Laboratoriya ishi -3 b guruh vitaminlariga xos sifat reaktsiyalari
Download 40.14 Kb.
|
Laboratoriya ishi-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshiriluvchi material
B2 vitaminining qaytarilish reaksiyasi
Reaksiya riboflavinni kislotali muhitda oson qaytarilishi va qayta oksidlanishiga asoslangan. Konsentrlangan xlorid kislotasiga rux metali qo‘shilishidan hosil bo‘lgan vodorod qizil rangli oraliq birikma (rodoflavin) yordamida riboflavinning rangsiz leykoflavinga qaytaradi. Bunda eritmaning sariq rangi qizilgao‘tadi, so‘ngra eritma rangsizlanadi. Reaksiya mexanizmini quyidagicha ifodalash mumkin: Tekshiriluvchi material: B2 vitaminining 0,025% li eritmasi. Reaktivlar: 1. Konsentrlangan xlorid kislota. 2. Rux metali. Jihozlar: 1. Probirkalar. 2. Tomizgichlar. Ishni bajarilishi 1. Probirkaga 10 tomchi 0,025% li riboflavin eritmasidan olinib, 5 tomchi konsentrlangan xlorid kislotasi va kichkina rux bo‘lakchasi qo‘shiladi. 0 ‘sha zahoti vodorod pufakchalari ajralayotgani ko‘rinib, suyuqlik asta-sekin pushti yoki qizil rangga bo‘yaladi, so‘ngra suyuqlikning rangi yo‘qolib, rangsizlanib qoladi. 2 . Rangsizlangan suyuqlikni havoda chayqatilsa, leykobirikma у ana qaytadan riboflavinga oksidlanadi. 3. Mazkur reaksiya bilan flavinli fermentlarni to‘qima nafas olishi jarayonida ta’sir etish mexanizmini nam oyish qilish mumkin. B6 vitamini (piridoksin, adermin) B6 vitamini- suvda va spirtda yaxshi eriydigan rangsiz kristall bo‘lib, ishqor, kislotalar ta’siriga va haroratga chidamli, quyosh nuri, ayniqsa, ultrabinafsha nurlar ta’sirida parchalanadi, lekin oziq-ovqat tayyorlashda va konservalashda yaxshi saqlanadi. Piridoksin - B6 vitamini faolligiga ega bo‘lgan moddalarning umumiy guruh nomi bo‘ lib, unga piridoksol, piridoksal va piridoksamin kiradi. Odam organizmida ushbu birikmalar osonlik bilan biri ikkinchisiga aylana oladi va ATF ishtirokida fosforlangan unumlari — 5-fosfopridoksal, 5-fosfopiridoksaminlar transaminaza va dekarboksilaza fermentlari kofermenti sifatida aminokislotalar almashinuvida muhim vazifani bajaradi. Aminokislotalar almashinuvi ko‘pchilik biologik zarur moddalar (gistamin, PP vitamini, gem va boshqalar)ning sintezi bilan bog‘liqligini e’tiborga olsak, piridoksin yetishmovchiligi organizm biokimyoviy jarayonlarida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi tabiiy. Inson organizmini B6 vitaminiga bo‘lgan sutkalik zarurati aniqlanmagan, lekin yangi tug‘ilgan bolalarga 0,3 mg, kattalarga esa kuniga 1,5-2 mg gacha tavsiya etiladi. B6 vitaminiga eng boy bo‘lgan manba bug‘doy kurtagi, achitqi va jigar hisoblanadi. B6 vitaminining avitaminozi juda kam uchraydi, chunki ichak mikrobi sintezlagan piridoksin miqdori organizm talabini qisman qondirish uchun yetarli. Ammo ba’zi maxsus teri kasalliklari (dermatit)ni, bolalar anemiyasini davolashda yoki sil kasalligini davolashda qo‘llaniladigan piridoksin antagonistlarining nojo‘ya ta’siri (nerv tizimidagi o‘zgarishlar)ni yo‘qotishda piridoksin yuboriladi. Download 40.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling