L. N. Isayev va P. F. Barovskiy qaysi kasalliklarni tugatishiga asos bo’ldi?
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf Zoologiya mavzulashtirilgan
Qushlar sinfi.
1.Qushlarning gavdasi qanday qismlardan tuzilgan?-------Bosh,bo’yin,tana va oyoq. 2.Qushlarning oyoq qismining qaysi qismi muguz tangachalar b-n qoplangan?------Iligi va barmoqlari. 3.Qushlarning patlari tuzulishiga ko’ra necha xil bo’ladi?------Kontur patlar va parlar. 4.Kontur patlarga qaysi patlar kiradi?------Qoplag’ich,qoqish,boshqarish va momiq patlar. 5.Qushlarning pati qanday qismlardan tashkil topgan?-----Ingichka va qattiq o’zak,keng va yumshoq yelpig’ichdan. 6.Pat o’zagidagi birinchi tartibli o’siqchalar qanday joylashgan?-------O’zaro parallel. 7.Qoplag’ich patlat ostida qanday patlar joylashgan?----Momiq parlar. 8.Parlar qanday vazifani bajaradi?-----Issiqlikni saqlash. 9.Qushlarning qaysi patlarida ikkinchi tartibli o’siqchalar bo’lmaydi?-----Momiq parlarda. 10.Qushlarning skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?-----Bosh,umurtqa pog’onasi,qanot,oyoq hamda yelka va chanoq. 11.Nima u-n qushlarning skeleti pishiq va mustahkam bo’ladi?------Bir qancha suyaklar qo’shilib o‘sganligi. 12.Bosh skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?-----Bosh qutisi,ko’z soqqasi,yuqori va pastki jag’. 13.Qushlarning bosh skeletidagi qaysi suyaklar harakatchan bo’ladi?--------Pastki jag’. 14.Qushlarning qanot kamarini qaysi suyaklar hosil qiladi?----Ko’krak tirgak,kurak va o’mrov. 15.Qushlar uchganda eng ko’p og’irlik qaysi suyakka tushadi?------Panja. 16.Qushlar orqa oyoq kamarini qaysi suyaklar hosil qiladi?----Uch juft chanoq. 17.Ilik suyagi qaysi suyaklarning birikishidan hosil bo’lgan?-----Bir qancha mayda suyaklar birikishidan. 18.Ko’krak muskullarining uchlari qaysi suyaklarga kelib birlashgan?------Bir uchi yelka,ikkinchi uchi ko’krak toj . 19.Qaysi muskullar qisqarganda qanotlar tushiriladi?-----Ko’krak muskullar. 20.Qanotlarini ko’tarishda qaysi muskullar ishtirok etadi?-----Kuchsiz o’mrov. 21.Qushlarning naysimon suyaklari ichi nima b-n to’lgan?-------Havo. 22.Qushlarning ovqat hazm qilish sistemasining ketma-ketligi?-----Og’iz –halqum-qizilo’ngach-oshqozon- ichak-kloaka. 23.Qushlar yutadigan mayda toshchalar qanday ahamiyatga ega?---Oziqni maydalash. 24.Qushlarning kloakasiga qaysi a’zolarning yo’li ochhiladi?------Jinsiy organlarning chiqarish va siydik yo’li. 25.Qushlar nafas olish sistemasini nima hosil qiladi?-----O’pka va havo pufakchalari. 26.Qushlar bir minutda tinch holatda va uchganda necha marta nafas oladi?-----26; 400 27.Qushlarda qaysi sezgi a’zo kuchli rivojlangan?-----Ko’rish. 28.Qushlarning bosh miyasining qaysi qismida burmalar ko’p bo’ladi?-----Miyachada. 29.Qushlardagi tug’ma instinkt nima hisoblanadi?------Urchish,uya qurish,tuxum bosish,bola boqish. 30.Qushlarning uchib ketish va uchib kelishida qaysi xususiyati katta axamiyatga ega?----Havoda chamalab yo’l topish. 31.Qaysi qushlar ayrim so’zlar va iboralarni eslab qolishi mumkin?-----Qorayaloq,to’ti,mayna,qarg’a. 32.Qaysi qushlarning jufti bir mavsumda saqlanadi?----Musicha va chumchuqlar. 33.Qaysi qushlarning jufti uzoq yillar saqlanadi?------Laylak va qarqaralar. 34.Qaysi qushlarning jufti vaqtincha saqlanadi?-----Qurlar va karqur. 35.Qaysi qushlar novda va butoqlarda oddiy kosasimon uya quradi?-----Yirtqich qushlar,laylaklar,kaptarlar,go’ngqarg’alar. 36.Qaysi qushlar daraxtlarning kovagiga uya quradi?------Chittak va qizilishton. 37.Qaysi qush so’lagi b-n loyni yopishtirib uya quradi?-----Qaldirg’och. 38.Qaysi qushlar uya qurmaydi?-----Kakku va kayra. 39.Qaysi qush yalong’och qoyaga tuxum qo’yadi?-----Kayra. 40.Qush tuxumining tuzilishi?----Po’choq, po’choqosti pardasi, havo kamerasi, suyuq oqsil, oqsil kanopcha, sariqlik parda, sariqlik, murtak diski. 41.Qaysi qushlar jo’ja ochadi?-----Qirg’ovul,bedana,o’rdak,g’oz,tovuqlar. 42.Qaysi qushlar jish jo’ja ochadi?-------Kaptar,qaldirg’och,chumchuq,qarg’a,musicha,laylak. 43.Arxeopteriksni sudralib yuruvchilarga xos belgisi?-----Jag’lari,tishlari va 20 ta dum umurtqasining bo’lishi. 44.Qaysi qushlar o’troq qushlar hisoblanadi?-------Chittak,musicha,ko’k kaptar,kaklik,so’fito’rg’ay,qirg’ovul. 45.Qaysi qush yozda bir oz oziq g’amlaydi?------Chittak. 46.Qaysi qushlar ko’chmanchi qushlar hisoblanadi?----Go’ngqarg’alar,olaqarg’a,zog’cha,qorayaloq. 47.Qaysi qushlar yoz oyi oxiri yoki erta kuzda uchib ketadi?-----Qaldirg’och,bulbul,zarg’aldoq,laylaklar. 48.Qaysi qushlar oziq topolmay qolgandan keyin uchib ketadi?------O’rdak,g’oz, oqqush. 49.Qushlarning uchib ketishi va uchib kelishi nima hisoblanadi?------Tug’ma instinkt. 50.Qushlar nima maqsadlarda halqalanadi?-----Qishlov joyi,uchib ketish yo’li,tarqalishi va qancha umr ko’rishini. 51.O’rta Osiyo laylaklari qayerlarda qishlaydi?------Shimoliy Hindistonda. 52.Bulbullar qayerda qishlaydi?----Tropik Afrikada. 53.Qaldirg’ochlar qayerlarda qishlaydi?-----Afrika va Hindistonda. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling