Laboratoriay ish №1 Shaxsiy kompyuterning tuzilishi (arxitekturasi) Ishdan maqsad
Shaxsiy kompyuterning shinalar tizimi
Download 308.9 Kb.
|
1 lab funktsional
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malumotlar shinasi
- Boshqarish shinasi
3. Shaxsiy kompyuterning shinalar tizimiShaxsiy kompyuterning turli bloklarini birlashtirish uchun ''shinalar tuzilmasi''dan foydalaniladi. Shina - ko'p tolali sim. Mikro-EHM da ular uch xil: adres, ma'lumotlar va boshqarish shinaldan iborat bo’ladi. Adres shinasi. Adres shinasiga chiziqlar soni xotira adresidagi xonalar soni bilan aniqlanadi. Ko'pchilik Shaxsiy kompyuterlar 16, 20, 32 yoki 36 xonali adresga ega (8080 - 16 xonali, 8086 - 20 xonali, 80486 - 32 xonali, KM1810VM80 - 20 xonali). Adreslar shinasi ikkita funksiya’ni bajaradi. Bu shina ikkita funksiya’ni bajaradi. Birinchi funksiyasi murojaat qilinayotgan xotiraga xotira yacheykasi adresini uzatib beradi. Ikkinchi funksiyasi – IN va OUT buyruqlari bajarilishi orqali tashqi qurilmaga adresni uzatib beradi. Ma'lumotlar shinasi. Chiziqlar soni deyarlik doimo 8 xonali bo'lgan Shaxsiy kompyuter so'zi uzunligiga teng. Shunday qilib, ma'lumotlar shinasi sakkizta chiziqqa ega. Ma’lumotlar shinasi ikki funksiya’ni bajaradi. Birinchi funksiyasi – boshqaruv so’zini uzatib bersa, ikkinchisi – mikro – Shaxsiy kompyuter bloklari va mikroprotsessor registrlari orasida axborot almashadi. Boshqarish shinasi. Shaxsiy kompyuter turiga mos boshqarish chizig’ini o'z ichiga oladi. Turli bloklarni ishga tushiruvchi signallar boshqarish shinasi orqali uzatiladi. Mikro - EHM shinalari haqida so'z yuritilganda ichki shinalar ko'zda tutiladi. 1 - eslatma. Shinali struktura Shaxsiy kompyuterga to'gridan-to'gri yangi bloklarni ulash imkonini beradi. 2 - eslatma. Ma'lumotlar shinasi ikki yo'nalishlidir. Bu hol ma'lumotlar shinasi bilan DXQ orasidagi birlashmaga taalluqli emasligi tabiiydir. Biror shinaga axborotlar Shaxsiy kompyuterning faqat bitta blokidan kelib tushishi mumkin. Masalan, ma'lumotlar blokida axborotlar birorta kiritish portining MP, OXQ, DXQ, bloklaridan faqat bittasi orqali kelishi mumkin. Bunga erishish uchun har bir portning har bir chiqish shina chizig'iga buferli sxema kiritilgan. 2 - rasm. Shaxsiy kompyuter bloklarini tutashtirish sxemasi Buferli sxemani talab qilingan holatga o'tkazuvchi signallar boshqarish qurilmasi (BQ) dan keladi. Shunday qilib BQ, ma'lumotlarni shinaga beruvchi Shaxsiy kompyuter blokini tanlaydi. Shaxsiy kompyuter tizimining asosiy xotirasi programmalar xotirasi va ma’lumotlar xotirasidan iborat. Asosiy xotira DXQ va OXQ dan tashkil topadi. OXQ - operativ xotira qurilmasi, bu shunday xotiraki, protsessor undan axborotni o'qishi yoki unga yozib qo'yishi mumkin. Shu sababli OXQ dan oraliq hisoblash natijalari va o'zgaruvchilarni saqlashda foydalaniladi hamda u Shaxsiy kompyuter uchun o'ziga xos yozuv bloknoti hisoblanadi.Tok manbai uzilganda OXQ dagi ma'lumot o’chib ketadi. DXQ dagi yozuv o’chirilmaydi. Shu sababli DXQ dan foydalanuvchi talabiga ko’ra tayyorlovchi oldindan programmalashtirilgan programma xotirasi sifatida foydalanadi. Programma xotirasi va ma’lumotlar xotirasi alohida joylashishi shart emas. Boshqacha aytganda, har doim ham ma’lumotlar xotiraning bir qismida, buyruqlar esa boshqa qismida yotavermaydi. Agar xotira yacheykasida buyruq joylashgan bo’lsa, u holda bu yacheyka dastur xotirasining bir qismi bo’ladi, agar xotira yacheykasida ma’lumotlar joylashgan bo’lsa, u Shaxsiy kompyute ning qayerida joylashishidan qat’iy nazar ma’lumotlar xotirasining bir qismini tashkil etadi. Download 308.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling