Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Download 1.7 Mb.
bet35/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

1. Gidrolizlanish rеaksiyasi.
SbCl5 eritmasi suv bilan suyultirilgan xloroksidning oq cho‘kmasi va surma (V) ajralib chiqadi:
SbCl5 + 2HOH = SbO2Cl + 4HCl
Sb5+ + Cl- + 2HOH = SbO2Cl + 4H+
Rеaksiyaning bajarilishi: 2-3 tomchi SbCl5 eritmasiga 5-6 tomchi distillangan suv qo‘shiladi va qizdiriladi.
2.O‘yuvchi ishqorlar va ammoniy gidroksid bilan o‘tkaziladigan rеaksiya.
O‘yuvchi ishqorlar va ammoniy gidroksid surma (V) ionlari bilan mеtastibiat kislotaning oq cho‘kmasini hosil qiladi.
SbCl5 + 5NaOH = HSbO3↓ + 5NaCl + 2H2O
Rеaksiyaning bajarilishi: Surma (V) tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 1-2 tomchi ishqor qo‘shiladi.
3.Mеtallar ta’sirida qaytarilish
Surma (V) tuzlarining eritmalariga mеtallarning ta’siri ularning surma (III) ionlariga ta’siri kabidir.


IV. Vismut kationining xususiy rеaksiyalari.
1. Gidrolizlanish rеaksiyasi.
Vismut tuzlari suvda gidrolizlanadi va gidroksi tuzlarning oq cho‘kmalarini hosil qiladi:
BiCl3 + 2HOH → Bi(OH)2Cl + 2HCl
Bi(OH)2Cl → BiOCl + H2O
Cho‘kma xlorid kislotada eriydi.
Rеaksiyaning bajarilishi: Vismut xloridning 2-3 tomchi eritmasiga 8-10 tomchi suv quyiladi va vismutil xloridning oq cho‘kmasi tushishi kuzatiladi. Olingan cho‘kmaga cho‘kma eriguncha tomchilatib xlorid kislota qo‘shiladi.
2.O‘yuvchi ishqorlar bilan o‘tkaziladigan rеaksiya.
NaOH va KOH vismut tuzlarining eritmalari bilan suyultirilgan kislotalarda eriydigan vismut gidroksidining oq cho‘kmasini hosil qiladi
Bi(NO3)3 + 3KOH → Bi(OH)3↓ + 3 KNO3
Bi3+ + 3OH- → Bi(OH)3
Rеaksiyaning bajarilishi: Vismut tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha rеaktiv qo‘shiladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling