Laboratoriya ishi №1 mavzu: Elektrolitik dissotsialanish. Dissotsialanish mexanizmi


Download 242.57 Kb.
bet9/11
Sana11.11.2023
Hajmi242.57 Kb.
#1766825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
LABORATORIYA ISHILAR (1)

Tajriba natijalarini yozish. Kuzatilgan holisalarni bayonini yozing va savollarga javob bering.
Rux-temir va qalay-temir juftlarida temirni zanglashidagi elektronlar o‘tish sxemasini yozing. Qaysi holatda himoya qatlami yemirilib temir zanglanadi?
Quyidagi juftliklarda zanglash jarayonida qaysi metal birinchi bo‘lib yemiriladi? Alyuminiy-mis, mis-nikel, temir-nikel.
2-tajriba. a) Mis-rux elementini tuzish
Ishning bajarilishi: Quyidagi rasmdagi mikrostakanchalardan birini 1M rux sulfat eritmasi (aniqrog‘i metal ionlarining faolligi birga teng bo‘lgan eritma), ikkinchisi - 1M mis sulfat eritmasi bilan to‘ldiring. Ikkala stakanchani chuqurchasi bo‘lgan taglikga joylashtiring. To‘yingan kaliy xlorid va agar-agar eritmalari aralashmasi bilan to‘ldirilgan shisha naycha-ko‘prik bilan ikkala stakanchalarni birlashtiring. Rux sulfat eritmasiga rux plastinkasini, mis sulfat eritmasiga mis plastinkasini tushiring. Plastinkalarni Galvanometrga ulang va uning strelkasini og‘ishini kuzating.



Galvanik element: 1-mikrostakanchalar, 2-taglik, 3-elektrolit ko‘prik,
4-galvanometr.



Elektrod Zn2+//Zn va Cu2+//Cu larning normal elektrod potensiallari farqi natijasida elektr toki xosil bo‘ladi.


Tajriba natijalarini yozish: Rux va mis elektrodlarida metal -uning eritmasi chegarasidagi ikkilamchi elektr qatlamni ifodalang. Ular bir-biridan nima baln farq qiladi? Galvanik element elektrodlarida sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiya tenglamalarini va ushbu elementda elektr tokini hosil qiluvchi kimyoviy reaksiyaning umumiy tenglamasini yozing. Tashqi zanjirda elektronlar qaysi yo‘nalishda xarakatlanadi? Ilovadagi jadvaldan mis-rux elementining standart elektrod potensiallarini toping va uni elektr yurituvchi kuchi(EYUK)ni hisoblang. Yeritmada qaysi ionlar, qanday yo‘nalishda xarakatlanadi?

Download 242.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling