Laboratoriya ishi №1 Avtomatika va telemexanika laboratoriyasida texnik xavfsizlik. Rele qurilmasi va ish prinsipini o’rganish


Download 0.94 Mb.
bet3/5
Sana29.10.2020
Hajmi0.94 Mb.
#137910
1   2   3   4   5
Bog'liq
Laboratoriya ishi 1

РЭЛ relening asosiy qismlari bo’lib (1.4, a-rasm), yakor 10, yarmo 11, gorizontal tekislikda joylashgan ikkita o’zak 12, yakorning yopishib qolishini bartaraf qiluvchi bronzadan qilingan nomagnit plastinkacha 13, har bir o’zakka ikkitadan qilib o’rnatilgan to’rtta g’altaklar 15, massalari ta’siridan yakori tushib ketadigan, yakorga siljitiladigan qilib yopishtirilgan ikkita yuk 14 va korpus 9 hisoblanadi.

Yukni qimirlaydigan qilib o’rnatilgani, relening vibratsiyaga turg’unligini orttiradi. Kontakt tizimi, kumush grafit aralashmasidan tayyorlangan ro’para 4 kontaktlardan, kumushdan qilingan umumiy 5 va orqa 6 kontaktlardan tarkib topgan. Kontakt prujinlari 3, neyzilberdan, shtepsel rozetkasiga kiritiladigan kontakt tig’lari 1 va tirgak plastinkalari 2 latundan tayyorlangan. Umumiy kontaktning prujinalari yakorga mustahkamlangan plastmassadan tayyorlangan yetaklagich 7 yordamida siljitiladi. Yarmoga mahkamlangan plastmassa tirgak 8, orqa kontaktlar prujinalari yo’lini cheklaydi va bu bilan “uch karralik” (ya’ni uchta kontaktlik) tutashishni oldi olinadi.

Rele kontakt tizimining ko’rsatkichlari: kontaktlar oralig’i 1,3 mm dan kam bo’lmasligi, ro’para kontaktlarga 0,306 N dan, orqa kontaktlarga 0,153 N dan kam bo’lmagan kontakt bosimiga, o’tish qarshiligi ro’para kontaktlarda 0,3 Om dan, orqa kontaktlarga 0,03 Om dan ortiq bo’lmasligi kerak. Kontaktlar, davomli 3 A tok o’tishini va 6 A tokda nosozlik bo’lmasligini ta’minlashlari zarur. O’zgarmas tok zanjirida 50 mA tok va 24 V kuchlanish bo’lganida rele kontaktlari 3106 ulanishni ta’minlashlari kerak. Relening tutashtirishni mexanik imkoniyati 107 kam bo’lmasligi kerak.


Kontakt to’plamiga ko’ra, oltita qayta ulaydigan va 2 ta ro’para kontaktga ega (РЭЛ 1, БН1) va to’rtta qayta ulaydigan kontaktga ega (РЭЛ 2, БН2) relelar ishlab chiqariladi. Relelarning g’altaklari alohida, parallel va ketma-ket ulanishlari mumkin.

Bunga bog’liq bo’lmagan ravishda, magnit oqim, yarmoni gorizontal qismidan o’tmasdan, 1.4, b-rasmda nuqta-shtrix chiziq bilan ko’rsatilgan kontur orqali tutashadi. Relening magnit o’tkazgichi va yuklari 20864 navli po’latdan, g’altak-larning karkasi – plastmassa yoki misdan tayyorlanadi. Misdan qilingan karkas, sekin ishlovchi relelarda qo’llanadi.





1.4-rasm. РЭЛ relesi

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling