Laboratoriya ishi №1-2 xom-ashyolarning granulometrik tarkibini aniqlash. Xo‘l va quruq usuldagi elaklar taxlili


Download 429.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana08.11.2023
Hajmi429.93 Kb.
#1755691
1   2   3   4
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI 1-2. 3-kurs 2021

Elaklar analizi. 
Qumning donadorlik yoki granulometrik tarkibi unda mavjud turli 
yiriklikdagi donalar bilan xarakterlanadi va o‘rtacha qum namunasini standart 
elaklardan elab aniqlanadi. Qumni elash quyidagi ko‘zli standart elaklarda amalga 
oshiriladi:
10mm; 5mm; 2,5mm; 1,25mm; 0,63mm; 0,315mm; 0,16mm. 10mm va 
5mm elaklar qum tarkibidagi shag‘al va chaqiq toshlarni ajratish uchun ishlatiladi. 
10mm dan katta donalar 0,5%( massa bo‘yicha)gacha ruxsat etiladi, 5mm dan 
yirigi esa: - tabiiy qumda – 10% gacha; - maydalash chiqindilari asosidagi qumda - 
19% gacha; - boyitilgan qumlarda - 5% gacha.
Qumlarning donadorlik tarkibi 5mm ko‘zli elakdan elab, yirik 
qo‘shimchalarni ajratib aniqlanadi.
Ishni bajarish tartibi: Quruq qumdan olingan namunaning 1000g massasini 
2,5mm li elakka solinadi, uning ostida boshqa ko‘zli elaklar joylashtiriladi (kichik 
ko‘zli elaklar ketma-ketligida) va ostiga chiqindini yig‘ish idishi qo‘yiladi. Qum 
namunasini elaklar to‘plamidan mexanik usulda va qo‘lda titratib o‘tkaziladi, 
natijada elaklarda qolgan ayrim qoldiq aniqlanadi. Ayrim qoldiq qum 
namunasining umumiy massasi bo‘yicha foizda beriladi. SHundan so‘ng 
elaklardagi to‘la qoldiq aniqlanadi. To‘la qoldiq shu elakdagi va nisbatan yirik 
ko‘zli barcha elaklardagi ayrim qoldiqlarning yig‘indisi bilan ifodalanadi. 


Qumning donadorlik tarkibi yiriklik moduli bilan xam ifodalanadi: 
Mk=∑A/100, Bu erda: 
∑A-nazorat elaklarida qolgan to‘la qoldiq yig‘indisi, % (rasm 1.1ga 
qarang); 
∑A=A2,5+A1,25+A0,63+A0,315+A0,16=5a2,5+4a1,25+3a0,63+2a0,315+a0,16;
Bundan ko‘rinadiki ∑Aga teng elaklardagi qumning ayrim qoldiqlari a 
ko‘proq ta’sir etadi. Qum qanchalik yirik bo‘lsa, ∑A va yiriklik moduli xam katta 
bo‘ladi. Yiriklik modulini nazariy noldan (agar qumning barcha donalari 0.16mm 
dan kichik bo‘lsa) qabul qilish mumkin. Amaliy yiriklik modulini o‘zgarishi
kamdir. 8736-93 “qurilish ishlari uchun qum. texnik shartlar”. O‘ZRST da 
qumning yiriklik moduli va 0.63mm qum elakda qolgan to‘la qoldiq bo‘yicha 
guruxlarga bo‘linishi nazarda tutiladi. 

Download 429.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling