5 – rasm. Deflegmatorlar: a – zoldirli,
b – archasimon, c- nasadkali
6 – rasm. Sovitgichlar: a – havo sovitgichli,
b – Libix sovitgichi c–sharsimon qaytar, d
– ichki sovitgich nayi spiralsimon, e – suv
yo’li spiralsimon
Qaytar sovitgichdagi suv oqimi sovitgichning ulanadigan qismidan yuqoriga qaratilgan,
yani kondensatga qarshi bo’lishi kerak.
Тo’g’ri sovitgichlar aralashmalarni bir−biridan ajratish, erituvchilarni haydash, moddalarni
haydash bilan tozalash kabi maqsadlarda qo’llaniladi. Bunda sovitgichda haydalayotgan modda
nishabi pastga tushadigan qilib ulanishi kerak. Eng ko’p ishlatiladigan sovitgich Libix
sovitgichidir.
Sovitgichlar bilan yasaladigan laboratoriya qurilmalarini yig’ishda ulardagi temir
qisqichlarda elastik qistirmalar bo’lishi lozim. Qurilmalarni shtativlarga o’rnatishda juda ehtiyot
bo’lish shart. Aralashtirgichlar, deflegmatorlar va boshqa shisha asboblar qatiy vertikal holatda
o’rnatilishi kerak.
Nazоrat uchun savоl va tоpshiriqlar:
1. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan idishlar, asboblarga nimalar kiradi?
2. Sovitgichlar va deflegmatorlar turlarini aytib bering.
2. Haydash kolbalarini turlarini aytib bering.
ARALASHMALARNI AJRATISH USULLARI. IFLOSLANGAN VA ERIYDIGAN TUZ
NA’MUNASINI TOZALASH.
Maqsad: Suvda eruvchan qattiq moddalarni suvda erimaydigan qo'shimchalardan tozalash
usullari bilan tanishish.Filtr qog'ozi yordamida voronka tayyorlash, suyuqliklarni filtrlash v
a eritmani bug'latish yo'li bilan tuz ajratib olishga oid malaka hosil qilish. O'quvchilarga asboblar
bilan ishlash qoidalarini o'rgatish va ularda boshlangan ishni oxiriga yetkazish ko'nikmala
rini hosilqilish.
Jihozlar: probirkalar, chinni kosacha, shisha tayoqcha, voronka, filtr qog'ozi,
qaychi, quruq yoqilg'i, laboratoriya shtativi.
Do'stlaringiz bilan baham: |