Laboratoriya №16. «Frenel zonalarini tadqiq qilish» Ishning maqsadi: Frenel zonalari haqida tushunchaga EGA bo’lish. Nazariy ma’lumot
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
16-30 Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobot mazmuni
- 2. QISQAChA NAZARIY MA’LUMOTLAR
15. TEKShIRISh SAVOLLARI
1. Logoperiodik antennaning konstruksiyasi asosida qaysi prinsip yotadi? 2. LPA ning ishlash prinsipini tushuntiring. 3. LPA ning aktiv zonasi deb nimaga aytiladi? 4. LPA ning yo‘nalganlik xususiyatlari nima orqali aniqlanadi? 5. LPA ning kirish qarshiligi nima orqali aniqlanadi? 6. LPA ning ishchi diapazoni nima orqali chegaralanadi? 7. Nima uchun antenna logoperiodik deb nomlanadi? Hisobot mazmuni Talaba ushbu ishning nazariy qismida keltirilgan ma’lumotlarini o‘rganadi va taxlil qiladi. Taxliliy xulosalar asosida xisobot tayorlaydi va nazorat savollariga javob beradi. Laboratoriya №21 PARABOLIK ANTENNANNI TADQIQ QILISh 1. IShNING MAQSADI Nurlatgich joylashishining parabolasimon antenna yo‘nalganlik diagrammasiga ta’sirini o‘rganish. 2. QISQAChA NAZARIY MA’LUMOTLAR Parabolik antenna nurlatgich va uning sferik to‘lqinini yassi to‘lqinga aylantirib beruvchi ko‘zgudan tashkil topgan. Ko‘zgu o‘tkir yo‘nalgan nurlanishni vujudga keltiradi. 8.1-rasmda parabolik ko‘zguning eskizi keltirilgan bo‘lib, unda sferik to‘lqin xosil qiluvchi nuqtaviy manba joylashgan ko‘zguning F fokusidan keluvchi nurlar tasvirlangan. OF oraliq fokus masofa deyiladi va f0 bilan belgilanadi. Paraboloid shakli bilan chegaralangan ko‘zgu qismi (z = z0 shart bajarilganda) ko‘zguning yoyilishi deb nomlanadi. CD to‘g‘ri chiziq esa paraboloid yoyilishi tekisligining kesimini ifolaydi. 8.1- rasm. Parabolik antennaning eskizi FAB siniq chizig‘i nurlatgichdan chiqayotgan elektromagnit to‘lqinning ixtiyoriy nuri yo‘nalishini ko‘rsatadi. Bizga analitik geometriya kursidan ma’lumki, bu yo‘nalishning uzunligi parabola sirtidagi nuqtalarning holatiga bog‘liq emas. Shuning uchun, ko‘zgudan qaytgan barcha nurlar, yoyilish tekisligidagi va unga parallel bo‘lgan tekislikdagi nurlar bir xil fazada bo‘ladi. Shunday qilib, parabolik antenna nuqtaviy manbadagi sferik to‘lqini yassi to‘lqinga aylantirib beradi. Real nurlatgichlar nuqtaviy bo‘lmaydi. Biroq, nurlatgichning faza markazi parabolaning fokusi bilan mos tushsa, parabola fokusida joylashgan nurlatuvchini nuqtaviy manba deb hisoblash mumkin. Agar nurlatgichning faza markazi fokusga mos ravishda ko‘zgu o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda siljisa, u holda ko‘zgu nuqtalarida mos ravishda qaytgan nurlar ko‘zguning yoyilish tekisligiga bir vaqtda kelib tushmaydi. Demak, 2-nur yoyilish tekisligiga 1-nurga qaraganda, 3-nur esa 2-nurga qaraganda kech borib tushadi, ya’ni ko‘zguning yoyilish tekisligi sinfaz bo‘lmay qoladi. 8.2.-b rasmda ko‘zguning ΔX siljish kattaligining har xil qiymatlarida parabola tekisligiga mos ravishda faza taqsimot qonunlari keltirilgan. Ko‘zgu ΔX siljish kattaligining kichik qiymatlarida va kerakli darajadagi uzun fokusli ko‘zguda yoyilish tekisligidagi faza taqsimoti to‘g‘ri chiziqqa yaqinroq bo‘ladi. Shuning uchun bu holda ko‘zguning fokusdan ko‘zgu o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda siljishi 8.1 v rasmda ko‘rsatilgan ko‘zgu siljishiga teskari tomonga yo‘nalganlik diagrammasining o‘zgarishiga olib keladi. Yo‘nalganlik diagrammasining aylanish burchagi υ2 nurlatgich kichik siljiganda taxminan υ1 nurlatgichning siljish burchagiga teng bo‘ladi. 8.2-rasm. Antennaning yo‘nalganlik diagrammasini shakllantirish ΔX siljishining oshib borishi antenna tekisligidagi faza og‘ishlariga olib keladi. Faza og‘ishlari ruxsat etilgan (45 0 ) qiymatdan oshmasligi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak. Δx 0,6 λ/sinΨ0, (8.1) Bu yerda λ –to‘lqin uzunligi, Ψ0 – ko‘zguning yoyilish burchagi. Nurlatgichning fokusdan parabola o‘qiga perpendikulyar yo‘nalishda siljishidan amaliyotda parabolik antennaning yo‘nalganlik diagrammasini boshqarishda keng qo‘llaniladi. Bunda odatda ko‘zgu Z o‘qiga perpendikulyar ravishda emas balki fokus masofasiga teng radiusli yoy bo‘yicha o‘zgartiriladi. Ko‘zguning fokal o‘qi (Z o‘qi) atrofida aylantirilishida ham antenna tekisligida maydonning nochiziqli faza buzilishlari (asosan kvadratik) yuzaga keladi. Bu parabolik antenna yo‘nalganlik diagrammasining kengayishiga va undagi nollarning yo‘qolishiga olib keladi. Real nurlatgichlarning yo‘nalganlik diagrammalarida nurlatgichdan tarqalayotgan barcha energiya kuzguga borib tushmaydi. Nurlatgich energiyasining bir qismi ko‘zguni chetlab o‘tadi, bu ko‘zguli antenna yo‘nalganlik diagrammasida yong yaproqlar sathlarining oshishiga olib keladi. Parabolik antennaning yo‘nalganlik koeffitsientini (YK) formula yordamida hisoblash mumkin (8.2) Bu yerda S –yoyilish tekisligining yuzasi; ν nat = νη1 – ko‘zguli antennaning natijaviy yoyilish yuzasidan foydalanish koeffitsienti ( KIP). ν –tekislikning amplituda taqsimoti bilan aniqlanadigan(agar tekislik sinfaz ravishda qo‘zg‘atilsa) ko‘zgu tekisligining yoyilish yuzasidan foydalanish koeffitsienti. η 1 = R Σ / R nur - ko‘zgu tarqatgan quvvatning nurlatgich tarqatgan quvvatga nisbati(ko‘zgudagi yo‘qotishlar bu yerda hisobga olinmaydi). 2 4 S v D нат = Kuchaytirish koeffitsienti (KK) G ni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin G = η 2 *D, (8.3) Bu yerda η 2 = R Σ / R NUR ; R NUR -nurlatgichga tushgan quvvat η 2 koeffitsientini ko‘zguli antennaning FIK deb atash mumkin bo‘lib, unda nurlatgichdagi issiqlik energiyasi yo‘qotishlari, nurlatgichning mahkamlash elementlaridagi yo‘qotishlar, bo‘yoqlarda, ko‘zgu ichki tekisligi qoplamalaridagi yo‘qotishlar hisobga olinadi. Agar ko‘zguning berilgan shaklida (R0/ƒ0 = const) nurlatgichning yo‘nalganlik diangrammasi kengaytirilsa, u holda ko‘zgudan tarqalayotgan nurlar tekis tarqaladi(aperturaviy KIP oshadi), bu esa ν nat va yo‘nalganlik koeffitsientining oshishiga olib keladi. Lekin ko‘zgu yaqinidan o‘tuvchi nurlarning energiyasi oshadi(η1 kamayadi) bu esa ν nat va yo‘nalganlik koeffitsientining kamayishiga olib keladi. Kuzgu yo‘nalganlik diagrammasining torayishi bilan amplituda taqsimoti notekisligi oshib boradi (ν kamayadi), natijada ν nat va yo‘nalganlik koeffitsienti kamayadi, lekin bir vaqtning o‘zida nurlatgich energiyasining ko‘zgu chekklaridan quyilishi (toshib chiqishi) kamayadi (η1 oshadi) bu esa ν nat va yo‘nalganlik koeffitsientining ortishiga olib keladi. Antennaning yo‘nalganlik koeffitsientiga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkita o‘zaro qarama qarshi faktorlar R0/ƒ0 o‘zgarmas kattalikda yoki ko‘zguning yoyilish burchagi (2Ψ0) va nurlatgichning o‘zgaruvchan yo‘nalganlik diagrammasida hamda yo‘nalganlik koeffitsientining maksimal qiymatida nurlatgichning optimal to‘lqin tarqatish sharti aniqlanadi. Amaliyotda qo‘llaniladigan ko‘p turdagi nurlatgichlar uchun ko‘zguning optimal to‘lqin tarqatish sharti, nurlatgichning yo‘nalganlik diagrammasi ko‘zguning chetki qismlaridagi maydon kuchlanganligining (Yechet) uning uchidagi maydon kuchlanganligiga (Ye0) nisbatan 10dB ga kamroq maydon kuchlanganligini ta’minlasa, bajariladi. 20lg(Ye chet /Ye 0 ) = -10 dB yoki Ye chet /Ye 0 = 0,316. Parabolik antennaning yo‘nalganlik diagrammasi nurlatgichning yo‘nalganlik diagrammasi va ko‘zgu shakli (R0 /f0) ga qarab aniqlanadi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling