Laboratoriya ishi №11. Mavzu: Asfaltbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorlash


Download 362.33 Kb.
Pdf ko'rish
Sana23.03.2023
Hajmi362.33 Kb.
#1288752
Bog'liq
11- Asfaltbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorlash



Laboratoriya ishi № 11. 
 
 Mavzu: Asfaltbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorlash. 
 
Zaruriy jixozlar: 
 
 
Laboratoriya qorishtirgichi, bitum uchun idish,
qozoncha, kurakcha, termometr, elektr plitka, 
namuna tayyorlanadigan qoliplar, mashina 
moyi, shtangen sirkul, gidravlik press. 
 
Ish tartibi 
Chaqiqtosh, qum va mineral kukunlar quritilgan bo‘lishi hamda bitum
qizdirib suvsizlantirilgan bo‘lishi lozim. Loyihalangan tarkibda va miqdorda 
olingan mineral to‘ldiruvchi (material)lar qozonchaga solib isitiladi va talab 
qilingan miqdordagi bitum ma’lum haroratgacha qizdirilgan holda qo‘shiladi. 
Mineral to‘ldiruvchilar qorishmasi bitum bilan aralashtiriladi, bir xil rangdagi qora 
massa hosil bo‘lgandan keyin ushbu qorishmadan namunalar tayyorlanadi.
Agar qorishma takibidagi chaqiqtosh miqdori 50% gacha bo‘lsa, unda 
namunaga gidravlik press orqali 40±0,5 MPa bosim beriladi. Bosim qolipga ikki 
tomonlama, yuqori va pastki tomonlaridan 3±0,1 minut davomida beriladi. Qolip 
vkladishlari bosim ostida qolip ichida bir-biri tomon harakatlanadi va shu bilan 
qolip ichidagi qorishmani zichlaydi.
Qorishma tayyorlangandan keyin 30 minut o‘tgach namunalar tayyorlana
boshlanadi. Qolip va uning vkladishlari 90-100
0
C gacha isitiladi va yog‘lanadi. 
Keyin gidravlik pressning maxsus tagligiga pastki vkladish o‘rnatiladi va ustiga 
qolip o‘rnatilib, qolipga oldindan tayyorlangan qorishma solinadi va zichlanadi
so‘ngra ustki vkladish kiydiriladi. Pressning ustki plitasi ustki vkladishga 
tekkuncha tushiriladi, elektrodvigatel yoqiladi va siquvchi kuch 40 MPaga
yetkaziladi va 3 minut shu kuch ostida ushlab turiladi. 
Keyin gidravlik press o‘chirilib qolip namuna chiqaruvchi uskuna ustiga 
qo‘yiladi va press yordamida namunalar qolipdan chiqarib olinadi hamda 
namunaning balandligi 0,1 mm. aniqlikkacha shtangen sirkul yordamida 
o‘lchanadi. 
Namunaning balandligi diametriga teng bo‘lishi lozim. Agar namunaning 
balandligi kichik bo‘lsa, bu namuna qorishmasining kerakli hajmda 
bo‘lmaganligini anglatadi.
Bunday holda namunaga qo‘shimcha qorishma qo‘shib qayta zichlanadi. 
Namunaga qo‘shiladigan qo‘shimcha qorishmaning massasi quyidagi formula 
orqali aniqlanadi: 

0
0
h


h
m
m

 ,
Bu yerda:
m
0
– namunaning mavjud massasi (gr.);
h - namunaning kerakli balandligi (diametriga teng bo‘ladi) (mm);
h
0 
- namunaning mavjud balandligi. 


Misol: 
Tajribada tayyorlangan mavjud namuna loyihaviy o‘lchamlarga ega 
bo‘lmadi. Namunaga qancha qo‘shimcha qorishma qo‘shish lozim bo‘ladi? 
- namunaning mavjud massasi – 650 gr.; 
- namunaning kerakli balandligi – 71,4 mm.; 
- namunaning mavjud balandligi – 69,5 mm.
 
Bajardi:
 
Qabul qildi: 

Download 362.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling