Laboratoriya №16. «Frenel zonalarini tadqiq qilish» Ishning maqsadi: Frenel zonalari haqida tushunchaga EGA bo’lish. Nazariy ma’lumot


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/27
Sana14.08.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1667055
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
16-30 Laboratoriya

5. HISOBOT TARKIBI 
Hisobot quyidagilardan tarkib topishi kerak: 
4.5.1. Qurilmaning struktura sxemasi. 
4.5.2. O‘lchov natijalari jadvallari. 
4.5.3. To‘g‘ri chiziqli koordinatalar tizimida me’yorlangan yo‘nalganlik 
diagrammasi. 
4.5.4. eksperimental tekshirish natijalari xulosalari
6. NAZORAT SAVOLLARI 
4.6.1. Parabolik antennaning ishlash prinsipini tushintiring. 
4.6.2. Qanday qilib antennaning yo‘nalganlik diagrammasiga ko‘zgu yoyish 
tekisligida maydon amplitudasini aniqlash ta’sir ko‘rsatadi? 
4.6.3. Qanday qilib antennaning yo‘nalganlik diagrammasiga ko‘zgu yoyish 
tekisligida maydonning faza buzilishi ta’sir ko‘rsatadi? 
4.6.4.Yoyilish yuzasidan foydalanish koeffitsienti deb nimaga aytiladi? 
4.6.5.Parabola tekisligining effektiv yuzasi deb nimaga aytiladi. 
4.6.6. Antennaning yo‘naltirish koeffitsienti va kuchaytirish koeffitsienti deb 
nimaga aytiladi. 
Laboratoriya №22. «Ruporli antennani tadqiq qilish» 
Ishning maqsadi:  Ruporli antennalarning ishlash prinsipi bilan tanishish. 
Uchi ochiq to‘lqino‘tkazgich O‘YuCh diapazonining oddiy antennasi 
hisoblanadi. To‘lqino‘tkazgichda tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlar uchi ochiq 
to‘lqino‘tkazgichdan 
qisman 
qaytadi 
va 
qisman 
nurlanadi. 
Bunda 
to‘lqino‘tkazgichdan ochiq fazoga o‘tish joyida yuqori tartibli to‘lqinlar va 
to‘lqino‘tkazgich tashqi devorlarida yuza toklari hosil bo‘ladi. 
Uchi ochiq to‘lqino‘tkazgich ko‘rinishidagi antenna sust yo‘naltirilgan 
antenna hisoblanadi. Haqiqatdan ham, o‘tkir yo‘nalganlik diagrammasini, ya’ni 
katta qiymatli yo‘nalganlik koeffitsientini qo‘lga kiritish uchun to‘lqin tarqatuvchi 
yuzaning o‘lchamlari to‘lqin uzunligi λ ga nisbatan ancha katta bo‘lishi kerak. Bu 
vaqtda to‘lqino‘tkazgichning o‘lchamlari muayyan belgilangan qiymatlardan 
oshmaydi. Agarda bu qiymatlardan oshsa, u holda yuqori tartibli to‘lqinlar hosil 
bo‘ladi. N
10 
to‘lqinli to‘g‘riburchakli to‘lqino‘tkazgich (7.1. rasm) uchun ko‘ndalang 
kesim o‘lchamlari λ/2

7.1-rasm. To‘g‘riburchakli to‘lqino‘tkazgich 
To‘lqino‘tkazgichli nurlatgichning yana bir kamchiligi, uning ochiq fazo 
bilan yomon moslashganligidir. Shunday qilib, kichik yo‘nalganlik koeffitsienti 
egaligi hamda elektromagnit to‘lqinlarning to‘lqino‘tkazgich oxiridan jadal 
akslanishi hisobiga, uchi ochiq to‘lqino‘tkazgichlar samarasiz antenna hisoblanadi. 
O‘tkirroq yo‘nalganlik diagrammasini xosil qilish uchun to‘lqino‘tkazgichni 
ruporga o‘zgartirish yo‘li bilan to‘lqino‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi o‘lchamlari 
bir tekis oshiriladi. Bunda to‘lqino‘tkazgichdagi maydon strukturasi deyarli 
saqlanadi. To‘lqino‘tkazgichning ruporga aylanish joyida yuqori tartibli to‘lqinlar 
hosil bo‘ladi. Agar ruporning yoyilish burchagi uncha katta bo‘lmasa, u holda, 
asosiy to‘lqindan tashqari barcha turdagi to‘lqinlar ruporning atrofida tez so‘nadi. 
Yuqori tartibli to‘lqinlarni hisobga olmaydigan bo‘lsak, asosiy turdagi 
to‘lqinning rupordagi maydon strukturasi to‘lqino‘tkazgichdagi asosiy to‘lqin 
maydon strukturasiga o‘xshashdir. Shunday qilib, to‘lqino‘tkazgich ko‘ndalang 
kesimining tekis oshirilishi, uning erkin fazo bilan moslashuvini yaxshilaydi. 
Agar to‘g‘riburchakli to‘lqino‘tkazgichning kengayishi faqat bitta tekislikda 
amalga oshirilsa, u holda rupor sektorial (sektorli) deb nomlanadi. 
To‘lqino‘tkazgichning N vektoriga parallel bo‘lgan a devori o‘lchamini oshirish 
yo‘li bilan hosil qilingan rupor sektorial N-tekislikli rupor deb ataladi (5.2.a-rasm). 
To‘lqino‘tkazgichning Ye vektoriga parallel bo‘lgan b devor o‘lchamini 
oshirish yo‘li bilan hosil qilingan rupor sektorial E-tekislikli rupor deb ataladi (5.2.b-
rasm) 
Rupor to‘lqino‘tkazgichning a va b o‘lchamlarini bir vaqtning o‘zida oshirish 
yo‘li bilan hosil qilinsa, u xolda piramidal rupor deb nomlanadi (5.2.v-rasm), 
doiraviy to‘lqino‘tkazgich ko‘ndalang kesimini oshirish yo‘li bilan hosil qilinsa – 
konussimon rupor deb nomlanadi (7.2.g-rasm). 


7.2-rasm. Ruporli antennaning turlari 
Yoyilish o‘lchamlaridan tashqari ruporlar L uzunlik va yoyilish burchagi φ

orqali xarakterlanadi.(7.4-rasm). O nuqtasi ruporning uchi deb nomlanadi. 
Piramidasimon rupordagi maydon strukturasi 7.3-rasmda keltirilgan. 
Ruporning yon devorlari bir biriga parallel bo‘lmaganligi sababli, rupor devorlarida 
chegaraviy shartlarni ta’minlash uchun to‘lqin o‘tkazgichdan ruporga kelayotgan 
elektromagnit maydon vektorlari bir necha bor o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartiradi. 
7.3-rasm. Sektorial Ye-tekislikli rupor antennadagi maydon strukturasi 
(uzluksiz to‘g‘ri chiziqlar bilan elektr maydon kuch chiziqlari, punktir chiziqlarda 
esa magnit maydon kuch chiziqlari tasvirlangan) 
Shuning uchun ruporda tengfazali maydon tekisliklari (to‘lqin fronti) 
to‘lqino‘tkazgichdagiga o‘xshash tekislik hisoblanmaydi, balki, sektorsimon 
ruporlarda silindrik yuzali va piramidasimon hamda konussimon ruporlarda esa 


sferik yuzali tekisliklar hisoblanadi (7.4-rasm). Shu sababdan, rupor yoyilmasining 
maydoni nosinfazalidir. 
7.4-rasm. Ruporning bo‘ylanma kesimi 
X koordinatali M ishchi nuqtada maydonning fazasi yoyilma markazi
fazasidan 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling