4. Shaxsiy kompyuterlarda axborotlarni almashish
MP dan xotiraga. Xotiraga yozish amali MP dan ma'lumotlarni tanlangan xotira yacheykasiga uzatish orqali bajariladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi: (3 - rasm):
3 - rasm.
1) ma'lumotlarni yozish zarur bo'lgan xotira yacheykasi adresi MP dan xotiraga keladi;
2) adresni adres selektori yordamida deshifrovka qilinadi;
3) MP xotiraga ma'lumotlarni beradi va bir vaqtda boshqaruvchi yozuv signalini uzatadi;
4) Ma'lumotlar berilgan adres bo'yicha xotira yacheykasiga kiritiladi.
Xotiradan MP ga. Xotiradan o'qish amali MP xotira yacheykasidagi mavjud ma'lumotlarni uzatish orqali bajariladi (4 - rasm):
4 - rasm.
1) MP ga uzatilishi zarur bo'lgan xotira yacheykasi adresi MP dan xotiraga keladi;
2) Adresni selektor adresida deshifrovka qilinadi;
3) MP xotiraga hisoblash signalini yo'llaydi;
4) Xotira yacheykasiga ma'lumotlar MPdan kelib tushadi.
Kiritish qurilmasidan MP ga (5-rasm):
5 – rasm
1) MP adres shinasi orqali kirish moduliga tanlash adresini yuboradi, shu tariqa qaysi portdan ma’lumotlar kelib tushishi lozimligini aniqlaydi;
2) kiritish amalini bajarish kerakligini ko’rsatish uchun , MP boshqaruv shinasi orqali kiritish signalini yuboradi;
3) ma’lumotlar MP da almashib turadi;
MP dan chiqarish qurilmasiga. Ma’lumot (ko'pincha programma) doimo doimiy xotira qurilmasida (DXQ) saqlanadi. Uni faqat o'qish mumkin uni almashtirish yoki yangilash mumkin emas. Uch turdagi DXQ mavjud. Bu qurilmalarda axborot ultrabinafsha nurlanish yordamida bir necha marotaba o'chirilishi mumkin. Qayta programmalash PDXQ programmalovchi qurilma yordamida amalga oshiriladi.
6 - rasm.
1) mikro-EXM tayyorlovchi tomonidan programmalashtirilgan DXQ;
2) programmalashtirilgan DXQ (PDXQ);
3) RPDXQ (programmalashtirilmaydigan PDXQ) yoki o'chiriladigan PDXQ.
Do'stlaringiz bilan baham: |