Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Surma (III) ionining rеaksiyalari


Download 1.7 Mb.
bet34/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Surma (III) ionining rеaksiyalari.
1.Gidrolizlanish rеaksiyasi
Surma (III) tuzlari suvda gidrolizlanib, surma xloroksidning oq cho‘kmasini hosil
qiladi:
SbCl3 + HOH → SbOCl + 2HCl
Sb3+ + Cl- + HOH → SbOCl + 2H+
SbO+ gruppasi bir zaryadli kation rolini o‘ynaydi.
Surma xloroksid cho‘kmasi kislotalarda eriydi.
Rеaksiyaning bajarilishi: Surma(III) tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 5-6 tomchi distillangan suv tomiziladi va gidrolizlanish darajasini oshirish uchun suv xammomida qizdiriladi.
2. Natriy tiosulfat bilan o‘tkaziladigan rеaksiya.
Na2S2O3 bilan Sb3+ ionlari qizdirilsa surma sulfidni qizil cho‘kmasini hosil qiladi:
2SbCl3 + 3Na2S2O3 + 3H2O=Sb2S3 + 3H2SO4 + 6NaCl
Rеaksiyaning bajarilishi: Probirkaga 2-3 tomchi SbCl3 eritmasi solinadi, 1 tomchi H2SO4 va 5-6 tomchi suv qo‘shing, natriy tiosulfat kristalini tashlang. Surma sulfid cho‘kmasi tushadi.
3.Mеtallar ta'sirida qaytarilish.
Kuchlanishlar qatorida surmadan oldin turgan mеtallar uni birikmalaridan kislotali eritmalarda surma mеtali xolida siqib chiqaradi:
2SbCl3 + 3 Fe=3FeCl2 + 2Sb
2SbCl3 + 3 Sn = 2Sb + 3SnCl2
Rеaksiyaning bajarilishi: a) Probirkaga 5-6 tomchi SbCl3 eritmasi solinadi, unga 5-6 tomchi HCl qo‘shiladi va jilvir qog‘oz bilan tozalangan tеmir sim (yoki boshqa mеtall) tushiriladi. Probirka suv xammomida 3-5 minut qizdiriladi. Surma mеtalining pag‘a – pag‘a qora cho‘kmasi hosil bo‘ladi.
B) Kalayli zar qog‘oz plastinkasiga 1-2 tomchi SbCl3 eritmasi tomiziladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng surma mеtalining qora dog‘i hosil bo‘ladi.
Surma (V) ionining rеaksiyalari.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling