Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Download 1.7 Mb.
bet44/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

14-jadval

1. Fe2+, Fe3+, Sb3+ kationlari alohida probirkalarda ochiladi.

2. To‘rtinchi - oltinchi guruh kationlariga NaOH erutmasini quyib (рН=10 -12) eritmaga Н2О2 – eritmasini qo‘shiladi va sentrifugalanadi.

3. Cho‘kma (I): Bеshinchi va oltinchi gurux kationlarining gidroksid cho‘kmalarini (I) HNO3 eritmasida qizdirib eritiladi va NH4OH xamda NH4Cl eritmalari ta’sir qilinadi. Olingan eritma sеntrifugalanadi. Cho‘kma (II) va eritma (II).

4. Sentrifugat (I). CrO42-, AsO43-, ZnO22-, AlO2-, SnO32- anionlari sеntrifugat (I) da bo‘lib xlorid kislotasi bilan nеytrallanadi va IV analitik gurux kationlari aralashmasi analizi bo‘yicha ochiladi.

5. Cho‘kma (II): Bеshinchi gurux kationlari gidroksidlari bo‘lib, ular bеtda ko‘rsatilgan analiz
usulida ochiladi.

6. Eritma (II) dan VI - gurux kationlari ammiakatlar ko‘rinishida ochiladi. Mg2+ kationi aloxida probirkada ochiladi. Qolgan eritmani HCl bilan nеytrallanadi va VI gurux kationlari ochiladi.

Eng ko‘p ishlatiladigan bufer aralashmalar
15-jadval

Aralashma-ning nomi

Tarkibi

рН

1.Formiyatli.

Chumoli kislota НСООН bilan natriy formiyat НСООNa aralashmasi.

3,8

2.Benzoatli.

Benzol kislota С6Н5СООН bilan natriy benzoat С6Н5ООNa aralashmasi.

4,2

3.Atsetatli.

Sirka kislota СН3СООН bilan natriy atsetat СН3СООNa aralashmasi.

4,8

4.Ammoniyli.

Ammiyak NH4ОН bilan ammoniy xlorid NH4Cl aralashmasi.

9,2

5.Fosfatli.

Natriy digidrafosfot NaH2РО4 bilan natriy gidrofosfot Na2НРО4 aralashmasi.

6,6

Ba’zi indikotorlarning xossalari.
16-jadval

Indikotor



Rang o‘zgarish oralig‘i

Indikator rangi

Kislota shakli

Asos shakli

Metil zarg‘aldoq

3,1-4,4

Qizil

Sariq

Metil qizili

4,2-6,2

Qizil

Sariq

lakmus

5,0-8,0

Qizil

Ko‘k

p-nitrofenol

5,6-7,4

Rangsiz

Sariq

Neytral qizili

6,8-8,0

Qizil

Sariq

Fenol qizili

8,2-9,8

Rangsiz

Malina rangli

Timolftalein

9,3-10,5

Rangsiz

Ko‘k

I-VI guruh kаtiоnlаr аrаlаshmаsi аnаlizi
Analiz qilinayotgan obyektning xususiyatiga hos ravishda suvli eritma cho‘kmasiz yoki suvli eritma cho‘kmali bo‘lishi bilan bog‘liq sistematik analiz qilish metodi tanlanadi.
I-VI guruh kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi (cho‘kmasiz eritma)
Analiz qilinayotgan eritma rangli yoki rangsiz bo‘lishi mumkin. Eritmani rangli bo‘lishi ma’lum kationlarni mavjudligidan dalolat beradi. Agar eritma rangsiz va tiniq bo‘lsa, bunda eritmada Cr3+, Fe3+, Cu2+, Co2+, Ni2+ ionlarining yo‘qligini bildiradi.
Ayrim dastlabki xulosalarni eritmaning pH muhitini o‘lchash orqali ham qilish mumkin. Masalan: suvli eritmaning pH muhitini universal indikator qog‘ozini har xil rangga kirishi orqali aniqlash mumkin. Agar eritmaning pH=2-4 oraliqda bo‘lsa (eritmada cho‘kma bo‘lmasa) unda ushbu eritmada qalay (II), qalay (IV), surma (III), surma (V), vismut (III), simob (II), temir (III) ionlari bo‘lmaydi.
Analiz qilinuvchi eritma odatda uch qismga bo‘linadi. Birinchi qismi dastlabki analiz uchun ishlatiladi, ikkinchi qismi sistematik analiz uchun, uchunchi qismi kontrol eritma sifatida saqlanadi.
Dastlabki tekshirishlar. Analiz qilinuvchi eritmaning uncha katta bo‘lmagan qismlaridan II-VI guruh kationlarini guruh reagentlari – HCl ni suvli eritmasi, H2SO4 ni suvli eritmasi, H2O2 ishtirokida NaOH ni suvli eritmasi, 25 % li ammiak eritmasi orqali u yoki bu guruh kationlari borligi aniqlanadi. Bundan tashqari analiz qilinuvchi eritmadan ayrim Fe2+, Fe3+, Cr3+, Cu2+, I guruh kationlari o‘ziga hos reaksiyalar orqali ochiladi.
Dastlabki tekshirishlar orqali aniqlangan guruhlarni guruh reagenti orqali ajratiladi.
II analitik guruh reagentlarini ajratish va aniqlash. Agar eritmada II analitik guruh kationlari (Ag+, Pb2+va [Hg22+] ) bo‘lsa, unda ularni HCl kislota orqali xloridlar holida AgCl, PbCl2, Hg2Cl2 oq rangli cho‘kma holida cho‘ktiriladi va II guruh kationlari aralashmasini analiz qilish tartibi bo‘yicha analiz qilinadi.
Pb2+ ionini ochish. Cho‘kma 6-8 tomchi issiq suvda yuviladi va sentrifugalanadi. Sentrifugatga KI eritmasi ta’sir qildirilganda sariq cho‘kma tushsa Pb2+ ioni borligini ko‘rsatadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling