Laboratoriya ishi №2 Doiraviy priyomlar usuli bilan gorizontal burchak o‘lchash. Ishdan maqsad
Download 21.6 Kb.
|
2-Doiraviy priyomlar usuli bilan gorizontal burchak o lchas.docx filena(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
LABORATORIYA ISHI № 2 Doiraviy priyomlar usuli bilan gorizontal burchak o‘lchash. Ishdan maqsad: gorizontal burchaklarni doiraviy priyomlar usulida o‘lchashni o‘rganish. Gorizontal burchaklarni aylanma priyomlar usuli bilan o‘lchash Burchak o‘lchash amaliyotida bitta nuqtada bitta burchak emas, bir necha burchakni o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Masalan, bunday holat teodolit va taxeometrik yo‘llarini geodezik tayanch to‘rlarga bog‘lash jarayonida bo‘lishi mumkin (43- rasm). Bunday holatda gorizont burchaklar 43- rasm AKВ, ВKС, AKС larni o‘lchashda aylana priyomlar usuli qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati quyidagicha: K nuqta ustiga T30 teodolitni, A,В,С nuqtalarga vizir nishonini o‘rnatgandan keyin, teodolit sanoq qurilmasi nol shtrixi limb bo‘lagi nol shtrixi bilan kesishtirib, truba boshlang‘ich punkt A ga qaratiladi va sanoq (0 03) olinadi. Alidada qotirish vinti bo‘shatilib, soat strelkasi yo‘alishi bo‘yicha aylantirib V punktga qaratiladi va (59 37) sanoq olinadi. Keyinchalik alidadani soat strelkasi yo‘nalishida davom ettirib, yana boshlang‘ich nuqta A ga qaratilib (0 04) sanoq olinadi. Bu bilan birinchi yarim usul tugaydi. Hamma sanoqlar mahsus jurnalga (13-jadvalga) yoziladi. Keyinchalik truba zenit orqali o‘tkazilib soat strelkasi yo‘nalishiga teskari aylantirib ketma-ket A, С, В ga qaratiladi va boshlang‘ich nuqta A da sanoq olish to‘xtatiladi. Har bir punktga qaratilganda (180 03, 304 20, 239 37, 180 02) sanoq olinadi va jadvalga yoziladi. Bajariladigan jarayon yuqoridagi usul bilan gorizontal burchakni bitta to‘liq usul bilan o‘lchash deyiladi. 13-jadval
Nazorat savollari 1.Doiraviy priyomlar usulining mohiyati nimadan iborat? 2. Doiraviy priyomlar usulida teodolitni ish xolatiga keltirish tartibi. 3.Gorizontal burchaklarni o‘lchash tartibi qanday? 4.O‘lchangan burchaklar qiymati qanday hisoblanadi? 5. Burchak o‘lchash xatosi qanday aniqlanadi? Download 21.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling