Laboratoriya №16. «Frenel zonalarini tadqiq qilish» Ishning maqsadi: Frenel zonalari haqida tushunchaga EGA bo’lish. Nazariy ma’lumot
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
16-30 Laboratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hisobot mazmuni Talaba ushbu ishning nazariy qismida keltirilgan ma’lumotlarini o‘rganadi va taxlil qiladi. Taxliliy xulosalar asosida xisobot tayorlaydi va
- Ishdan maqsad: MIMO teuxnologiyasi bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish Nazariy ma’lumot MIMO
7. NAZORAT SAVOLLARI
1. Rupor antenna turlarini ayting va ularni chizing. 2. Qo‘zg‘atilgan tekislik yo‘nalganlik diagrammasi tekislik o‘lchamlariga qanday bog‘langan. 3. Qo‘zg‘atilgan tekislik yo‘nalganlik diagrammasi maydonning amplituda taqsimotiga qanday bog‘langan. 4. Qo‘zg‘atilgan tekislik yo‘nalganlik diagrammasi maydonning faza taqsimotiga qanday bog‘langan. Faza taqsimotining turlari (faza xatoliklari). φ 0 -40 -35 … -5 0 5 … 35 40 α F(φ) = α /α max 5. Rupor tekisligidagi maydon fazasi qaysi qonun bo‘yicha o‘zgaradi va u ruporning qaysi parametrlariga bog‘liq. 6. Qanday turdagi rupor antennalar optimal deb ataladi. Hisobot mazmuni Talaba ushbu ishning nazariy qismida keltirilgan ma’lumotlarini o‘rganadi va taxlil qiladi. Taxliliy xulosalar asosida xisobot tayorlaydi va nazorat savollariga javob beradi. Laboratoriya mashg‘uloti-23.MIMO teuxnologiyasi tadqiq etish. Ishdan maqsad: MIMO teuxnologiyasi bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish Nazariy ma’lumot MIMO (ingl. Multiple Input Multiple Output – ko‘p sonli qabul qilish –ko‘p sonli uzatish) – yangi ma’lumot uzatish texnologiyasi bo‘lib, unga ko‘ra dastlabki ma’lumotlar oqimi demultipleksorda alohida uzatish traktlari bo‘yicha ishlov berish va uzatish uchun N sonli oqimlarga ajratiladi. Qabul qilish tomonida esa M sonli qabul traktlari bo‘lib, ularda ma’lumotlar multipleksordan o‘tadi va qabul qilishdagi xatoliklarning sonini kamaytiruvchi maxsus algoritmlar bo‘yicha yana qaytib bir oqimga yig‘iladi. Bu xatoliklar uzatish kanalidagi buzilishlar va signallarning fazoviy korrelyatsiyasi natijasida vujudga kelishi mumkin (4.4-rasmga qarang). 4.4-rasm. MIMO ning soddalashtirilgan ko‘rinishi Shunday qilib, MIMO texnologiyasi bitta radiokanalda bir nechta uzatuvchi va qabul qiluvchi traktlarni ishlatadi. Amalda MIMO ni ishlash tartibida ikki xil rejim ajratiladi: Fazoviy ajratish (FA) va Fazoviy ultiplekslash (FM) rejimlari. FA rejimida signal nusxalarini bir necha uzatuvchi va mos ravishda bir necha qabul qiluvchi antennalarga ajratish amalga oshiriladi (ya’ni, bir xil axborot bir necha qabul qilish/uzatish traktlari bo‘yicha yuborib qabul qilinadi). FM rejimida ketma-ket ma’lumotlar oqimi bir necha parallel oqimlarga bo‘linadi va bir necha qabul qilish/uzatish traktlari bo‘yicha uzatiladi va qabul qilinadi (ya’ni ma’lumotlar oqimini uzatish tezligi bir necha martagacha oshadi). Shunday qilib, FM rejimi kanalning yuqori sig‘imini (o‘tkazuvchanlik qobiliyatini) ta’minlashi mumkin, lekin signal sifatini yaxshilamaydi, aksincha uni xatto ѐmonlashtirishi xam mumkin. Buning aksiga, FA rejimi signal sifatini sezilarli tarzda yaxshilaydi va qabul qilgich tomonida yuqori ―signal-shovqin‖ nisbatini ta’minlaydi, lekin kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini deyarli o‘zgartirmaydi. Xususan, keng qamrovli sotalarda FM o‘z imkoniyatlari chegarasida ishlaydi, chunki aloqa masofasi qancha uzoq bo‘lsa, shunchalik signal kuchli bo‘lishi kerak. Amaliѐtda MIMO ning ikkala rejimining kombinatsiyasini ham qo‘llash mumkin (masalan, 4*4 sxemali MIMO da fazoviy ajratilgan ikki juft multiplekslovchi antennalarni qo‘llash mumkin). MIMO texnologiyasining afzalliklariga quyidagilar kiradi: Pastga yo‘nalishdagi kanallarning ishini yaxshilash, bu radioto‘lqinlar kuchli tarqalishi sharoitida signalning turg‘un va ishonchliroq uzatilishida namoѐn bo‘ladi. ―Yuqoriga‖ yo‘nalishdagi kanallar uchun yaxshilanishlar sezilarli emas; Bir necha mustaqil oqimlar bir vaqtda uzatilganda yuqoriroq darajadagi modulyatsiya sxemalarini ishlatish hisobiga kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish; Tizimning, ayniqsa abonentlarni yuqori mobillik xolatlarida,ish xarakteristikalarini stabilligini oshirish. MIMO ning kamchiliklariga qayta akslanish bo‘lmagan hollarda, masalan, inshootlar nozich joylashgan tumanlarda, avtomagistral ѐqalarida, darѐ bo‘ylab va shunga o‘xshash hollarda sifat xarakteristikalarini pasayishini kiritish mumkin. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling