Laboratoriya ishi №1 Avtomatika va telemexanika laboratoriyasida texnik xavfsizlik. Rele qurilmasi va ish prinsipini o’rganish


Download 0.94 Mb.
bet5/5
Sana29.10.2020
Hajmi0.94 Mb.
#137910
1   2   3   4   5
Bog'liq
Laboratoriya ishi 1


1.6-rasm. Ekranli xalqaga ega rele

Bir-biridan faza bo’yicha siljitilgan ikkita magnit oqimni, o’zakning bir qismiga mis halqa (1.6-rasm) o’rnatib, ekran hosil qilish natijasida olinadi. Bu halqani qisqa tutashgan halqa deb atashadi. Elektr magnitning oqimi Ф1 va Ф2 bo’linadi. O’zgaruvchan Ф2 oqim, mis halqada ex EYuK va ix tok hosil qiladi. Bu ix tok hosil qilgan Фx oqim Ф2 oqim o’zgarishiga qarshilik ko’rsatadi. Agar Ф2 oqim ortib boradigan bo’lsa, Фx oqim unga teskari yo’nalgan, ammo Ф1 oqim bilan bir xil yo’nalishli bo’ladi.

Yo’l relelari sifatida ta’minoti uzluksiz va chastotasi 50 Gts (ДСШ12) va 25 Gts (ДСШ -13) bo’lgan rels zanjirlarida o’zgaruvchan tokli, sektorli, ikki elementli induksion ДСШ relelar ishlatiladi. Ularning tuzilmasi (1.7-rasm) ikkita o’zgaruvchan tok elektr magnitlaridan iborat bo’lib, birini mahalliy 1 (ME) ikkinchisini esa yo’l 6 (YE) elementlari deb ataladi.

MЕ va YE o’zaklari bir-biriga nisbatan simmetrik joylashgan bo’lib, trans-formator po’latidan tayyorlangan Ш-shaklli 1 va П-shaklli 6 tunikalarning yig’ilma-laridan iboratdir. Ikkala element ham metalli staninaga (poydevor) o’rnatilgan bo’lib, ular orasidagi havo tirqishida vertikal tekislikda yengil alyumin sektor 5 (yakor) harakatlanadi. Sektorning aylanish yo’li roliklar 4 va 7 yordamida cheklangan bo’ladi. Sektorga, kontakt 3 tizimini boshqaradigan, tortqich 2 qotirilgan. Rele o’chganda sektor pastki (rolik 4 oldidagi) holatda bo’ladi. Elektr magnitlar ulanganda, sektorga aylantiruvchi moment ta’sir etib, sektorni yuqoriga (rolikka 7 qaratib) siljitadi va kontaktlarni almashlab ulaydi. Ro’para va orqa kontaktlar kumush bilan aralashtirilgan grafitdan tayyorlangan, umumiy kontaktlar esa kumushdan bajarilgan bo’ladi.





1.7-rasm. ДСШ turdagi rele:

1, 6 – mahalliy elektromagnitlar; 2 – tortqich; 3 – kontakt tizimi; 4, 7 – roliklar; 5 – yakor
ДСШ rele I sinf ishonchlilikka ega relelar guruhiga tegishli, chunki uni sektori og’irlik kuchi ta’siridan qo’yib yuboriladi. Induksion releda yakorni magnitaviy yopishib qolish hodisasi bo’lmaydi.

Relelar ishlashdagi ishonchlilik darajalari bilan farqlanadi. Alohida muhim hisoblangan, harakat xavfsizligini ta’minlaydigan sxemalarda I va II ishonchlilik darajadagi relelar ishlatiladi.



Ishonchlilik I daraja bo’lgan relening tuzilmaviy belgilari quyidagilar hisob-lanadi:

  • yakorning o’z og’irligi ta’siri ostida uzilishi;

  • kontaktlarning uzaro payvandlanmasligi (ro’para kontakt umumiy bilan), buning uchun ular payvandlanmaydigan materialdan tayyorlanadi (masalan, grafit va kumushdan);

  • magnit o’tkazgichining qoldik magnitlashish ta’siri ostida yakorni o’zakka yopishib qolish ehtimolligini yo`qotish, buning uchun bronza shtiftlar yordamida yakor va o’zak orasida havoli tirqish hosil qilinadi.

Ishonchlilik II darajali relelarning tuzilmasida yakorning uzilishi kontakt prujinalar tarangligi ta’sirida o’tadi. Bu kamroq ishonchlidir. Belgilangan rele turi va xususiyatlari qisqartirilgan nomlarida uning pasportida ifoda etiladi.

Temir yo’l avtomatikasining relelari harf va raqamdan iborat maxsus shartli belgiga (shifr) egalar. Ko’pincha, birinchi o’rinda rele turini ko’rsatadigan harflar: Н – neytral, П – qutblangan, K – qurama (kombinatsiyali), I – impulsli, ДС – ikki sektorli elementga ega belgilar ishlatiladi.

Avtoblokirovka sxemalarida ishlatishga mo’ljallangan relelarda AN harflari, ya’ni avtoblo-kirovka uchun neytral rele deb belgilanadi. Bu relelar 12 V o’zgarmas tok manbaiga ulanadi. Qol-gan relelar 24 V kuchlanishdan ta’minot olishadi.

Kichik o’lchamli relelarning belgilanishida ikkinchi o’rinda, odatda M (НM) harfi turadi. Ш harfi relening shtepselli qilib tayyorlanganligini, R harfi esa relening shtepselsiz ekanligini anglatadi (masalan, НМШ, НР). Ikkinchi qo’llanadigan M harfi bilan sekin ishlaydigan relelarni belgilashadi (НМШM); П, В va T harflarini esa, ishga tushirish (П – rus. пусковой) releda, to’g’rilagichi (В – rus. выпрямитель) bor releda va termoelementi (T – rus. Термоэлемент) bor releda ishlatiladi (НМПШ, ИМБШ, НМШT). Avariya va olovli relelarini belgilashda A va O harflar birinchi beriladi.

Releni belgilashda harflardan so’ng kontaktlar guruhi sonini ko’rsatuvchi raqam beriladi. 1 raqami releni kontaktlar to’plamida 8 ta almashlab ulaydigan 8 ft (ro’para-orqa) kontaktlar borligini, 2 raqami esa – to’rtta almashlab ulaydigan (4 ft) kontaktlar; 3 raqamlikda – ikkita almashlab ulaydigan va ikkita ro’para kontaktlar, ya’ni 2 ft, 2 f; 4 raqamlikda – to’rtta almashlab va to’rtta ro’para–4 ft, 4 f kontaktlar; 5 raqamlikda – 2 almashlab va 2 orqa – 2 ft, 2 f kontaktlar borligini anglatadi. Defis bilan ajratilgan raqamlar esa, rele g’altaklarining qarshiligini Om da ko’rsatilishini anglatadi. Masalan, releni НМШM 2-3000 degani: neytral, kichik o’lchamli, shtepselli, sekin ishlaydagan rele, to’rtta almashlab ulaydigan kontaktga ega hamda g’altagini qarshiligi 3000 Om ga teng. Agar releda turli qarshilikka ega ikkita g’altak bo’lsa, unda qarshilik raqamlari kasr ko’rinishida, ya’ni НМШ 3-550/400 deb ko’rsatiladi.

REL (elektromagnitli rele) releda harfli va raqamli belgilashlar boshqachadir. Neytral, shtepselli РЭЛ releni– РЭЛ1, РЭЛ2 deb, shtepselsizni БН (БН1, БН2) deb belgilashadi. Qutb-langan rele ПЛ3, БП3 belgilashlarga, olov rele OЛ2, БO2 belgilashlarga; avariya rele A2, БA2 belgilashlarga; strelkani ishga tushirish relelari С5, БС5 belgilashlarga ega. Ulardagi 1 raqami releda oltita qayta ulaydigan va ikkita ro’para, ya’ni 6 ft va 2 f kontaktlar borligini; 5 raqam – uchta qayta ulaydigan va bitta ro’para, ya’ni 3 ft, 1 f kontaktlar borligini; 2 va 3 raqamlar esa xuddi НМШ turdagi rele belgisidagi ma’noga ega ekanligini anglatadi.



Uchinchi sinf ishonchlilikka ega temir yo’l avtomatikasi relesini KДР (kodli rele) va KДРШ deb ataladi. Aloqa va sanoat avtomatikasida doiraviy o’zakka ega, neytral РКН rele, yassi o’zakli РПН rele, kichik o’lchamli РКМ va РС relelar, miniatyurali va o’ta miniatyurali РЭС relelari, qutbli РП relelari ko’p tarqalgan.

Turli turdagi rele g’altaklarining shartli belgilari 1.1-jadvalda keltirilgan.


3. LABORATORIYA STENDINI TUZILISHI

Stendda quyidagi relelar ko’rsatilgan: НМШ-1, REL-1, ОМШ 2-40, ASSH-2, НМШT-1140, relelarning ulanish sxemasi, kontaktlarning joylashishi va kontaktlarining raqamlanishi. НМШ va REL relelari esa yoyma shaklda keltirilgan.
4. LABORATORIYA ISHIGA TOPSHIRIQ

O’zgarmas va o’zgaruvchan tok relelarining tasniflanishi (klassifikatsiyasi), tu-zilmasi va ishlash prinsipini o’rganish.


5. LABORATORIYA ISHINI BAJARISHGA KO’RSATMA

Stendni elektr manbasiga ulang. Tumblerlar yordamida relelar ishlashining ket-maketligini va kontaktlarni qayta ulanishini o’rganing.
6. HISOBOTNING TUZILISHI

Hisobotda quyidagilar ko’rsatilishi kerak: ishdan maqsad, o’zgarmas va o’z-garuvchan tok relelarini tuzilishi, ularning ish prinsipi, relelarning shartli belgilani-shi va ularning sxemalardagi kontaktlari tizimi.


7. NAZORAT SAVOLLARI

1. O’zgarmas va o’zgaruvchan tok relelarining tuzilishini tushuntirib bering.

2. Temir yo’l avtomatika va telemexanika relelarining ishlash tamoyillariga ta’rif bering.

3. Relelarning shartli belgilanishi va ularning sxemalardagi kontaktlarini ko’rsating.

4. Temir yo’l avtomatika va telemexanika relelarini tasniflab bering.

5. O’zgarmas va o’zgaruvchan tok relelari qanday tasniflanadi?
1.1-jadval

Rele g’altagining shartli belgilari



Rele g’altaginign nomi

I va II sinf ishonchlilikka ega

III sinf ishonchlilikka ega

Neytral





Neytral, yakorni qo’yib yuborishi sekinlashtirilgan





Xuddi yuqoridagidek, ammo to’g’rilagichga ega





Qutblangan





Xuddi yuqoridagidek, ammo bitta qutbi ustivor (ustivor qutblik)





Qurama (kombinatsion)





O’zgaruvchan tokli





Ikki elementga ega o’zgaruvchan tokli





Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling