Labaratoriya ishi Mavzu


Download 0.89 Mb.
bet12/13
Sana18.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1599030
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
komp1

Disk Drive (Disk) maydonida yozish jarayonida qatnashadigan fleshka ko‘rsatiladi. Bu oynada shuningdek uni oldindan formatlab olish mumkin. Obraz fayli allaqachon tanlangan va oynada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yozish usulini yaxshisi qoida bo‘yicha o‘rnatilganida qoldirgan ma’qul – ya’ni, USB-HDD+«Zapisat» tugmasini bosing.

  • Shundan so‘ng fleshkadagi barcha ma’lumotlar o‘chirilishi haqida ogohlantiruvchi oyna paydo bo‘ladi, so‘ngra ISO obrazidan yuklanuvchi fleshkaning yozilishi boshlanadi, ushbu jarayon esa foydalanuvchidan bir necha daqiqa kutishni talab etadi.

    Ushbu harakatlar natijasida siz «Windows 10», 8 yoki 7ni noutbuk yoki kompyuterga o‘rnatish mumkin bo‘lgan tayyor yuklanuvchi USB saqlash qurilmasiga erishasiz. «UltraISO»ni rus tilida rasmiy saytidan bepul yuklab olish mumkin: https://ezbsystems.com/»UltraISO»/download.htm
    Yuqorida keltirilgan variantdan tashqari, siz yuklanuvchi fleshkani ISO obrazidan emas, balki mavjud DVD yoki CD diskidan, shuningdek «Windows» fayllari joylashgan papkadan yaratishingiz mumkin, shular haqida maqolamizda so‘z yuritamiz.
    DVD diskdan yuklanuvchi fleshkani yaratish
    Agar sizda «Windows» yoki boshqa biror narsani o‘z ichiga olgan yuklanuvchi kompakt‑disk mavjud bo‘lsa, «UltraISO» yordamida Siz dastlab ushbu diskning ISO obrazini yaratib o‘tirmasdan, uning o‘zidan to‘g‘ridan‑to‘g‘ri yuklanuvchi fleshkani yaratishingiz mumkin. Buning uchun dasturda «Fayl» → «Otkrit CD/DVD»larga o‘tasiz va kerakli disk joylashgan diskovodning yo‘nalishini ko‘rsatasiz.

    DVD diskidan yuklanuvchi fleshkani yaratish
    So‘ngra, bundan oldingi holatdagi kabi«Samogzagruzka» → «Zapisat obraz jestkogo diska»larga o‘tasiz va «Zapisat» tugmasini bosasiz. Natijada yuklanuvchi sohasi bilan birga to‘liq nushalangan diskka erishasiz.
    «UltraISO»da Windows fayllari joylashgan papkadan yuklanuvchi fleshkani yaratish
    Yuklanuvchi fleshkani yaratish mumkin bo‘lgan so‘nggi variantga to‘xtalib o‘tamiz. Faraz qilaylik, sizda distributivni o‘z ichiga oluvchi yuklanuvchi disk yoki uning obrazi yo‘q, lekin «Windows»ni o‘rnatishda qatnashuvchi barcha fayllar nushalab o‘tkazilgan papkaning o‘zi mavjud bo‘lsa… Bu holatda qanday yo‘l tutish kerak?

    «Windows 7»ning yuklanish fayli
    «UltraISO» dasturida 
    Download 0.89 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling