Laboratoriya ishi №2 Gildirakning inertsiya momentini o’lchash Ishni bajarishdan maqsad


Download 124.04 Kb.
bet2/2
Sana13.11.2020
Hajmi124.04 Kb.
#144771
1   2
Ishni bajarish tartibi

1.S’Harchaning m massasini tarozida tortib o’lchanadi.

2.Tebranishlar davri T ni sekundomerga qarab, L masofani esa millimetrli chizg’ich bilan

aniqlanadi.

3.Dastavval sharcha yaxshilab tortiladi. Bundan sung aylanish o’qidan sharchaning markazigacha bo’lgan masofa kamida uch marta o’lchanadi. Bu miqdorning o’rta arifmetik qiymati hisoblab topiladi.

4.S’Harcha trubkalardan biriga solinadi, g’ildirak muvozanat vaziyatidan 80 dan ortiq bo’lmagan burchakka og’diriladi. 30 ta tula tebranishga ketgan vaqt sekundomerga qarab topiladi.



5.Bitta to’la tebranish davrining o’rta arifmetik qiymati hisoblab topiladi. Topilgan ma’lumotlarga qarab, (9) tenglamadan inertsiya momenti hisoblab topiladi

Inertsiya momentini aylanish usuli bilan aniqlash

Qurilma va о‘lchashning tavsifi. A velosiped g‘ildiragi OO gorizontal о‘q atrofida kam ishqalanish bilan aylana oladi. G‘ildirakning u bilan bir о‘qli K silindri bо‘lib, shu silindrga uchiga S yuk (sharcha) bog‘langan ip о‘raladi (2-rasm).

2-rasm.


Sharcha og‘irlik kuchi ta’siri ostida pastga tushib, g‘ildirakni aylanma harakatga keltiradi. Sistemaning ishqalanish kuchlarini hisobga olmagandagi harakat tenglamalari quyidagicha bо‘ladi:

(10)

bu yerda m-sharchaning massasi, - g‘ildirakning ( V trubkalari bilan birga) inersiya momenti, g- og‘irlik kuchining tezlanishi, T- ipning tarangligi, r- ip о‘ralgan silindrning radiusi.

(10) tenglamalardan a ni topamiz:

(11)

Sharcha ipining butun h uzunligi qadar tushgandagi a tezlanishi tenglamadan topiladi. Shuning uchun qо‘yidagiga teng bо‘ladi.



(12)

Inersiya momentini bu formuladan topish uchun yukning (sharchaning) m-massasini, silindrning r radiusini, tushib kelayotgan sharcha о‘tgan h masofani, sharchaning tushishiga ketgan t vaqtni о‘lchash kerak.

Sharchaning massasi m tortib topiladi, r radius shtangensirkul bilan о‘lchanadi (kо‘pgina о‘lchashlarning о‘rta arifmetik qiymati olinadi), tushushga ketgan t vaqt sekundomer bilan о‘lchab topiladi. h esa N shkaladan topiladi. Olingan natijalarga qarab (12) formuladan g‘ildirakning inersiya momenti hisoblab topiladi.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar

1. Inersiya momenti deb nimaga aytiladi va uning formulasi qanday?

2. G‘ildining inersiya momentini aniqlash qurilmasining ishlash prinsipini tushuntiring?

3. Taranglik kuchi deb nimaga aytiladi?

4. Aylanma harakat deb nimaga aytiladi va uning tebranish davri qanday aniqlanadi?

5. Diskning o‘z o‘qiga nisbatan inersiya momenti qanday formula orqali aniqlanadi?

6. Aylanma harakat qilayotgan jismning kinetik energiyasi qanday?

7. Qattiq jismlarning kinetik energiyasi qanday aniqlanadi?

8. Kuch momenti deb nimaga aytiladi va u ning formulasi qanday?
Foydalanilgan adabiyotlar

1. S.P. Strelkov, Mexanika, “Nauka”, 1965, VII bob, 52 -§, XIV-bob , 124-§

2. С.E. Хайкин. Физические основы механики, Физматгиз, 1963 г. ХIII боб, 89,92 -§

3. V.I. Iverenova. Mexanika va molekulyar fizika, Fizikadan praktikum “O‘qituvchi” nashriyoti T. 1973 y.

4. WWW. Labbox.ru

5. WWW. Phywe-ru. Com



6. WWW. uch-lab.ru
Download 124.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling