Laboratoriya ishi №2 Doiraviy priyomlar usuli bilan gorizontal burchak o‘lchash. Ishdan maqsad


Download 21.6 Kb.
Sana09.02.2023
Hajmi21.6 Kb.
#1180470
Bog'liq
2-Doiraviy priyomlar usuli bilan gorizontal burchak o lchas.docx filena(1)


LABORATORIYA ISHI № 2

Doiraviy priyomlar usuli bilan gorizontal burchak o‘lchash.




Ishdan maqsad: gorizontal burchaklarni doiraviy priyomlar usulida o‘lchashni o‘rganish.
Gorizontal burchaklarni aylanma priyomlar usuli bilan o‘lchash
Burchak o‘lchash amaliyotida bitta nuqtada bitta burchak emas, bir necha burchakni o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Masalan, bunday holat teodolit va taxeometrik yo‘llarini geodezik tayanch to‘rlarga bog‘lash jarayonida bo‘lishi mumkin (43- rasm). Bunday holatda gorizont burchaklar

43- rasm
AKВ, ВKС, AKС larni o‘lchashda aylana priyomlar usuli qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati quyidagicha: K nuqta ustiga T30 teodolitni, A,В,С nuqtalarga vizir nishonini o‘rnatgandan keyin, teodolit sanoq qurilmasi nol shtrixi limb bo‘lagi nol shtrixi bilan kesishtirib, truba boshlang‘ich punkt A ga qaratiladi va sanoq (0 03) olinadi. Alidada qotirish vinti bo‘shatilib, soat strelkasi yo‘alishi bo‘yicha aylantirib V punktga qaratiladi va (59 37) sanoq olinadi. Keyinchalik alidadani soat strelkasi yo‘nalishida davom ettirib, yana boshlang‘ich nuqta A ga qaratilib (0 04) sanoq olinadi. Bu bilan birinchi yarim usul tugaydi. Hamma sanoqlar mahsus jurnalga (13-jadvalga) yoziladi.
Keyinchalik truba zenit orqali o‘tkazilib soat strelkasi yo‘nalishiga teskari aylantirib ketma-ket A, С, В ga qaratiladi va boshlang‘ich nuqta A da sanoq olish to‘xtatiladi. Har bir punktga qaratilganda (180 03, 304 20, 239 37, 180 02) sanoq olinadi va jadvalga yoziladi. Bajariladigan jarayon yuqoridagi usul bilan gorizontal burchakni bitta to‘liq usul bilan o‘lchash deyiladi.
13-jadval



Nuqtalar nomi

Gorizontal doira bo‘yicha sanoq

Sanoqlar-ning o‘rta-chasi

Keltiril-gan yo‘na-lishlar

Turish

Kuzatish

O‘ng doira

CHap doira

K










00 03




A

00 03

180 02

0 02,5

00 00

В

59 37

239 37

59 37,0

59 34

С

124 19

304 20

124 19,5

124 16,5

A

00 04

180 03

00 3,5

00 03



Nazorat savollari

1.Doiraviy priyomlar usulining mohiyati nimadan iborat?


2. Doiraviy priyomlar usulida teodolitni ish xolatiga keltirish tartibi.
3.Gorizontal burchaklarni o‘lchash tartibi qanday?
4.O‘lchangan burchaklar qiymati qanday hisoblanadi?
5. Burchak o‘lchash xatosi qanday aniqlanadi?
Download 21.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling