Laboratoriya ishi №1 mavzu: metallar va ular qotishmalarining kristallanish jarayonini o’rganish. Mashg’ulot rejasi


Download 496.5 Kb.
bet2/2
Sana08.04.2023
Hajmi496.5 Kb.
#1341190
1   2
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI №1

Tuz eritmasini tayyorlash.
Buning uchun osh tuzi yoki boshqa tuzdan bir necha gramm olib, uni probirkadagi 70–80°C gacha qizdirilgan suvga solib, o‘ta to‘yingan eritma hosil qilinadi.


Biologik mikroskopning tuzilishi va uni ishga rostlash.
3- a) rasmdan ko‘rinadiki, uning taglik plitasi 1 ga kolonna 3 sharnir 2 bilan biriktirilgan. Sharnir esa kolonnani zaruriyatga ko‘ra kerakli burchakka burishga imkon beradi. Kolonnaga tubus 7 va yorug‘lik nurini ob’ektiv 8 ga yo‘naltiruvchi oyna 12 o‘rnatilgan. Tubusning yuqorisiga okulyar 6 kiydirilgan, pastiga esa ob’ektiv 8 burab mahkamlangan. Mikroskopni uning stoli 9 ga o‘rnatilgan oynaga 10 tomizilgan tuz eritmasiga qarab, avvalga vint 5 ni burab tubusni yuqoriga yoki pastga tushirish bilan xomaki, keyin esa mikrovint 4 ni burab uzil-kesil rostlanadi.


Ishni bajarish tartibi:
1. Probirkadagi eritmadan ozginasini tomizgichga olib, undan bir tomchini stoga o‘rnatilgan sirlanmagan toza oyna sirtiga tomiziladi.
2. Okulyar orqali tomchiga qarab, mikroskopni kuzatishga rostlanadi.
3. Eritmaning vaqt birligida kristallanish jarayonining borishini kuzatib, ko‘rilayotgan manzarani 1-jadvalning tegishli ustuniga tushiramiz. Ma’lumki, tomchi chekka qismining o‘zak qismiga qaraganda tezroq sovishi sababli u yerda «tug‘ma» kristallanish markazlari ko‘proq hosil bo‘ladi, bu markazlardan kristallanish jarayoni metallardagi singari boshlanib, ikkinchi shunday markazlardan o‘sayotgan kristallar bilan to‘qnashgunlarigacha o‘sa boradi. Qachonki, ular bir-biri bilan to’qnashganlarida kristallanish qarshilik yo‘q tomonga qarab boradi. Shu tartibda kristallanish eritma to‘la qotguncha davom etib, turli tomonga yo‘nalgan teng o‘qli mayda donlardan tashkil topgan yupqa qatlamli kristallar hosil bo‘ladi. Bu zona qalinligi eritma xiliga, to’yinganlik darajasiga, tomchi o’lchamiga va sovish tezligiga bog‘liq. Bu zonadan o‘zak tomon tomchining sovish tezligi pasayishi sababli hosil bo‘ladigan «tug‘ma» markazlar kam bo‘ladi. Buning oqibatida birinchi zonaga tik ravishda cho‘zilgan — cho‘zinchoq kristallar qatlami hosil bo‘ladi. Shuni qayd etish lozimki, donlar o’lchami faqatgina hosil bo‘lgan «tug‘ma» kristallanish markazlarga bog‘liq bo‘lib qolmay, balki metallda erimay qolgan oksidlar, nitridlar, sulfidlar va boshqa qo‘shimchalar miqdoriga ham bog‘liq.
Po‘lat quymalarning kristallanish jarayonini kuzatish ko‘rsatadiki, qolipga quyilgan metall uning sovuq devorlariga tegishida o‘ta sovib, ko‘p «tug‘ma» kristallanish markazlar hosil bo‘lishi sababli, uning sirtida mayda donli, teng o‘qli kristallar zonasi hosil bo‘ladi. Bu davrda metallning kirishishi va metall qolipning qizib kengayishi oqibatida ular orasida xavo bo’shliq hosil bo‘ladi. Natijada metallning sovish tezligi pasayadi. Buning oqibatida quyma markaziga qarab cho‘zilgan kristallar zonasi hosil bo‘ladi va kristallanish pirovardida yuqoridagi sabablarga ko‘ra, yirik donli zona hosil bo‘ladi. Ma’lumki, suyuq metallda erimagan gazlar tufayli gaz g‘ovaklari, kimyoviy tarkib notekisliklari ham bo‘ladi. 4-rasmda sxematik tarzida qaynamaydigan po‘lat quymasining bo‘ylama va ko‘ndalang kesimi qirqimi va unda hosil bo‘lgan kristallar zonalari, kirishuv bo‘shliqlari va gaz g’ovaklari ko‘rsatilgan. Metallarda tuz eritmalardan farqli ravishda oz bo‘lsa ham begona qo‘shimchalar, erigan gazlar va boshqalar bo‘lishi quyma xossasiga putur yetkazadi. Umumiy holda, birlik hajmdagi donalar sonini quyidagicha ifodalash mumkin:

Bu yerda: f - mutanosiblik koeffitsienti;
K.T. - kristallarning chiziqli o‘sish tezligi, mm/sek.
M.C.- vaqt birligida hajmda hosil bo‘lgan kristallanish markazlari soni, mm3/s



4-rasm. Quyma po`latni bo`ylama va ko`ndalang kesim yuzi sxemasi:


1-teng o`qli mayda kristallar zonasi; 2-cho`zinchoq yirik kristallar zonasi;
3-teng o`qli yirik kristallar zonasi; 4-kirishuv bo`shlig`i; 5-gaz g`ovaklari.

Kristallanish jarayoni qonuniyatlarini o‘rganish, uni ijobiy tomonga yo‘naltirishga imkon beradi. Bu qonuniyatga ko‘ra, suyuq metallga ozgina miqdorda magniy, seriy va boshqa element kukunlarini qo‘shish bilan mayda donli, yuqori sifatli modifitsirlangan quymalar olinadi. Modifikatorlar ta’sirini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, ularning ba’zilari qo‘shimcha kristallanish markazlari hosil qilsa, boshqalari suyuq metallda erib kristallar sirtiga yupqa parda berib o‘sishiga to‘siq bo‘lib, mayda donli qotishmalar olishga ko‘maklashadi. Agar kuzatilgan tuz eritmasi tuzilishining qaynamaydigan sifatli quyma tuzilishiga taqqoslasak, ularning o‘xshashligiga ishonch hosil etamiz. 1-jadval tuz eritmalarining birlamchi kristallanish jarayonini kuzatish natijalari bilan to‘ldiriladi.


1-jadval



Tartib raqami

Tuz
eritmasining nomi

Kuzatilgan
kattalik

Kuzatilgan
manzara

Xulosalar


















Hisobotni yozish tartibi:
Laboratoriya ishi nomeri va mavzusi, ishning maqsadi, nazariy ma’lumotlar, kristallanish jarayonining sxemasi, tuz eritmalarining birlamchi kristallanish jarayonining kuzatish natijalarini 1-jadvalga to‘ldirish, xulosa va adabiyotlar ro`yxatini tuzishdan iborat.
Download 496.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling