Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Cho‘kmani sistematik analiz qilish


Download 1.7 Mb.
bet46/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Cho‘kmani sistematik analiz qilish. Cho‘kma issiq nitrat kislota bilan ishlanadi va sentrifugalanadi. Sentrifigatda As3+, As5+, Bi3+ ionlari bo‘lishi mumkin. Ular alohida hususiy reaksiyalar orqali aniqlanadi. Cho‘kmada xloridlar, oksoxloridlar va sulfatlar (AgCl, PbCl2, Hg2Cl2, PbSO4, CaSO4, SrSO4, BaSO4) aralashmasi bo‘lishi mumkin. Cho‘kma qaynash holatdagi distillangan suv bilan ishlanadi. Bunda PbCl2 eriydi. Eritmadan Pb2+ ionlari o‘ziga hos reaksiyalar orqali ochiladi.
Aralashma sentrifugalanadi. Cho‘kma ajratiladi va issiq suvda Pb2+ ioniga hos sifat reaksiya bermaguncha yuviladi (K2CrO4 eritmasi bilan) va unga konsentrlangan ammiak eritmasi qo‘shiladi. Bunda AgCl ammiakli kompleks [Ag(NH3)2]+ hosil bo‘lishi hisobiga eriydi. Agar cho‘kmada Hg2Cl2 bo‘lsa ammiak bilan ishlov berishda cho‘kma qorayadi. Bu metal holidagi Hg ajralib chiqqanligidan dalolat beradi.
Eritma cho‘kmadan sentrifugalash bilan ajratiladi va undan Ag+ ionlari o‘ziga hos reaksiyalar orqali ochiladi.
Cho‘kma distillangan suvda yuviladi va unga vino kislotasi eritmasi qizdirish davomida qo‘shiladi. Natijada surma eritmaga o‘tadi va uni o‘ziga hos reaksiyalar orqali ochiladi.
Cho‘kmaning qolgan qismi qaynash holatdagi 30 % li ammoniy atsetat eritmasi bilan PbSO4 cho‘kmasi to‘la eriguncha yuviladi. Cho‘kmada III analitik guruh kationlarining sulfatlari qoladi. Ularni karbonat holatga soda eritmasi orqali o‘tkaziladi. Karbonatli cho‘kma sirka kislotasi bilan eritmaga o‘tkaziladi. Hosil bo‘lgan eritmadan Ca2+ , Sr2+ , Ba2+ ionlari o‘ziga hos reaksiyalari orqali ochiladi.
Laboratoriya ishi №11.
ANIONLAR KLASSIFIKATSIYASI.
I ANALITIK GURUH ANIONLARI:SO42-, SO32-, S2O32-, CO32-, PO43, SiO32-
Anionlarni guruhlarga bo‘lish reaktivlarning turli hil ta’siriga asoslangan. Reaktivlar sifatida bariy, stronsiy, magniy kalsiy, kumush qo‘rg‘oshin va boshqa metallarning tuzlarini eritmalari, kislotalar, oksidlovchi va qaytaruvchilar ishlatiladi. Bu reaktivlar anionlar bilan gaz moddalar, cho‘kmalar va o‘ziga hos rangli birikmalar hosil qiladi.
Bu uslubiy qo‘llanmada biz anionlarning bariyli va kumushli tuzlarini eruvchanligiga asoslangan holda, anionlarni quyidagi uchta analitik guruhga ajratamiz.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling