Laboratoriya ishi №11. Mavzu: Asfaltbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorlash
Download 362.33 Kb. Pdf ko'rish
|
11- Asfaltbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorlash
Laboratoriya ishi № 11. Mavzu: Asfaltbeton qorishmasidan nazorat namunalarini tayyorlash. Zaruriy jixozlar: Laboratoriya qorishtirgichi, bitum uchun idish, qozoncha, kurakcha, termometr, elektr plitka, namuna tayyorlanadigan qoliplar, mashina moyi, shtangen sirkul, gidravlik press. Ish tartibi Chaqiqtosh, qum va mineral kukunlar quritilgan bo‘lishi hamda bitum qizdirib suvsizlantirilgan bo‘lishi lozim. Loyihalangan tarkibda va miqdorda olingan mineral to‘ldiruvchi (material)lar qozonchaga solib isitiladi va talab qilingan miqdordagi bitum ma’lum haroratgacha qizdirilgan holda qo‘shiladi. Mineral to‘ldiruvchilar qorishmasi bitum bilan aralashtiriladi, bir xil rangdagi qora massa hosil bo‘lgandan keyin ushbu qorishmadan namunalar tayyorlanadi. Agar qorishma takibidagi chaqiqtosh miqdori 50% gacha bo‘lsa, unda namunaga gidravlik press orqali 40±0,5 MPa bosim beriladi. Bosim qolipga ikki tomonlama, yuqori va pastki tomonlaridan 3±0,1 minut davomida beriladi. Qolip vkladishlari bosim ostida qolip ichida bir-biri tomon harakatlanadi va shu bilan qolip ichidagi qorishmani zichlaydi. Qorishma tayyorlangandan keyin 30 minut o‘tgach namunalar tayyorlana boshlanadi. Qolip va uning vkladishlari 90-100 0 C gacha isitiladi va yog‘lanadi. Keyin gidravlik pressning maxsus tagligiga pastki vkladish o‘rnatiladi va ustiga qolip o‘rnatilib, qolipga oldindan tayyorlangan qorishma solinadi va zichlanadi, so‘ngra ustki vkladish kiydiriladi. Pressning ustki plitasi ustki vkladishga tekkuncha tushiriladi, elektrodvigatel yoqiladi va siquvchi kuch 40 MPaga yetkaziladi va 3 minut shu kuch ostida ushlab turiladi. Keyin gidravlik press o‘chirilib qolip namuna chiqaruvchi uskuna ustiga qo‘yiladi va press yordamida namunalar qolipdan chiqarib olinadi hamda namunaning balandligi 0,1 mm. aniqlikkacha shtangen sirkul yordamida o‘lchanadi. Namunaning balandligi diametriga teng bo‘lishi lozim. Agar namunaning balandligi kichik bo‘lsa, bu namuna qorishmasining kerakli hajmda bo‘lmaganligini anglatadi. Bunday holda namunaga qo‘shimcha qorishma qo‘shib qayta zichlanadi. Namunaga qo‘shiladigan qo‘shimcha qorishmaning massasi quyidagi formula orqali aniqlanadi: 0
h m m , Bu yerda: m 0 – namunaning mavjud massasi (gr.); h - namunaning kerakli balandligi (diametriga teng bo‘ladi) (mm); h 0 - namunaning mavjud balandligi. Misol: Tajribada tayyorlangan mavjud namuna loyihaviy o‘lchamlarga ega bo‘lmadi. Namunaga qancha qo‘shimcha qorishma qo‘shish lozim bo‘ladi? - namunaning mavjud massasi – 650 gr.; - namunaning kerakli balandligi – 71,4 mm.; - namunaning mavjud balandligi – 69,5 mm. Bajardi: Qabul qildi: Download 362.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling