Laboratoriya ishi-1
Download 291.17 Kb.
|
Fizika laboratoriyalari(08.01.2023)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Laboratoriya ishi Mavzu
Ishning natijalari:
Xulosa: Bahosi: ___________ Tekshirdi:_________________________ Laboratoriya Ishi. Mavzu: Om qonunini o’rganish. Ishning maqsadi: o’tkazgich uchlaridagi kuchlanish va undan o’tayotgan tok kuchini o’lchash hamda Om qonuniga ko’ra o’tkazgich qarshiligini aniqlashni o’rganish. Kerakli jihozlar: tok manbai, milliampermetr, voltmetr, registor, kalit va ulovchi simlar. Ishni bajirish tartibi: Tok manbai, iste’molchi – rezistor, milliampermetr, voltmetr va kalitdan iborat elektr sxema asosida zanjirni yig’ing. Kalitni ochiq qoldiring. Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beruvchi murvati 4 V holatiga qo’yiladi. Kalit ulanadi. Rezistordan o’tayotgan tok kuchi milliampermetr va uning uchlaridagi kuchlanish voltmetr yordamida o’lchanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi. Kalit uziladi. Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beruvchi murvatini 6 V holatiga qo’yib, tajriba takrorlanadi. Olingan natijalar jadvalga qayd qilinadi. So’ngra kalit uziladi. Laboratoriya ishi Mavzu: Elektr zanjirni yig’ish, uning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o’lchash. Ishning maqsadi: elektr zanjirini yig’ishni hamda zanjirning turli qismlaridagi tok kuchi va kuchlanishni o’lchashni o’rganish.Kerakli jihozlar: tok manbai, ampermetr, voltmetr, ikkita lampochka, kaliy va o’tkazgichlar. || Ishni bajarish tartibi: Tok manbai, ampermetr, voltmetr, lampochkalar va kalitdan iborat zanjirni yig;ing. Bunda voltmetr birinchi lampochkaning uchlariga ulanadi. Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beradigan murvatini 4 V holatiga qo’ying. Kalitni ulang. Zanjirga ulangan ikkala lampochka ham yonadi, ampermetr va voltmetr ko’rsatishini qayd qiling. Ularning qiymatlarini jadvalga yozing. Izoh: voltmetr birinchi lampochka uchlaridagi kuchlanishni o’lchaydi. Kalitni ulang. Voltmetr klemmarini ikkinchi lampochkaning uchlariga ulang. Kalitni ulang. Bunda lampochkalar yonadi, ampermetr va voltmetr ko’rsatishini qayd qiling. Ularning qiymatlarini jadvalga yozing. Izoh: voltmetr ikkinchi lampochka uchlaridagi kuchlanishni o’lchaydi. Kalitni uzing. Tok manbaining iste’molchilarga kuchlanish beradigan murvatini 6 V holatiga qo’ying. Tajribani yuqorida 3-, 4-, 5- bandda keltirilgandek tayyorlang. Tajriba natijarini tahlil qiling va xulosa chiqaring.
Download 291.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling