Laboratoriya ishi №1 mavzu: metallar va ular qotishmalarining kristallanish jarayonini o’rganish. Mashg’ulot rejasi


Download 496.5 Kb.
bet1/2
Sana08.04.2023
Hajmi496.5 Kb.
#1341190
  1   2
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI №1


LABORATORIYA ISHI №1
MAVZU: METALLAR VA ULAR QOTISHMALARINING KRISTALLANISH JARAYONINI O’RGANISH.
Mashg’ulot rejasi: Metall va qotishmalarning kristallanish mexanizmi bilan tanishish.
Mashg’ulot maqsadi. Qolipga quyilgan metall yoki uning qotishmalarini
sovib borishida kristallanish jarayonining borishini tuz eritmalari yordamida kuzatishni o‘rganish, shu asosda donalar o‘lchamini, tabiatini va donalar shaklini o’rganish.
Tayanch iboralar: Qotishma, kristallanish, probirka, dendrit, mikroskop, “tug’ma” kristall
Kerakli jihozlar: Eritmalar sifatida osh tuzi (NaCl), qo‘rg‘oshin nitrati Pb(N03)2, ammoniy xlorid (NH4C1), sariq kon tuzi K4[Fe(CN)6], qizil kon tuzi K3[Fe(CN)6] va boshqalarning suvdagi eritmalaridan, ularni tayyorlashda probirka, spirt lampasidan, eritma tomchisini biologik mikroskop stolidagi oynaga tomizishda, tomizgichdan, tomchi diametrini o‘lchashda chizg’ichdan, kristallanishni kuzatish uchun biologik mikroskopdan foydalaniladi.
Umumiy ma`lumot. Ma’lumki, metall va uning qotishmalari sharoit o`zgarganida kichik erkin energiyali barqaror holatga o‘tishga intiladi va shunga ko‘ra ular gaz, suyuq va qattiq holda bo‘ladi.
Metallarning suyuq holatdan qattiq holatga o‘tish jarayonini kuzatish shuni ko‘rsatdiki, qolipdagi suyuq metall temperaturasi ma’lum darajaga pasayganda unda mayda kristallanish markazlari hosil bo‘la boshlab, ulardan kristallar o‘sa boradi. Metallarning vaqt birligida sovishidagi kristallanish jarayonida hosil bo‘layotgan kristallanish markazlaridan kristallarning o‘sish sxemasi 1-rasmda keltirilgan.



1-rasm. Metallar kristallanishida donalarning hosil bo‘lish sxemasi.


Metallarning o‘ta sovish darajasi bilan «tug‘ma», barqaror kristallanish markazlar soni va kristallarning o‘sish tezligi orasida ma’lum bog‘lanish bor (2-rasm).



2-rasm. Kristallanish markazlari soni va kristallarning chiziqli o‘sish tezligining o‘ta sovish darajasiga qarab o‘zgarish grafigi.


Sxemadan ko‘rinadiki, hosil bo‘lgan har qaysi kristallanish markazlaridan to‘g‘ri shaklli, turli tomonga yo‘nalgan kristallar o‘sa boradi. Bu kristallarning sirtlari shunga bo‘lak kristallar bilan to‘qnashganlarida ularning sirt qiyofalari buziladi. Bu hosil bo‘lgan kristallar majmuasiga kristallitlar yoki donalar deyiladi. Kristallanishning borish tezligi metallning tozaligiga, suyuqlanish temperaturasiga o‘ta sovish darajasiga va hokazolarga bog‘liq. Tuz eritmalarining kristallanish jarayonini kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, ularda ham kristallanish metallardagi singari ekan. Shu sababli laboratoriya ishida metallarning kristallanish jarayonini tuz eritmalari misolida o’rganamiz.





3-rasm. Biologik mikroskopni umumiy ko’rinishi (a) va optik sxemasi (b).





Download 496.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling