Laboratoriya ishi №1 Avtomatika va telemexanika laboratoriyasida texnik xavfsizlik. Rele qurilmasi va ish prinsipini o’rganish


Download 0.94 Mb.
bet4/5
Sana29.10.2020
Hajmi0.94 Mb.
#137910
1   2   3   4   5
Bog'liq
Laboratoriya ishi 1



РЭЛ relening shtepsel rozetkasi (1.4, v-rasm) termoreaktiv (issiqqa chidamli) plastmassadan tayyorlanadi, bu esa qo’shni kontakt prujinalari orasidagi izolyatsiya qarshiligini 1000 MOm dan kam bo’lmasligini ta’minlaydi.

Rozetka xato qilib boshqa rele o’rnatishga yo’l bermaydi.

Buning uchun u, 10 ta A dan K gacha harflik belgilangan kodlik teshiklarga ega plastinkasi bo’lib, bu teshiklarga faqat tegishli relening 5 ta shtir o’qlari kiradi.

Tanlash shtirlari, rozetkaga 250 variantdan kam bo’lmagan tanlanadigan (S510=250) ulanishlarni bajarishga imkon beradi.



O’ZGARUVCHAN TOK RELESI

O’zgaruvchan tok relesi, aslida, to’g’rilagich orqali ulangan o’zgarmas tok relesidir. To’g’rilagichli relelarni yo’l, chiroq (olovli) va avariya relesi sifatida o’zgaruvchan tok zanjirlarida ishlatishadi. Bunda НМШ yoki РЭЛ relelarning korpus ichida maxsus mahkamlangan platalar ustida НМШ rele uchun Д242, Д7Г diodlar, НМШ va РЭЛ relelar uchun KД206A, KД105V, KД2052 diodlardan tuzilgan to’g’rilagichlar joylashtiriladi.

To’g’rilagichlarni ulashning birinchi usuli, bu rele g’altagini diodli ko’priksimon to’g’rilagichlar orqali ulashdir (1.5, a-rasm). Bu usul avariya relelari uchun ishlatiladi. Avariya relelari, ta’minot manbasida o’zgaruvchan tok borligini nazorat qilishga va agar asosiy manbadan ta’minot yo’qolsa, avtomatik ravishda zaxira manbaini ulashga mo’ljallangan. Avariya relelari kuchaytirilgan metall-keramik kontaktlarga va kattalashtirilgan kontaktlararo tirqishga ega. НМШ rele asosida AШ12, АСШ2-24, АСШ2-220 avariya relelari, РЭЛ rele asosida A2-220, БA2-220 relelar ishlab chiqariladi.





1.5-rasm. To’g’rilagichga ega neytral relelarning ulanish sxemalari

Diodlar ulashning ikkinchi usuli, stansiyadagi svetoforlarning chiroqlari yonishini nazorat qiladigan ikki g’altakli olovli relelarda ishlatilgan (1.5, b-rasm). ОМШ2-40 relening bitta g’altagi signal transformatorining ST birlamchi W1 cho’lg’ami bilan ketma-ket ulangan bo’lib, uni ikkilamchi W2 cho’lg’amidan quvvati 15 yoki 25 Vt bo’lgan svetoforning EL chirog’i iste’moliga 12 V kuchlanish olinadi. Relening ikkinchi g’altagi (13-73 chiqarmalari) diodga ulangan bo’lib, shu g’altakda hosil bo’ladigan kuchlanishning o’zgarmas tashkil etuvchilari ta’siridan rele yakori tortiladi. EL chiroqning ipi kuyganda, 1-4 g’altakdagi tok, transformatorning salt ishlash tokigacha keskin kamayadi va rele yakorini qo’yib yuboradi. Bu bilan esa, svetofor chirog’ining nosozligi ma’lum bo’ladi.

Peregondagi avtoblokirovka signallari bo’lgan svetoforlarning chiroqlarini nazorat qilish uchun, AOШ2-180/0,45 relesi ishlatiladi. РЭЛ relesi asosida О2-0,7/150; БO2-0,7/150 (quvvati 15 Vt lampa uchun) va О2-0,33/150; БO2-0,33/150 (quvvati 25 Vt lampalar uchun) belgilashlarga ega olovli relelar yaratilgan.

Bevosita ishlaydigan o’zgaruvchan tok relesi o’zgarmas tok relesiga nisbatan ikkita xususi-yatga ega. Birinchidan, uyurma toklar va qayta magnitlanish isroflarini kamaytirish uchun magnit o’tkazgich yuqori solishtirma elektr qarshilikka ega tunikali po’latdan yig’iladi. Shu sababli, magnit o’tkazgich odatda kvadrat yoki to’g’ri burchakli kesimga ega bo’ladi. Ikkinchidan, magnit oqim va tortish kuchi davriy nolga teng bo’lganligi sababli, rele yakorni qo’yib yuborishga intiladi va shu tufayli o’zgaruvchan tok relesida yakorni vibratsiyasi hosil bo’ladi.

Yakor vibratsiyasining oldini olish uchun, releni butun tuzilmasiga nisbatan yakor og’ir va vazminli qilinadi. Natijada, yakorning inersiya momenti ortib, fe<fm bo’lgan paytda relening yakori o’zakdan ajralishga ulgirmaydi. Bu esa relening tortish MYuK ko’paytiradi, ammo vibratsiya sababini yo’q qila olmaydi.



Vibratsiya sababini bartaraf qilish uchun relening magnit zanjirida faza bo’yicha bir-biridan siljitilgan ikkita oqim hosil qilish kerak. Oqimlar faza bo’yicha  siljitilgan ikkita fe1 va fe2 tortish kuchi hosil qiladi va ularning ikkovini fe=fe1+fe2 yig’indisi doimo fm dan katta bo’lishi zarur. Madomiki =90 bo’lganida, fe1+fe2=max erishadi.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling