Laboratoriya ishi -6 Halqa yordamida yer tortish kuchi tezlanishi “g”– ni hisoblash. Ishning maqsadi: h


Download 50.04 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi50.04 Kb.
#226279
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI 6


LABORATORIYA ISHI -6

Halqa yordamida yer tortish kuchi tezlanishi “g”– ni hisoblash.

Ishning maqsadi: halqa yordamida tortish kuchi tezlanishini aniqlash.

Kerakli asbob va qurilmalar: halqa, shtangensirkul, sekundomer.

Nazariy qism.

Agar har qanday jism og`irlik markazidan o`tmagan gorizontal o`qqa osib qo`yilsa, og`irlik markaziga qo`yilgan M moment ta'sirida tebranma harakat qiladi.

о

M=mgl*sin

с


Yuqorida ko`rsatilgandek mahkamlangan «M» moment ta'sirida tebrana oladigan qattiq jism fizik mayatnik deyiladi:

T=2 (1).

Bu yerda K - inersiya momenti

– og`irlik markazi bilan jism osilgan o`q orasidagi masofa



m - mayatnik massasi g – og`irlik kuchi tezlanishi

(1)dan g-ni topaylik g= ( 2).

Tebranayotgan jism halqalardan iborat bo`lsa, R1 –ichki radius, R2- tashqi radius. Yassi halqaning og`irlik markaziga nisbatan inersiya momenti

KC= (3). bo`ladi.

Shteyner teoremasiga muvofiq ixtiyoriy tebranish o`qiga nisbatan olingan inersiya momenti « bilan jism massasi og`irlik markazidan tebranish o`qiga bo`lgan masofa kvadratining yig`indisiga teng: К=КС+mRi2:



«K» ning qiymatini (2) ga qo`yib

g= (4).

Tebranish davri T, halqaning ichki va tashqi radiuslari R1 va R2 ni bilgan holda g –ni hisoblash mumkin.



Ishni bajarish tartibi.

  1. Shtangensirkul bilan ichki va tashqi radiuslar (R1 va R2) o`lchanadi.

  2. O`qituvchi tomonidan berilgan tebranishlar soni uchun ketgan vaqt o`lchab olinadi va davr Ttn formula bilan hisoblanadi.

  3. O`lchashlar kamida uch marta takrorlanadi.

  4. Tajriba ikki halqa uchun alohida-alohida bajariladi.

  5. Xatoliklar hisoblanadi.

Quyidagi jadval to`ldiriladi



d1|R1

D2|R2

N

t

T

g



%

1

























2.

























3.

























o’



























Sinov savollari.

  1. Fizik mayatnik deb nimaga aytiladi?

  2. Fizik mayatniknig tebranish davrini topish formulasini yozing.

  3. Mayatnik deb nimaga aytiladi?

  4. “g” nimalarga bog`liq?

  5. Oxirgi (4) formulani keltirib chiqaring.

  6. Inersiya momenti nima?

  7. Shteyner teoremasini tushuntiring.

  8. Inersiya momenti jism shakliga bog’liqmi?

  9. Nima uchun Yerning turli nuqtalarida “g”ning qiymati har xil bo’ladi?

10. Bajarilgan ishga xulosa qiling.
Download 50.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling