Laboratoriya ishi-1
Mavzu: Yorug‘likning yassi ko‘zgudan qaytishi. Maqsad
Download 291.17 Kb.
|
Fizika laboratoriyalari(08.01.2023)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi
Mavzu: Yorug‘likning yassi ko‘zgudan qaytishi.
Maqsad: yassi ko‘zgu yordamida yorug‘liknung qaytishini o‘rganish. Kerakli jihozlar: ko‘zgu, yorug‘lik manbai, tirqishli tekislik, to‘siq, transporter, qog̵‘oz va qaalam. Ishni bajarish tartibi1.Yorug‘lik manbai qarshisiga tirqishli tekislik to‘siqni va oq qog‘ozni qo‘ying. Oq qog‘oz ustiga yassi ko‘zguni 5.24 a-rasmda ko‘rsatilgandek joylashtiring. 2. S yorug‘lik manbaidan tirqishga tomon qarab yorug‘lik nurini yo‘naltiring. Qog‘oz sirtida nur yo‘lini kuzating. 3.Yorug‘lik nuri ko‘zgudan qaytgan joyni aniqlang va uni qalam bilan belgilab oling. 4.Ko‘zguga tushayotgan nur va ko‘zgudan qaytgan nur yo‘lida bir nechta nuqtalarni belgilab oling. So‘ng bu nuqtalarni tutashtirib, nur yo‘lini chizing. P 5.Ko‘zguga tushayotgan nurni A, nurning tushish nuqtasini B, qaytgan yorug‘lik nurini C deb belgilang. Nur tushgan (B)nuqtaga, ya’ni ko‘zgu tekisligiga perpendikulyar o‘tkazing (5.24 b-rasm). 6.Transportir yordamida nurning tushish burchagi va qaytish burchagini o‘lchang. 7.Ko‘zguga tushayotgan nurning tushish burchagini o‘zgartirib, tajribani takrorlang (5.24 c-rasm). O‘tkazilgan tajribalar asosida o‘z xulosangizni yozing. 10-sinf LABORATORIYA ISHI-1 Mavzu: Qiya tekislikda foydali ish koeffitsiyentini aniqlash. Ishning maqsadi: qiya tekislik va undan nima maqsadda foydalanishni oʻrganish. Qiya tekislikda jismni koʻtarishda bajariladigan foydali va toʻla ishlarni hamda qiya tekislikning foydali ish koeffisiyenti haqidagi bilimlarni mustahkamlash. Xatoliklarni hisoblash ko’nikmasini shakllantirish. Kerakli asboblar va materiallar: uzun yupqa taxta, qisqichli shtativ, yog’och brusok, chizg’ich, yuklar to’plami, dinamometr. Ishni bajarish tartibiYupqa taxta shtativga mahkamlanadi. So’ng qiya tekislik uzunligi (l) va balandligi (h) chizgʻich yordamida oʻlchab olinadi (1.36-rasm). Dinamometr yordamida yogʻoch brusokning ogʻirligi P aniqlab olinadi (1.37-rasm). Brusokni qiya tekislikka qoʻyib, uni dinamometr yordamida qiya tekislik boʻylab F kuch bilan bir tekisda tortamiz (1.38-rasm). 𝐴𝑡=Fl = formulasi yordamida toʻla, 𝐴𝑓= Ph formulasi yordamida esa foydali ishlar hisoblanadi. 𝐴𝑡 μ= 100% ifoda yordamida qiya tekislikning foydali ish koeffitsiyenti hisoblanadi. 𝐴𝑓
Download 291.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling