo’lmasligi. 9.Lansetnik muskullari qanday joylashgan?------Tanasining ikki yonida tasma shaklida. 10.Lansetnik nimalar b-n oziqlanadi?------Plankton hayvonlar. 11.Lansetnik nima orqali nafas oladi?------Jabra. 12.Jabralarga qum kirishiga nima yo’l qo’ymaydi?------Teri burmalari. 13.Lansetnikni qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan ?------Yopiq. 14.Lansetnikda yurak vazifasini nima bajaradi?-------Yirik qon tomirlar. 15.Ayirish sistemasi qaysi hayvonnikiga o’xshash bo’ladi?------Yomg’ir chuvalchang. 16.Ayirish naychalarining uchi qayerga ochiladi?------Jabra oldi bo’shlig’iga. 17.Nerv sistemasi qayerda joylashgan?------Xorda ustida. 18.Lansetnik qanday ta’sirlarni sezadi?------Kimyoviy va mehanik. 19.Lansetnikni kim kashf etgan?------A.O.Kovalevskiy. 20.Lansetnikni xordalilarga xos belgilari?------Xordasini bo’lishi va nerv sistemasini naysimon bo’lishi. 21.Lansetnikni xordalilardan farq qiladigan belgilari?------Bosh miyasi va yuragini bo’lmasligi,ayirish va muskullarini tuzilishi. Baliqlar sinfi. 1.Zog’ora baliq qayerlarda uchraydi?-------O’rta Osiyoning tog’ daryolari va ko’llarida. 2.Zog’ora baliqning kattaligi va uzunligi?------1 m,8-16 kg. 3.Baliqlarning toq suzgichlari?----Orqa,dum,anal. 4.Baliqlarning juft suzgichlari ?------Ko’krak va qorin. 5.Baliqlarning suzgichlari qanday tuzilgan?-------Yupqa teri va suzgich yoyi. 6.Baliqlarning oldinga harakatlanishida qaysi suzgich muhim rol o’ynaydi ?------Dum. 7.Baliqlarning juft suzgichlari qanday vazifani bajaradi?------Tanani muvozanatga solish,harakatlanganda burilish va to’xtash,oldinga suzishda. 8.Baliqlarning tanasi nima b-n qoplangan?-----Tangachalar. 9.Baliqlarni yoshini qanday aniqlash mumkin?------Tangachalaridagi halqalar soniga qarab. 10.Baliqlarning umurtqa pog’onasi nechta suyakdan tuzilgan?----39-42 ta. 11.Baliqlarning umurtqa nayi qanday hosil bo’ladi?-----Umurtqalarining ustki qarama-qarshi yoyi tutashib. 12.Baliqlarning qayerlarida umurtqalarida qovurg’alar bo’lmaydi?--------Dum umurtqalarida. 13.Baliqlarning bosh skeleti qanday suyaklardan tuzilgan?-------Miya qutisi,jag’lar,jabra qopqoqlaridan. 14.Baliqlarning tanasidagi qaysi muskullar kuchli rivojlangan?-----Orqa va dum suzgichlaridagi. 15.Baliqlarning suzgich pufagi qayerda joylashgan?-----Qorin bo’shlig’ining ichaklari ustida. 16.Baliqlarning suzgich pufagi qanday tuzilgan?-----Gazlar b-n to’lgan kumushrang xaltachadan . 17.Baliqlarning suzgich pufagi ingichka naycha orqali nimaga tutashadi?--------Ichak. 18.Baliqlarning suzgich puhfagi qanday vazifani bajaradi?------Tovushni kuchyatiradigan rezanator. 19.Zog’ora baliq nimalar b-n oziqlanadi?-------Umurtqasiz hayvonlat,suvo’tlar,yashil o’simlik novdasi va barglari. 20.Hazm qilish sistemasining ketma-ketligi?------Og’iz-halqum-qizilo’ngach-ichak. 21.Halqumida nimalar joylashgan?------Uch qator tishchalar. 22.Baliqlarning ichak bo’shlig’iga qanday suyuqliklar quyiladi?-----Oshqozon osti bezi va jigarning o’t suyuqligi. 23.Baliqlar nima b-n nafas oladi?-----Suvda erigan kislorod. 24.Baliqlarning jabralari qanday tuzilgan?------Jabra ravqlari va qilchalaridan. 25.Baliqlarning qon aylanish sistemasiga nimalar kiradi?------Yurak,qorin,aorta,arteriya,vena va kapillar qon tomirlar. 26.Baliqlarning yuragi qanday tuzilgan?-----Yurak oldi bo’lmasi va qorinchasi. 27.Baliqni yurak qorinchasi qisqarganda qon qayerga chiqariladi?------Aortaga. 28.Ayirish sistemasi nima hisoblanadi?--------Ikkita tasmasimon qo’ng’ir qizg’ish buyrakdan iborat. 29.Baliqlarning ozig’i nima ta’sirida hazm bo’ladi?-----Hazm shirasi va o’t suyuqligi. 30.Baliqlarning orqa miyasidan qayerlarga nervlar ketadi?-------Suzgichlari terisi va muskullariga. 31.Baliqlaqning bosh miyasi qanday qismlardan tuzilgan?-----Oldingi,oraliq,o’rta,miyacha va uzunchoq. 32.Baliqlarning ta’m bilish hujayralari qayerda joylashgan?-------Og’iz bo’shlig’i,halqum va butun tana yuzasida. 33.Qaysi baliqlarda mo’ylovlar bo’ladi?------Zog’ora,treska. 34.Baliqlarning yon chiziqlari qanday vazifani bajaradi?-----Sezish. 35.Baliqlarning jinsiy organlari nima hisoblanadi?-------Urg’ochilarida yirik tuxumdon,erkaklarida bir juft urug’don. 36.Baliqlarda qachon ko’payish instinkti paydo bo’ladi?------Jinsiy hujayralar yetila boshlashi b-n. 37.Baliqlarning ko’payish instinkti qanday ahamiyatga ega?-------Tuxum qo’yish va nasl qoldirish u-n qulay joy axtarishga undaydi. 38.Qaysi baliqlar uvildiriq tashlash u-n Uzoq sharq daryolaridan Amudaryo irmoqlariga o’tadi?-----Keta va gorbusha. 39.Ugor balig’i tuxumini qayerga qo’yadi?------Atlantika okeanining Sargass dengiziga. 40.Zog’ora balliq tuxumlarini qayerga qo’yadi?------Sayoz joylarga ,suv omborlariga va ko’llarga. 41.Baliqlarning urug’langan tuxum hujayralari necha kunda rivojlanadi?------ 4-6 42.Baliq chavoqlari nima b-n oziqlanadi?----Mikroorganimzlar,. 43.Yilning oxiriga kelib zog’ora baliqning uzunligi qanchaga teng bo’ladi?-----5-10 sm. 44.Naslga kam g’amxo’rlik qiladigan baliqlar…..?-----Juda ko’p tuxum qo’yadi. 45.Okun va treska nechtagacha tuxum qo’yadi?-------300000,bir necha million. 46.Qaysi baliqlar urg’ochilari u-n so’lak bezlaridan uya quradi?------Tikanbaliq. 47.Dengiz otchasi tuxumlarini qayerda olib yuradi?-----Qornidagi maxsus xaltachalarda. 48.Qaysi baliqlar tuxumlarini og’iz bo’shlig’ida olib yuradi?------Afrika tilyapiyasi. 49.O’tkinchi baliqlar uvildiriq tashlash u-n …..o’tadi?----Dengizdan daryoga,daryodan dengizga. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling