labaratoriya mashg’uloti Mavzu: Tarmoqlanuvchi operatorlar va ularni tasvirlash usullari. Ish vaqti soat Ishning maqsadi: Tarmoqlanuvchi operatorlar va ularning tasvirlash usullarini o’rganish
Download 16.99 Kb.
|
web 2-labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- -shaxsiy kompyuter; -dasturiy ta`minot : visual code, Bloknot, Sublime dasturi. Nazariy qism: Bu operator PHP
- Mustaqil ishlash uchun masalalar: masala.
2-labaratoriya mashg’uloti Mavzu: Tarmoqlanuvchi operatorlar va ularni tasvirlash usullari. Ish vaqti 2 soat Ishning maqsadi:Tarmoqlanuvchi operatorlar va ularning tasvirlash usullarini o’rganish. Labaratoriya ishini organish uchun kerak bo’ladigan jihozlar ro’yxati: -shaxsiy kompyuter; -dasturiy ta`minot : visual code, Bloknot, Sublime dasturi. Nazariy qism: Bu operator PHP dasturlash tilidagi muhim operatorlardan biridir. U shartga bog‘liq ravishda kod fragmentini bajarishga mo‘ljallangan. Shart operatori boshqarishni qaysi tarmoqqa uzatishni ta'minlaydi. Shart operatorining umumiy ko'rinishi: if ( { Else { } } Shartli operator sintaksisi: if ( Agar х teng 1 va y teng 2 bo‘lsa x kichik y dan jumla ekranga chiqariladi, chunki else eng yaqin if ga mos keladi. $x =$_POST['x']; $y =$_POST['y']; If ($x < $y) { echo "x kichik y dan"; } else { echo "x katta y dan"; } ?> Qo‘shimcha shartlarni elseif operatori yordamida tekshirish mumkin. Operator if xohlagancha elseif bloklarni o‘z ichiga olishi mumkin, lekin else har bir if operatorida bita bo‘lishi kerak. Odatda if...elseif...else konstruktsiyalarda operator else boshqa shartlar true bo‘lmaganda nima qilish kerakligini aniqlaydi.Umuman elseif operatorining ishlatilishi dastur kodini o‘qishni qiyinlashtiradi, shuning uchun switch dan foydalanish maqulroq. PHP shartli operator alternativ sintaksisini ishlatishga imkon beradi. Bu xolda shartli operator qavslarsiz yozilib endif operatoridan foydalaniladi. $x =$_POST['x']; $y =$_POST['y']; If ($x < $y) { echo "x kichik y dan"; } elseif ($x==$y) { echo "x ga y teng"; } else { echo "x katta y dan"; } ?> Mustaqil ishlash uchun masalalar: masala. Uchta son berilgan. Shu sonlarni o‘ratachasi (ya'ni katta va kichik sonlar orasidagi son) ni aniqlovchi dastur tuzing. masala. Uchta son berilgan. Shu sonlarning yig‘indisi eng katta bo‘ladigan ikkitasini ekranga chiqaruvchi dastur tuzing. masala. А. В. С haqiqiy sonlari berilgan. Agar berilgan sonlar o‘sish tartibida berilgan bo‘lsa, sonlarni ikkilantiring. aks holda sonlarni ishorasi o‘zgartirilsin. А. В. С ning qiymatlari ekranga chiqarilsin. masala. А. В, С haqiqiy sonlari berilgan. Agar berilgan sonlar o‘sish yoki kamayish tartibida berilgan bo‘lsa. sonlarni ikkilantiring. aks holda sonlarni ishorasi o‘zgartirilsin. А. В, С ning qiymatlari ekranga chiqarilsin. masala. Uchta butun son berilgan. Shu sonlarni ikkitasi o‘zaro teng. qolgan bittasini tartib raqami aniqlansin. masala. To‘rtta butun son berilgan. Shu sonlarni uchtasi o‘zaro teng. qolgan bittasini tartib raqami aniqlansin. masala. Sonlar o‘qida uchta А. В. С nuqtalar berilgan. A nuqtaga eng yaqin nuqta va ular orasidagi masofa topilsin. masala. Yil berilgan (musbat butun son). Berilgan yilda nechta kun borligini aniqlovchi dastur tuzing. Kabisa yilida 366 kun bor. kabisa bo‘lmagan yilda 365 kun bor. Kabisa yil deb 4 ga karrali yillarga aytiladi. Lekin 100 ga karrali yillar ichida faqat 400 ga karrali bo‘lganlari kabisa yil hisoblanadi. Masalan 300, 1300 va 1900 kabisa yili emas. 1200 va 2000 kabisa yili. Download 16.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling