Labaratoriya mashg’uloti 7 Mavzu: Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar. Infeksion kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari Dars soati 4


Download 40.59 Kb.
bet3/10
Sana13.04.2023
Hajmi40.59 Kb.
#1349402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Labaratoriya mashg’uloti 7 Mavzu Infeksiya xaqida tushuncha. Vi

Ish o'yini uchun savollar.
1.Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlarni ayting.Virulentlik omillari nima?
2.Patogenlik va virulentlik nima?
3.Infeksiya,infeksion jarayon.infeksion yuqumli kasalliklar haqida ayting.
4.Laboratoriya jonivorlariga kasallik yuqtirishning maqsadi va vazifalarini aytib bering.
5.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning mikroblarga qarshi ta’sir maxanizmi.
6.Antibiotiklar:umumiy ma’lumotlar.
7.Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi.
8.Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni bartaraf qilish yo’llari.
9. Kimyoterapevtik preparatlarning etiotropligi va organotropligi. Kimyoterapevtik ideks nimaligini aytib bering.
10. Kimyoterapevtik preparatlarning asosiy turlari va ularning mikroorganizmlarga ta’sir etish mexanizmlari.
11.Antibiotiklar rejasini aytib bering.
12. Mikroorganizmlarning dori vositalariga nisbatan tabiiy va o’zlashtirma chidamliligi.
13.Mikroorganizmlarning dori vositalariga rezistentligini bartaraf etish yo’llari.
14.Kimyoterpevtik moddalarni aktivligini aniqlash usullari.
15.Antagonizm. Antibiotiklarga talab.
6. O'quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi.
1.Laboratoriya hayvonlariga yuqtirish usullari.
2.Laboratoriya hayvonini yorish,o'qituvchi bilan birgalikda.
3.Surtma tayyorlash va gramm usuli bilan bo'yash,mikroskop orqali kuzatish va dafatrga chizib olish.
4.Tayyor preparatlarda fagositoz hodisasanini mikroskop orqali kuzatish, metodik qo'llanmalar bilan mustaqil ishlash.
5.Bakteriyalarni antibiotiklarga sezgirligini antibiotiklar shimdirilgan standart disklar metodi bilan aniqlash.
6.Turli darajada suyultirish usuli bilan atibiotiklarning aktivligini aniqlash.
7.Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash usuli bo’yicha aniqlash.
8.Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlashning tezkor usuli.
Infeksiya xaqida ta'limot.
Infeksiya (lotincha, infection-yuqtiraman,tashqaridan biron narsani kiritaman) degnada odam, hayvon,o'simlik organizmiga tushgan mikroorganizmlar ta'sirida yuzaga keladigan jarayon tushuniladi.
Infeksion jarayon- bu makroorganizmga patogen mikrob ta'sir qilishi natijasida yuzaga keladigan fiziologik va patologik o'zgarishlar majmuidir. Infeksion jarayon quyidagi omillar: a) patogen mikroblar va ularning hayot faoliyati davrida ishlab chiqaradigan maxsulotlari :
b) jarayon rivojlanishi davridagi makroorganizm holati ; v) tashqi muhit sharoitlari ;
g) ijtimoiy omillar ta'sirida rivojlanadi.
Yuqumli kasalliklar boshqa kasaliklardan (somatik,genetik) ko'pgina xususiyatlari bilan farq qiladi. Avvalo, yuqumli kasalliklarni maxsus patogen mikroblar qo'zg'atadi,mikrob organizmga tushgandan so'ng kasallik darxol namoyon bo'lmay, ma'lum bir yashirin davr o'tadi. U xastalangan odamdan sog'lom kishilarga yuqib, katta xududlarga tarqalishi mumkin.
Makroorganizmning mikroorganizm bilan munosabati- simbioz shakllari.
Mikroorganizmlar ikki katta guruhga: saprofitlar (kasallik qo'zg'atmaydigan-zararsiz) va parazitlarga bo'linadi. Odam va hayvon organizmida yashaydigan mikroblarning ayrim turlari shartli- patogen xisoblanadi,yani ular ma'lum bir sharoitdagina kasallik qo'zg'atishi mumkin.Bunday sharoitlarga sovqotish,immun tizimining susayishi,vitamin va oqsillar yetishmasligi, antibiotiklarni ko'r-ko'rona ishlatilishi kabilar misol bo'la oladi.
Simbiozning turli shakllari mavjud. Bulardan kommensalizm,mutualizm,parazitizm aloxida o'rin tutadi.

Download 40.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling