Laboratoriya ishi №1 mavzu: elektrometallurgiyada xavfsizlik texnikasi ishning maqsadi


Download 31 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi31 Kb.
#140946
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI-1


LABORATORIYA ISHI № 1

MAVZU: ELEKTROMETALLURGIYADA XAVFSIZLIK TEXNIKASI

Ishning maqsadi: Laboratoriyada ishlash qoidalari haqidagi nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash.

Laboratoriyada ishlash tartibi

Nazariy elektrokimyo fanidan laboratoriya ishlarini o‘tkazgan talabalar fizik-kimyoviy eksperiment asoslarini, texnikasini va kelgusida boshqa laboratoriyada ishlashni o‘zlashtirib oladilar. Shu sabab laboratoriyada ish boshlashdan oldin talabalar tajriba tartibini o‘zlashtirishlari kerak.

1. Laboratoriyada ish boshlashdan oldin o‘quvchilar toza xalat kiyib, qo‘llanmadan foydalanib tajribani bajarish uslubi bilan tanishib chiqishlari kerak;

2. Laboratoriya xonasida ishlash vaqtida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish zarur;

3. Ish vaqtida tartibni saqlash, ish joyida va laboratoriya xonasida tozalikka rioya qilish shart;

4. Ish joyini keraksiz narsalar (sumka, idish, keraksiz uskunalar va b.) bilan qalashtirib yubormaslik kerak;

5. Kimyoviy reaktivlarni idishlarda toza holda saqlash lozim, reaktivli idishlarni og‘zini ochiq qoldirish ma’n etiladi. Ishlatilgandan so‘ng reaktivli idishlarni yopib, shtativdagi o‘z joyiga qo‘yish kerak;

6. Gaz va tutun ajralib chiqishiga aloqador reaksiyalar mo‘rili shkafda olib borilishi shart;

7. Reaktivlarni gaz, suv va elektr energiyasini tejab ishlatish kerak;

8. Ishlatilgan ishqor, kislota, simob birikmalari va boshqa zaharli moddalarni kanalizatsiyaga oqizish ma’n etiladi. Ular alohida ajratilgan idishga yig‘iladi;

9. Qizdrish bilan bog‘liq tajribalarni bajarishda yaxshi sozlangan, ko‘kish alanga beradigan gaz gorelkalaridan foydalanish mumkin;

10. Imkoni boricha ish vaqtini tejash lozim. Agar uzoqqa cho‘ziladigan operatsiyalar bo‘lsa (bug‘latish, qizdirish, filtirlash kabi) ularni boshqa operatsiyalar bilan birga olib borish kerak;

11. Tajriba tugashi bilan idishlarni yuvish, ish joyini tozalash va laboratoriyani tartibga keltirish zarur. Elektr energiyasini, gaz va suvni o‘chirish kerak.

Laboratoriya jurnalini yuritish tartibi

Laboratoriya jurnalini yuqorida ko‘rsatilgan shaklda tutish, unga sifatli, qisqa yozish kerak. Hamma yozuvlarni mashg‘ulot paytida laboratoriya jurnaliga yozish shart emas. Tajribani bajarayotganda quyidagi formada yozish maslahat beriladi:

1. Tajribaning nomi;

2. Tajribaning bajarilish ketma-ketligi;

3. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamalari, laboratoriya ishidan maqsad, bajarilish sharoiti, reaksiyaning samaradorligi va h.

Tajriba ishlarini bajarishda xavfsizlik texnikasi

Laboratoriya tajribalarini boshlashdan oldin talabalar xavfsizlik texnikasiga doir yo‘l-yo‘riqlar bilan tanishgan bo‘lishlari shart:

1. Konsentrlangan kislota, ishqor va xrom aralashmalari bilan ishlayotganda qo‘lga va kiyimga tegishdan ehtiyot bo‘lish zarur;

2. Konsentrlangan sulfat kislotani suyultirayotganda kislotani oz-ozdan suvga quyish kerak, lekin kislotani suvga quyib bo‘lmaydi. Chunki konsentrlangan sulfat kislota suvga qo‘shilganda katta miqdorda issiqlik chiqadi va kislota sachrab ketishi mumkin;

3. Ko‘p miqdordagi konsentrlangan kislotani bir idishdan ikkinchisiga qo‘yayotganda rezina qo‘lqop, fartuk, etik kiyish va himoya ko‘zoynagi taqish kerak;

4. Konsentrlangan kislota, ishqorlarni va ammiak eritmasini pipetka orqali olinayotganda og‘iz bilan so‘rish mumkin emas;

5. Qattiq yirik moddalarni pintset yoki qisqichlar bilan, maydalanganini esa chinni qoshiqda olish kerak;

6. Zaharli moddalar, masalan, bariy, qo‘rg‘oshin, mishyak, sianidlar bilan ishlaganda ular organizmga tushmasligi uchun ehtiyot choralarini ko‘rish lozim;

7. Laboratoriya xonalarida ovqatlanish qat’iyan ma’n etiladi, ishdan keyin qo‘lni tozalab yuvib, so‘ngra boshqa xonada ovqatlanish zarur;

8. Laboratoriya xonasida yonuvchi va portlovchi moddalarni saqlash va ular yaqinida alanga, elektr asboblari (pech, quritish shkaflari va b.) bilan ishlash ta’qiqlanadi.

Laboratoriyada ishlaydigan har bir kishi baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda birinchi yordam ko‘rsatishni bilishi kerak. Laboratoriya sharoitida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik turli baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Masalan, organizm turli darajada kuyishi mumkin.

Birinchi darajali kuyishda teri qizaradi. Bunda kuygan joyga 90-95% li etil spirtga bo‘ktirilgan paxta bosiladi.

Ikkinchi darajali kuygan terida pufaklar hosil bo‘ladi. Bu holda terini avvalo 90-95 % li etil spirt yoki 5 % li KMnO4 bilan so‘ngra, mo‘l suv bilan yuvib tashlash kerak.

Uchinchi darajali kuyganda teri emiriladi. Bunda shikatslangan joyni toza bog‘lagich bilan bog‘lab, tibbiyot bo‘limiga yoki shifoxonaga borish lozim.

Teri konsentrlangan sulfat kislotada kuygan bo‘lsa, atsa-sekin quruq doka bilan artiladi, shundan so‘ng yaxshilab suv bilan va 3% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yuviladi. Agar ko‘zga reaktiv tushgan bo‘lsa, darhol vodoprovod suvi bilan yaxshilab yuvish, so‘ngra tezda tibbiyot bo‘limiga borish kerak. Teri suyultirilgan kislota yoki ishqordan kuyganda mo‘l suv bilan yuvish kerak. SHundan keyin kislotadan kuyganda 1% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan, ishqorda kuygan bo‘lsa sirka kislotasi eritmasi bilan yuviladi. Agar og‘iz va lab kislotadan kuygan bo‘lsa, u holda bu organlarni o‘simlik moyining suvli suspenziyasi yoki MgO bilan chayish kerak. Og‘iz va lab ishqordan yoki ammoniy gidratdan kuygan bo‘lsa, u holda sirka kislota yoki limon kislotaning 1% li eritmasi bilan chayish lozim.

Ammiak bilan zaharlanganda jabrlangan kishiga limon kislota yoki sirka kislota eritmasi qo‘shilgan ko‘p miqdordagi suv ichirish kerak. So‘ngra bemorni qusishga majbur qilish lozim, shundan so‘ng o‘simlik moyi, tuxum oqsili yoki sut ichirish tavsiya etiladi. Agar badanning biror joyi tasodifan kesib olinsa, u holda o‘sha erni yodli spirt eritmasi yoki 5% li vodorod peroksid bilan yuvib, bog‘lash kerak. Agar jarohat katta bo‘lsa, u holda tibbiyot bo‘limiga borish zarur.



Yong‘inga qarshi xavfsizlik

Agar laboratoriyada yong‘in chiqsa, u holda tezda gazli, elektr uskunalarini o‘chirib, xonadagi barcha yonadigan va portlovchi moddalarni olib chiqish kerak. Olovni o‘t o‘chirgich bilan yoki qum sepib yoxud asbest sholcha yopib o‘chirish lozim. Agar yong‘in kattalashsa tezda o‘chirish komandasini chaqirish zarur.
Download 31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling