Laboratoriya ish №4 Mavzu: Multipleksor tadqiq etish va Demultipleksorni tadqiq etish Ishning maqsadi


Download 171.02 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi171.02 Kb.
#1360940
Bog'liq
4-laboratoriya OLLONAZAR


Laboratoriya ish № 4
Mavzu: Multipleksor tadqiq etish va Demultipleksorni tadqiq etish
Ishning maqsadi: Multipleksorlarning ishlash prinsipi, ularning prinsipial sxemasi, sxematik belgilanishini o’rganish. Multipleksorlarning ishlash prinsipi, ularning prinsipial sxemasi, sxematik belgilanishini o’rganish
Multipleksor deb chiqishiga ma`lumotlarning axborot kirishidan birini ulovchi, boshqaruv qayta ulagichini xosil qiluvchi kombinatsion sxemaga aytiladi. Ulanuvchi kirishning tartib raqami, manzilni ko`rsatuvchi kirishlarga berilayotgan mantiliq satxlar kombinatsiyasi bilan aniqlanadi. Axborot va manzilni ko‘rsatuvchi kirishlardan tashqari, Multipleksor sxemalari ruxsat kirishlariga ega. Ularga aktiv satx, berilganda Multipleksor aktiv xolatga, passiv satx, berilsa, Multipleksor passiv xolatga o‘tadi. Axborot va manzilni kursatuvchi kirishlar xolatlaridan qatiy nazar chiqishdagi signal uzgarmas qoladi.
Multipleksor- boshqarish signallari (y1, y2)ga mos ravishda kirish signallari (x1, x2, x3, x4) dan birini chiqish (F)ga ulash uchun xizmat qiladi (15.1-rasm).

15.1-rasm. Multipleksor. a) prinsipial sxema, b) sxematik belgisi, v) ishlashi
Axborot kirishlari soni nva manzilni kursatuvchi kirishlar soni m ga mos ravishda Multipleksorlar tuliq va tuliq emas bulishi mumkin. Agar n=2mshart bajarilsa Multipleksorto’liq, agar bu shart bajarilmasa, yahni n<2mbulsa Multipleksor to’liq emas deyiladi.
Multipleksorda axborot kirishlari soni odatda 2, 4, 8 yoki 16 buladi. 15.2 - rasmda invers ruxsat kirishi Ye va tugri chikishga ega bo’lgan 4x1 Multipleksor tasvirlangan. U KR555KSH2 Multipleksor mikrosxemasining yarmini tashkil etadi.


15.2- rasm. 4x1 Multipleksor shartli belgisi.


Bunday Multipleksor chiqish funktsiyasi uchun ifoda quyidagicha yoziladi:
U = X0 - (L A1 )+ X1 • U A1 )+ X2 • A A1)+ x3 (A0 A1 ) » (18.1)
Bu yerda x0, xj, x2u x3 - Multipleksorning axborot kirishlari; A0,Ai- manzilni kursatuvchi kirishlari.Umuman olganda, nta boshkaruv (manzilni kursatuvchi) kirishlar va 2p ta axborot kirishlarga eta bulgan tulik Multipleksor uchunn- kirishli mantiliy funktsiya tuzish mumkin. Xar bir boshqaruv kirishlari kombinatsiyasiga bitta axborot kirishi mos keladi, demak shu kirishga mantiqiy funktsiyaning talab etilgan qiymati beriladi va u Multipleksor chiqishiga uzatiladi.
Multipleksor deb n informattsion kirishdagi signallardan birini yagona chikishga uzatuvchi uzatilayotgan kirishda adresning o’nlik ekvivalent ikkilik adresiga teng qurilmaga aytiladi. Agarda OE chikishga ruxsat berish kirishi mavjud bo’lsa, u xolda kirishda "0" xolatchikishi passiv xolatga (jadvalning oxirgi katori) utkazadi. "4 dan 1" Multipleksorni ko’rib chiqamiz, u 4 informattsion kirish va lod 4=2 adres kirishga egadir.

Uning umumiy mantiqiy tenglamasi quyidagi ko’rinishga tengdir.Y=OE(x0*~a1*~a0+x1*~a1*a0+….) (15.2)
Keltirilgan ifodaning ung tomonidagilarga ikki marta invertlash va uz-uziga utish aksiomalarni kullabY=~(OE x0~a1*~a0+….+OE*x3*a1*a0) (15.3)aniklaymiz. (15.3) ifodaga mos sxema 15.3 rasmda keltirilib, uning shartli belgisi15.4 rasmda ko’rsatilgan.

15.3-rasm 15.4-rasm

Demultipleksorlar. Demultipleksor bir kanaldan qabul qilingan ma’lumotlarni bir necha qabul qilgichlarga taqsimlash vazifasini, ya’ni multipleksiyalashga teskari bo‘lgan amalni bajaradi. Qabul qilgich raqami (aktivlashtirilgan chiqish) uning boshqaruv kirishlariga berilgan kod kombinatsiyasi bilan aniqlanadi. Demultipleksor umuman olganda bitta ma’lumot kirishi, n – ta adres kirishi va M=2n chiqishga ega. Misol tariqasida “1 dan 4 ga” demultipleksorining tuzilish uslubini ko‘rib chiqamiz (S0, S1 ikkita adres chiqishi va Q0¸ Q3 to‘rtta chiqish). Ko‘rinib turibdiki, agar ma’lumot M chiqish liniyalaridan biriga yo‘nalgan bo‘lsa, u holda qolgan chiqish liniyalarida mantiqiy nol ushlab turiladi. “1 dan 4 ga” demultipleksorining haqiqiylik jadvali 16.1-jadvalda keltirilgan.
16.1-jadval “1 dan 4 ga” demultipleksorining haqiqiylik jadvali

Mazkur jadvalga quyidagi MAF tizimi mos keladi:

Chiqish liniyalarini ko‘paytirish talab etilganda, mos ravishda “1 dan 4 ga” demultipleksor mikrosxemalaridan kerakli miqdori olinib, demultipleksor daraxti tuziladi. Bunday daraxt tuzilmasi multipleksor daraxtiga ko‘zgudagi aks kabi mos keladi. Buning uchun ruxsat berish kirishlari xizmat qiladi.

16.1-rasm.“1 dan 4 ga” demultipleksori shartli belgilanishi(a) va uning sxemasi(b).
Berilgan funktsiyani YOKI-EMAS elementlari yordamida bajaradigan mantiqiy sxema va uning shartli grafik tasviri 16.1. b-rasmda keltirilgan.
Nazorat savollari
1. Demultipleksor qanday vazifani bajaradi?
2. To‘liq demultipleksorga misol keltiring.
3. To‘liqemas demultipleksorga misol keltiring.
4. Demultipleksor sxemada shartli belgilanishi.
5.Demultipleksorning ME asosidagi sxemasini chizing.
6. Multipleksor qanday vazifani bajaradi?
7. To‘liq multipleksorga misol keltiring.
8. To‘liqemas multipleksorga misol keltiring.
9. Multipleksor sxemada shartli belgilanishi.
10. Multipleksorning ME asosidagi sxemasini chizing.



Download 171.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling