LABORATORIYA ISHI № 1.
Mavzu: Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish.
Ishning maqsadi: Va,Yoki, Inkor mantiqiy elementi bilan tanishish, xaqiqiylik jadvalini yaratishva elementi qatnashgan mantiqiy funksiyalarni hisoblash.
Nazariy qism.
Mikroprotsessor tizimi (MPS) ning asosiy qurilmasi bo’lgan mikroprotsessor (MP) ikkilik sanoq tizimida ishlagani uchun komandalar va berilganlar shu sanoq tizimida yoziladi. Mashinada signallar “0” va “1”, ya’ni mos ravishda past va yuqori darajali signallar nomi bilan yuritiladi. Signallarning bunday ko’rinishi hech bir qiyinchiliksiz mantiqiy o’zgaruvchilar yordamida ifodalanadi.
MP sxemalari ikkilik sanoq tizimida mantiqiy va arifmetik amallarni bajaradi. “VA”, “YoKI” va “INKOR” sxemalari asosida MP ning ixtiyoriy qurilmasini to’liq qurish mumkin. Mp da mantiqiy amallar cheklangan, lekin ularni har biri istalgan marotaba bajarilishi mumkin.
Ikkilik sanoq tizimida mantiqiy amallarni bajara oladigan kombinatsion sxemalar bilan tanishib chiqamiz. Kombinatsion sxemalar raqamli sxemalar bo’lib, ularning chiqishi ixtiyoriy vaqt davomida faqat kirishiga berilayotgan signallar bilan aniqlanadi.
«VA» sxemasi (mantiqiy ko’paytirish sxemasi) ikki va undan ortiq mantiqiy qiymatlarni ko’paytirishni (konhyunktsiyani) bajaradi. Rasmda “VA” sxemasining shartli belgisi ko’rsatilgan (a-maxsusbelgi, b-to’g’ri to’rtburchak ko’rinishidagi belgi). Sxemaning Ychiqishi bilan A va B kirishlari orasidagi bog’lanishlarni Y = A B=A*B munosabat bilan ifodalanadi. Sxemaning A va B kirishlarida 1 bo’lgandagina Y chiqishda 1 signali hosil bo’ladi. Qolgan hollarda sxemaning Y chiqishida hardoim “0” hosil bo’ladi.
“VA” sxemasining belgilanishi
“VA” sxemasining ish jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |