Laboratoriya №1 Mavzu: Alkenlar. Etilenning olinishi Maqsad


Download 12 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi12 Kb.
#1308180
Bog'liq
Laboratoriya


Laboratoriya № 1
Mavzu: Alkenlar. Etilenning olinishi
Maqsad:Etilenning olinishini o’rganishva va gaz ajralganligini tekshirish
Ko’rsatiladigan namoyishli tajribalar:
To’yinmagan uglevodorodlarning olinishi va xossalarini o’rganishga oid tajribalari.
<>, <>, namoyish kolleksiyasi.
Jihozlar va o’quv ko’rgazmali qurollar:
Kimyoviy idish va anjomlar to’plami. Mavzularga oid plakatlar va slaydlar to’plami .Gaz o’tkazgich nay, probirkalar, spirt lampasi,pemza,etil spirit, sulfat kislota, bromli suv ,KMno4 eritmasi. Mavzularga oid plakatlar va slaydlar to’plami.
Ishning nazariy asosi: To‘yingan uglevodorodlardan ikki vodorod atomiga kam bo‘lgan, shuning hisobiga bitta π-bog‘ (qo‘shbog‘) saqlaydigan uglevodorodlarga alkenlar (bir qo‘shbog‘li uglevodorodlar, olefinlar) deyiladi. Ularning gomologik qatorining umumiy formulasi — Cn H2n bo‘lib, birinchi vakili etilen C2 H4 dir. Etilen quyidagi struktura va elektron tuzilish formulasiga ega:
Fizik xossalari. Etilen uglevodorodlar gomologik qatorining birinchi uch vakili gazlar, C5 dan C18 gacha suyuqlik, bulardan yuqori molekulalari qattiq moddalardir. Molekula massasining ortib borishi bilan suyuqlanish va qaynash temperaturasi ortib boradi. Alkenlar suvda umuman erimaydi, organik erituvchilar (xloroform, uglerod (IV) xlorid, benzol, efir) da yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalari. Etilen uglevodoroddagi qo‘shbog‘ (C=C) mustahkam δ-bog‘ va mustahkam bo‘lmagan p-bog‘lardan tashkil topgan bo‘lib, π-bog‘ning yengil uzilishi hisobiga biriktirib olish reaksiyasiga ega. Bu xususiyat etilen uglevodorodlarning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Galoidovodorodlarning birikishi. Alkenlarga galoidovodorodlarning birikishi natijasida galoidalkillar hosil bo‘ladi: 2 CHH 3 Br CHCHR CRHBr ¦  Qo‘shbog‘ yonidagi uglerod atomlaridagi vodorod atomlari teng bo‘lganda galoidovodorodning vodorod va galoid atomlarini qaysi uglero d atomiga birikishining ahamiyati yo‘q. 1-brometan 1-brometan Qo‘shbog‘ yonidagi uglerod atomlaridagi vodorod atomlari teng bo‘lmaganda, galoidovodorodlarning birikishi rus olimi V. V. Markovnikov (1869) qoidasiga asosa n boradi. Bu qoidaga binoan galoidovodorodning vodorod atomi ko‘p bo‘lgan uglerod atomiga, galoid atomi esa vodorod atomi kam bo‘lgan uglerod atomiga birikadi: CH – CH =CH +HCl CH – CH–CH 3 33 2  ¦ Cl
Ishning borishi.
Toza probirkaga oldindan tayyorlab qo‘yilgan etil spirit bilan konsentrlangan sulfat kislota aralashmasidan 1,5—2 ml solib, probirkani gaz o‘tkazuvchi nayli trubka bilan tutashtiring. Spirt alangasida qizdiring. Aralashma bir me’yorda qaynashi uchun kichkina bo‘lak g‘ovak material (pemza) tashlang. Probirkadagi aralashma qayna y boshlaganda, gaz o‘tkazuvchi trubkaning ikkinchi uchini boshqa probirkadagi brom suviga botiring. Bunda brom suvining rangi asta-sekin yo‘qoladi . Etilenning laboratoriyada olinish i. Bromning suvdagi eritmasi C2 H5 OH+H2 SO4 (kons.) Qizdirishni davom ettirib, gazli trubkaning ikkinchi uchini boshqa probirkadagi kaliy permanganat eritmasi ustiga botiring. Bunda asta-sekin etilenning oksidlanishi hisobiga permanganat eritmasining rangi yo‘qoladi. Qizdirishni davom ettirib, nayli trubka uchi alangaga yaqinlashtirilganda etilen havorang alanga berib yonadi.
Xulosa: Etilenning olinishini o’rganish va etilen gazi ajralib chiqqanligini sifat reaksialari orqali yani havorang alanga bering yonishini, bromli suvni rangsizlantirishini bilib oldik.


Download 12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling