Laboratoriay ish №1 Shaxsiy kompyuterning tuzilishi (arxitekturasi) Ishdan maqsad


Download 308.9 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi308.9 Kb.
#1231468
  1   2   3   4
Bog'liq
1 lab funktsional




Laboratoriay ish № 1


Shaxsiy kompyuterning tuzilishi (arxitekturasi)


Ishdan maqsad: Shaxsiy kompyuterning funcsional sxemasini, asosiy bloklarini o’rganish .
Laboratoriya ishni bajarish tartibi

  1. Shaxsiy kompyuterning funcsional sxemasi bilan tanishish.

  2. Shaxsiy kompyuterning asosiy bo’limlari bilan tanishish.

  3. Shaxsiy kompyuterning shinalar tizimini ko’rib chiqish.

  4. Shaxsiy kompyuterlarda axborotlarni almashishini ko’rib chiqish.

1.Shaxsiy kompyuterning tuzilishi (arxitekturasi)


Shaxsiy kompyuterning arxitekturasi deganda mashinani funksional modellar, EHM tili, ma'lumotlar strukturasi kabi asosiy terminlarda abstrakt tasavvur etish tushuniladi. Arxitektura EHMning apparat qismini ishlatish xususiyatlarini, komandalar bajarilish vaqtini, programma bajarilishida parallellik darajasi, shina kengligi va boshqa shunga o'xshash harakteristikalarni aniqlamaydi. Arxitektura foydalanuvchiga ko'rinadigan Shaxsiy kompyuterning strukturasi aspektlarini: komandalar tizimi, adreslash rejimlari, axborot uzunligi va formati, Shaxsiy kompyuterning registrlarining to'plamini aks ettiradi. Qisqa qilib aytganda, ''arxitektura '' atamasi Shaxsiy kompyuterning imkoniyatlarini tasvirlashni, ''tashkiliy tuzilish" atamasi esa, bu imkoniyatlar qanday amalga oshirilishini ifodalaydi. Barcha Shaxsiy kompyuterning lar o'z mikro-arxitekturasiga ega bo'lgan (1-rasm) quyidagi funksional bloklarni o'z ichiga oladi: arifmetik-mantiqiy qurilmadan tashkil topgan protsessor, akkumulyator, registrlar, komandalar hisoblagichi, boshqarish qurilmasi, xotira, kiritish-chiqarish qurilmasi.




1 – rasm.


Shaxsiy kompyuterning da funksional bloklar quyidagi shinalar yordamida birlashtiriladi: Shaxsiy kompyuterning bloklari orasida axborot almashinuvi shinasi, Shaxsiy kompyuterningning turli qurilmalarga murojaat qilinadigan adreslarni uzatish shinasi va boshqaruvchi signallarini uzatuvchi boshqarish shinalari foydalanuvchining Shaxsiy kompyuter bilan muloqotda bo'lishi uchun boshqarish pulti bo'lib, u Shaxsiy kompyuterningni ishga tushirish yoki generatordan taktlovchi signallarni kelishini to'xtatib, protsessorni kutish holatiga o'tkazuvchi to'xtatish kabi ishlarni bajarishga imkon beradi.
Programmani boshlang’ich adresi programma hisoblagichiga kiritiladi, xotira yacheykalaridagi va protsessor registrlaridagi axborotlar indikatsiya qilinadi hamda programmani sozlashda komandalar qadam-baqadam bajariladi. Shaxsiy kompyuterning ga axborotlarni kiritishda egiluvchan magnit diski (EMD), teletayp, klaviatura, protsessor kabi perefiriya qurilmalaridan foydalanish mumkin.
Jarayon yoki boshqarish haqidagi ma'lumotlarni bevosita kiritish mumkin. Agar ma'lumotlar kuchlanish yoki tok kabi analog shaklida berilsa, dastlab bu ma'lumotlar raqamli shakilga almashtiriladi. Bunday almashtirish analog-raqamli almashtirgich (ARA) yordamida bajariladi. Shuningdek, Shaxsiy kompyuterdan chiquvchi jarayonni boshqarish haqidagi ma'lumotlar raqamli-analog almashtirgich (RAA) yordamida analog shakliga almashtirilishi mumkin.
Kiritish qurilmasi orqali o'tuvchi ma'lumotlar kiritish po'rti orqali 8 xonali parallel yoki ketma-ket kod signallari yordamida shinalarga uzatiladi. Adres selektori ma'lumotlar ma'lum paytda kiritish porti orqali ma'lumotlar shinasiga uzatiladi.

Download 308.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling