Laboratoriya ishi № Mavzu: Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish. Ishning maqsadi
Download 0.72 Mb.
|
LABORATORIYA ISHI 1-5
- Bu sahifa navigatsiya:
- RS, JK, D
Nazariy qism
Barcha qurilmalar asosi raqamli mantiq kombinatsion sxemalar asosida tuziladi. Ularda chiqishdagi signal kirishning joriy(hozirgi) holati bilan aniqlanadi. Bu sxemalarda “xotira” mavjud emas. Agar kombinatsion sxemalarga xotira kiritilsa, u holda ular yordamida hisoblagichlar, arifmetik registrlar va boshqa “aqlli” sxemalarni hosil qilish mumkin. Bunda ular bir funksiyani bajarib bo`lgach, keyingisiga o`tadi. Bunday sxemalarning asosiy tuguni bo`lib trigger hissoblanadi. Ixtiyoriy ketma-ketlikdagi qurilma triggerli qurilma yokiraqamli avtomat deb ataladi. Raqamli avtomat umumiy holda N ta triggerdan tuzilgan bo`ladi. Raqamli avtomat holati N razryadli ikkilik so`zdan iborat bo`lib, uning har bir razryadi mos triggerning chiqish signali holati bilan belgilanadi. Demak, raqamli avtomat holatini 2N kodli to`lam ifodalaydi. Triggerlar – ikkita turg`un holatli chiqishga ega bo`lgan qurilma bo`lib, u elementar xotira yacheykasi va boshqaruv sxemasiga ega. Boshqaruv sxemasi bevosita elementar hotira yacheykasi kirishiga kelib tushayotgan ma’lumotni signallar kombinatsiyasiga o`zgartiradi. Triggerning ikkita turg`un holatlari: Q=1 va Q=0 deb belgilanadi. Triggerning qaysi holatda bo`lishi trigger kirishlaridagi signal holatiga va oldingi holati bilan aniqlanadi, ya’ni trigger xotiraga ega. Boshqacha aytganda, trigger elementar xotira yacheykasi hissoblanadi. Trigger turi uning ish algoritmi bilan aniqlanadi. Ish algoritmiga ko`ra triggerlar o`rnatuvchi, axborot va boshqaruv kirishlariga ega bo`lishi mumkin. O`rnatuvchi kirishlar boshqa kirishlar holatlari qanday bo`lishidan qat’iy nazar trigger holatini o`rnatadi. Boshqaruv kirishlari, xususan axborot kirishlariga berilayotgan ma’lumotlarni yozishga ruxsat beradi. Eng keng qo`llaniladigan triggerlar bo`lib RS, JK, D va T triggerlar hissoblanadi. Bu triggerlarning shartli belgilanishi 1-rasmda keltirilgan. R S-trigger ikkita axborot S va R kirishlarga ega. S kirishga 1 signali, R kirishga 0 signali berilsa triggerning Q chiqishida 1 signal o`rnatiladi. Aksincha bo`lganda, ya’ni S=0 va R=1 bo`lsa trigger chiqishi Q=0. SR- trigger ishi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: bu yerda: Qn va Qn+1 – mos ravishda triggerning oldingi va yangi holatlari. 5.1-rasm. RS-, JK-, D- vaT-turli triggerlarning shartli belgilanishi. RS-trigger uchun S=1 va R=1 kombinatsiya taqiqlangan hissoblanadi. Bu vaqtda triggerning axborot kirishlari holati aniq bo`lmaydi: Q chiqishda 0 VA, 1 VA bo`lishi mumkin. RS-triggerning E-, R- va S-triggerlar deb nomlanuvchi turlari VA mavjud. Ular uchun S=R=1 holat taqiqlanmagan. E-trigger S=R=1 bo`lganda o`z holatini o`zgartirmaydi ( Qn+1=Qn ). S-triggerda S=R=1 bo`lganda Q=1, R-triggerda esa Q=0 bo`ladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling