Labaratoriya mashg’uloti 7 Mavzu: Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar. Infeksion kasalliklarni klassifikasiyasi va laboratoriya diagnostika usullari Dars soati 4


Download 40.59 Kb.
bet5/10
Sana13.04.2023
Hajmi40.59 Kb.
#1349402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Labaratoriya mashg’uloti 7 Mavzu Infeksiya xaqida tushuncha. Vi

Adgeziya va kolonizatsiya. Infeksion jarayon boshida,mikrob xujayralari ularga ta'sirchan makroorganizm xujayralariga yopishib oladi ( adgeziya qiladi ) so'ngra u yerda ularning ko'payishi (kolonizatsiya) boshlanadi.
Adgeziya(lot.adhasio-yopishish)da mikrob epiteley xujayrasining ustki qismiga yopishadi.Bu jarayonda bir tomondan nomaxsus fizik-kimyoviy omillar( mikrob xujayralarining gigrofobligi,membrana usti zaryadlari va boshqalar), ikkinchi tomondan maxsus tuzilmalar ( adgezinlar, retseptorlar ) qatnashadi.
Adgezinlar asosan oqsil tabiatli tuzilmalar bo'lib,ularning maxsusligi xisobiga bir tur mikroorganizmlar nafas yo'llarining,ikkinchilari - ichak yo'llari,uchinchilari -siydik- tanosil a'zolarining epiteleylariga birikadi va x.k.
Ko'pgina grammanfiy bakteriyalarda tukchalar adgezinlar vazifasini bajaradi.Grammusbat bakteriyalada esa hujayra devoridagi oqsil va lipoteyxova kislotalari shunday xossaga ega.
Odam to'qimasi xujayralarida har xil : tabiiy, induksiya qilingan va orttirilgan retseptorlar mavjud.Tabiiy retseptorlar epiteley xujayralarida joylashgan bo'lib,ularga moyil bakteriyalarning adgeziyasida qatnashadi. Induksiya qilingan retseptorlar viruslar o'ziga sezgir xujayralarga absorbsiya qilganidan keyin paydo bo'ladi.( masalan.gripp virusi) so'ngra bu xujayralarga har xil bakteriyalar ( masalan.stafilakokk,streptokokk.) yopishishi mumkin.
Kasallik qo'zg'atuvchi mikroorganizmlar o'ziga moyil to'qima xujayrasiga birikkanidan so'ng uning ustki qismi yoki ichiga kirib tezda ko'payishiga ( kolonizatsiya qilishga ) xarakat qiladi.Agar shunday qilmasa ,maxalliy ximoya omillari va normal mikrofloraning antogonistik ta'siri xisobiga tezda nobud bo'ladi.
Penetratsiya (lot.penetrate-kirib olish)bir necha yuqumli kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar epiteley xujayralari. Leykosit va limfositlar sitoplazmasiga kira olish
(penetratsiya qilish) xususiyatiga ega. Ichakning epiteley xujayralariga shigella, ma'lum tip ichak tayoqchasiga salmonollelar kira oladi. Bunda xujayra parchalanadi. Epiteliy qavatining butunligi buzilib, muvofiq a'zo yoki to'qimada patologik jarayon rivojlanadi.
Invaziya (lot.invasio-xujum qilish) Patogen mikroblarning organizmga kira olish xususiyati to'qimalarni yemira oladigan yoki har xil xujayralarni shikastlaydigan fermentlar ishlab chiqarishiga bog'liq. Ko'pgina patogen mikroblar (Cl.perfringens, Streptococcus, Starhylococcus va boshqalar) da gialuron kislotani yoki birikturuvchi to'qima asosini tashkil etuvchi mukopolisaxaridni parchalay oladigan gialurondaza fermenti topilgan. Bu ferment mikroblarning organizmga tez tarqalishiga imkon beradigan patogenlik omillaridan biri xisoblanadi.
Vabo vibrioni, streptokokk kabi mikroorganizmlar neyraminidaza fermenti ishlab chiqaradi, bu ferment har xil glikoprotoid glikolipid polisaxaridlar tarkibidagi neyramin kislotasini tanlab parchalaydi, natijada har xil to'qimalarning o'tkazuvchanligi ortadi. Shuning uchun mikroblar neyraminidaza yordamida nafaqat to'qimalar, balki xujayralar ichiga ham kirib olishi mumkin.
Stafilokokk streptokokklar qon va turli a'zo xujayralarining qobig'ini yemiradigan lesitinaza va leykosidin, eritrositlarni lizisga uchratadigan gemolizin ishlab chiqaradi.

Download 40.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling