QATTIQ JISMLARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG’IMINI ANIQLASH
Kerakli jihozlar: kalorimetr, tarozi, tarozi toshlari, termometr, solishtirma sig‘imi aniqlanadigan 3 ta jism, qaynoq suv.
Ishni bajarish tartibi
Kalorimetr pasportidan uning aralashtirgich bilan birgalikdagi issiqlik sig‘imi Ck ni yozib oling.
Menzurka yordamida suv hajmi V ni o‘lchab, uni kalorimetming ichki idisliiga quying va issiqlik muvozanati qaror topgandan keyin uning temperaturasi ts ni termometr yordamida o‘lchang.
Kalorimetrga quyilgan suv massasini ms = ps V formuladan foydalanib hisoblang. Bunda ps — suvning zichligi.
Solishtirma issiqlik sig‘imi aniqlanayotgan jismning massasi ms ni tarozi yordamida o‘lchang.
Jismni ipga bog‘lab, qaynab turgan suvga solib qo‘ying. Jism va suv o‘rtasida issiqlik muvozanati qaror topgandagi jismning temperaturasi ts ni yozib oling. Bunda ts = 100°C deb olish mumkin. Jismni tezlikbilan sovuq suv solingan kalorimetrga botiring.
Qaynab turgan suvdan olingan jismni tezlik bilan sovuq suv solingan kalorimetrga botiring. Aralashtirgich bilan kalorimetrdagi suvni aralashtiring va termometr ko‘rsatgan aralashmaning ta temperaturasini yozib oling.
Jismning solishtirma issiqlik sig‘imini aniqlang:
Massalari turlicha, lekin xuddi shunday moddadan yasalgan yana ikkita jismning solishtirma issiqlik sig‘imini yuqorida keltirilgan tartibda aniqlang.
Birinclii, ikkinchi va uchinchi jismlar uchun aniqlangan solishtirma issiqlik sig‘imlari uchun o‘rtacha Cj ni hisoblang.
10. Olingan natijalami 3- jadvalga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |