Labarotoriya ishi №4 Mavzu: Dvigаtеlning tоrmоzlаsh sinоvlаri. Tormozlash sinovlari natijasida dvigаtеlning rеgulyatоr хаrаktеristikаsini qurish. Ishdan maqsad


Download 141 Kb.
bet2/5
Sana20.01.2023
Hajmi141 Kb.
#1105274
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Лаборатория иши

Elektrik tormozlar.
Elektrik tormozlar sinalayotgan dvigatel yordamida harakatga keltirilib dvigatel mexaniq energiyasini elektrik energiyaga aylantiradigan va istemolchiga uzatadigan generatordir.
Iste’molchi sifatida mexaniq qarshilikka ega reostatdan, suyuqlik reostatidan yoki geratorni tashqi tarmoqqa ulashdan foydalanish mumkin.
Elektrik tormoz o`zgarmas yoki o`zgaruvchan tok mashinalari bo`lishi mumkin.
O`zgarmas tok mashinalari ancha oddiy va universal. Ular burchak tezliklarining keng diapazonlarida generator sifatida ishlatilishi mumkin.Bu mashinalarda dvigatelni yurgizib yuborish, aylantirib ko`rish yoki uni ”sovuq” holatda sinash uchun dvigatel qo`llash mumkin.
КИ – 4893 ГОСНИТИ tormoz qurilmasini ko`rib chiqamiz. Qurilma quvvati 40 kVt bo`lgan fazali assimxron elektrodvigatel asosida yaratilgan. 1000 ayl/daq gacha qurilma dvigatel kabi ishlaydi, 1000 – 2000 ayl/sek ga generator kabi ishlaydi. Maksimal tormozlash quvvati n = 2000 ayl/sek da 82 kVt. Reostat – suyuqlikli tormoz momentini o`lchash uchun mayatnik tipidagi tarozi mexanizimi ishlatiladi; maksimal burovchi moment 500 Nm 380 V kuchlanishli va 50 Gs chastotali elektr tarmog’idan foydalaniladi.
Balansir elektr mashinasi faza rotorli assimxron elektrodvigatelidir. Elektr mashinasi ishlaganda rotorni aylantirish momenti uning statorida reaktiv moment hosil qiladi. Bu moment elektrodvigatel korpusini teskari tomonga burishga intiladi.
Statordagi reaktiv moment rotorning aylantirish momentiga teng bo`lgani uchun reaktiv momentni o`lchab dvigatelni sovuq holda aylantirib ko`rgandagi tormoz momentini aniqlash mumkin.
Stenddagi elektr mashinasi ikkita rejimda ishlashi mumkin: dvigatel va generator rejimlari. Elektr mashinasining dvigatel rejimdan IYOD ni sovuq holatda aylantirish, ichki (mexaniq) quvvat yo`qotishlarni aniqlashda foydalaniladi. IYOD ni yuklama ostida sinashda elektr mashinasining generator rejimidan foydalaniladi. Bunda elektr mashina elektrik tormoz bo`lib xizmat qiladi. Generator rejimida ishlayotgan elektr mashinasi rekuperatsiya koeffitsenti 0,85 gacha bo`lgan elektr quvvati ishlab chiqaradi va bu quvvatni istemolchiga uzatish mumkin.
Tormoz mexanizmi IYOD ni sovuq aylantirib ko`rishda va yuklama bilan ishlaganda hosil bo`ladigan burovchi momentni aniqlash uchun xizmat qiluvchi mayatnikli kuch o`lchagichdir.
Tormoz stendi dvigatel ishini va butun stendni masofadan boshqarish pulti, masofali elektr taxometri, moylash tizimidagi moy bosimini o`lchash manometri, karter moyi va sovitish tizimidagi suyuqlik temperaturasini o`lchovchi masofali termometr bilan jihozlangan.
Amaldagi ГОСТ lar bo`yicha IYOD ni sinash laboratoriyasi ishlatilgan gazlarni chiqarib tashlash ventilayatori, shovqindan himoya vositalari va boshqalar bilan jihozlangan bo`lishi kerak.



Download 141 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling