Labоratоriya №1 Labоratоriya mashg`ulоtning ishlanmasi: Mavzu


partiturasida dinamik belgilaridan p, mf, creshendo, diminuendo dinamik belgilari


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana22.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1794790
1   2   3
Bog'liq
laboratoriya 1


partiturasida dinamik belgilaridan p, mf, creshendo, diminuendo dinamik belgilari 
uchraydi. 
Sobir Boboyev(1920-2004) 
O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san‟at arbobi, atoqli kompozitor Sobir 
Boboyev ijodiy va jamoatchilik faoliyati bilan respublikamiz musiqa madaniyatiga
katta hissa qo`shdi. Sobir Boboyevning opera, musiqali drama va komediyalari, 
simfonik, vokal-simfonik va xor asarlari, o`zbek xalq cholg„ulari orkestri uchun 
asarlari, qo`shiq va romanslari ma‟naviy mulkimizga aylandi. 
Sobir Boboyev 1920-yil 30-dekabrda Toshkent shahrida tug„ildi. Otasi vafot 
etgandan so`ng, onasi 4 o`g„il bilan qoldi. Moddiy qiyinchiliklar sababli Sobir va 
ukasi Nosir bolalar uyida tarbiyalandi. Bu yerda Sobir havaskorlik to`garagiga 
qatnashib, dutor va tanbur chalishni o`zlashtira boshladi. 7-sinfni bitirgach, 
Toshkent Industrial texnikumida, keyin Pedagogika institutining tayyorlov kursida 
o`qidi. 1943-yili S. Boboyev hayotida burilish sodir bo`ldi, Toshkent Davlat 
konservatoriyasining tayyorlov bo`limiga o`qishga kirdi, professor Boris Nadejdin 
sinfida tahsil oldi. 1949-yilda Turob To`la librettosi asosida «Zumrad» nomli bir 
pardali operasi bilan konservatoriyani muvaffaqiyatli bitirdi. 
1948-1955-yillarda O`zbekiston Kompozitorlar uyushmasi raisi lavozimida 
uzoq muddat faoliyat yuritdi. Samarqand opera va balet teatrida direktor, 1972-
1976-yillarda Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi O`zbek Davlat filarmoniyasi 
badiiy rahbari, 1969-1978-yillarda konservatoriya muallimi vazifalarida ishladi. 
Kompozitor fortepiano uchun pyesa, sonatina, raqs, klarnet va fortepiano uchun 
«Rapsodiya», simfonik orkestr uchun suita, xor jamoasi uchun: «Navbahor», 
«Alla», «Fizkulturachilar qo`shig„i», «Xalqimga», «O`zbekiston» «Go`zal vodiy», 
«Do`stimga», «Sening qo`shig„ing» kabi romanslarga kuy bastaladi. S. Boboyev 
faqat sahnaviy musiqa asarlari yaratish bilan chegaralanib qolmay, qator simfonik, 


vokal-simfonik, lirik romanslar va qo`shiqlar, xorlar uchun asarlar yozdi. Musiqa 
tilining originalligi va yangiligi bilan, yorqin hamda qisqaligi bilan ajralib turardi. 
«Yor ketdi», «Qalb», «Meros» romanslari, «Tanovar I», «Bog„ sayliga» o`xshash 
qator xalq qo`shiqlari tinglovchilarda katta qiziqish uyg„otib kelmoqda. 
Sobir Boboyev «Paxta bayrami» nomli IVqismdan iborat kantata, simfonik 
orkestr uchun IIsuita, K. Yashin asari bo`yicha «Fidokor», «Hamza» operalarini 
yaratdi. 1988-yilda Shukur Sa‟dulla asari asosida bolalar uchun birinchi 
«Yoriltosh» operasini yaratdi. «Mayna Hasanova», «Ikki bilaguzuk», «Dalada 
bayram», «Oltin kamar» kabi musiqali dramalarni yozdi. Xorlar uchun bir qancha 
asarlarni qayta ishladi. Ubolalar uchun «Dastyor qiz», «Xush kelibsiz», «Aziz 
ustozlar», «Mehnat qo`shig„i», «Yomg„irjon» «Yoshlar valsi», «O`zbekiston» kabi 
qo`shiqlarni yaratdi. 
Sobir Boboyev O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan san‟at arbobi, O`zbekiston 
Davlat mukofoti laureati. «El-yurt hurmati» ko`krak nishoni bilan taqdirlangan. 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling