4 – tajriba: Eritmaning pH ini indikator yordamida aniqlash.
a) 4 ta probirka olib, biriga 0,1 N li xlorid kislotadan 1 ml, ikkinchisiga 0,1 N l sirka kislotadan 1 ml, uchinchisiga 0,1 N li ammoniy gidroksiddan 1 ml va to‘rtinchisiga 1 ml vodoprovod suvidan quyib, har biriga 1 – 2 tomchi universal indikator eritmasidan tomizing va asta – sekin chayqating. Hosil bo‘lgan eritmalar rangining pH – etalon rangiga solishtirib, eritmaning muhitini aniqlang. Agar universal indikator qog‘ozidan foydalansangiz, shisha tayoqchani eritmaga tekizib olib, indikator qog‘ozi ustig tomiziladi, hosil bo‘lgan rangni etalon rangi bilan solishtiring. Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yozing:
№
|
Eritmalar
|
Indikator rangi
|
pH
|
1.
|
Xlorid kislota
|
|
|
2.
|
Sirka kislota
|
|
|
3.
|
Ammiak eritmasi
|
|
|
4.
|
Vodoprovod suvi
|
|
|
Qaysi moddalar kuchli elektrolitlar jumlasiga kiradi? Hamma kislotalar uchun pH kattaligi bir xilmi? Sirka kislota, ammaoniy xlorid eritmalariga natriy atsetatning quruq tuzidan solinganida pH o‘zgaradimi?
b) Probirkaga rux sulfat eritmasidan 1 ml quyib, unng ustiga NaOH eritmasidan tomchilatib qo‘shing. Biroz vaqt o‘tganidan keyin hosil bo‘lgan oq cho‘kmani 2 ga bo‘lib, birinchisiga xlorid kislotadan mo‘lroq qo‘shing, ikkinchisiga esa natriy gidroksididan quying. Ikkala holda ham cho‘kma erib ketadi. Nima uchun? Reaksiya tenglamasini yozing. Amfoter gidroksidlarga misollar keltiring va ularning xossalarini tushuntiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |