4-tajriba. Kuchsiz elektrolitlarning hosil bo‘lishi.
a) Toza probirka olib, unga 2ml NH4Cl eritmasidan va ustiga 2 ml KOH eritmasidan soling. Probirkani bir oz qizdiring. Gaz ajralib chiqishiga e’tibor bering. Probirka og‘ziga ho‘llangan universal indikatori qog‘ozini tuting. Nima kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing va kuzatilgan hodisani izohlang.
b) Bir probirkaga 1 ml natriy atsetat eritmasidan quying, uning ustiga 2 N li HCl eritmasidan 1 ml quying. Sirka kislotaning hosil bo‘lishini tushuntiring va tegishli reaksiya tenglamalarini ionli va molekulyar ko‘rinishda yozing.
LABORATORIYA ISHI №2
MAVZU:Iion almashinish reaksiyalarida muvozanat
Ishning maqsadi: Ion almashinish reaksiyalarini o‘rganish.
Vazifa: Suvning ion ko‘paytmasi, neytrallanish reaksiyalari, bufer eritmalar, eruvchanlik ko‘paytmasi, gidratlar hosil bo‘lishi haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ling.
1 – tajriba: Qiyin eriydigan moddalar hosil qiluvchi reaksiyalar.
a) 3 ta probirka olib, biriga Na2SO4 eritmasidan, ikkinchisiga ZnSO4 eritmasidan va uchinchisiga (NH4)2SO4 eritmasidan 2 – 3 ml dan quying. Har qaysi probirkaga xuddi shunday hajmda bariy xlorid eritmasidan qo‘shing. Uchala probirkada bariy sulfat cho‘kmasining hosil bo‘lishini kuzating. Reaksiyaning molekulyar tenglamalarini va bitta umumiy ionli tenglamasini yozing.
b) Laboratoriyadagi mavjud reaktivlardan foydalanib,
Fe3+ + 3OH- = Fe(OH)3
Ionli tenglama bilan ifodalanadigan reaksiyani o‘tkazing. Reaksiyaning molekulyar tenglamasini yozing. Fe(OH)3 cho‘kmasini 2 (v) – tajriba uchun sqalab qo‘ying.
v) (Tajriba mo‘rili shkafda o‘tkaziladi).
2 ta probirka olib, biriga kadmiy sulfat eritmasidan va ikkinchisiga mis sulfat eritmasidan 2 – 3 ml quying. Har bir probirkaga vodorod sulьfidli suv soling. Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing, hosil bo‘lgan sulьfidlarning formulasi tagida ularning rangini ko‘rsating. Tajribadan keyin probirkalarni tozalab yuving.
Do'stlaringiz bilan baham: |